O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


-modda. Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisa haqida xabar berish


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

87-modda. Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisa haqida xabar berish
Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisadan xabar topgan shaxslar zudlik bilan bu haqda ushbu 
Kodeksning 81-moddasi 
to‘rtinchi qismida 
ko‘rsatilgan organlarga ma’lum qilishlari kerak. 
Shundan so‘ng bu ma’lumotni aviatsiya halokatlari yoki baxtsiz hodisalarni tekshiruvchi 
organlarga yetkazish tartibi mazkur tekshirishlarni o‘tkazish qoidalari bilan belgilanadi. 
88-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash 
Havo kemasi, uning tarkibiy qismlari, kema ichidagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalari, 
havo kemasidagi hamda yerdagi aviatsiya halokatiga yoki baxtsiz hodisaga aloqador barcha 
predmetlar, havo kemasini ishlab chiqarish, ta’mirlash, undan foydalanish va uning parvozini 
ta’minlash bilan bog‘liq barcha hujjatlar mazkur halokatni (baxtsiz hodisani) tekshiruvchi komissiya 
a’zolari yetib kelgunga qadar tashkilotlar va fuqarolar tomonidan daxlsizlikda saqlanmog‘i lozim, 
ushbu Kodeksning 82-moddasi 
ikkinchi qismida 
ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Tekshirish komissiyasi raisining talabiga binoan zarur ashyoviy dalillar hech bir to‘siqsiz 
ushbu komissiya ixtiyoriga to‘laligicha berilishi lozim. 
89-modda. Aviatsiya halokati ro‘y bergan joydagi ishlar 
Aviatsiya halokati ro‘y bergan joyda amalga oshiriladigan tekshirish tabiiy ofatlar 
oqibatlarini tugatish ishlariga tenglashtirilgan alohida sharoitlarda bajariladigan ishlar qatoriga kiradi. 
Hokimiyat mahalliy organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar aviatsiya 
halokatini tekshiruvchi komissiyaga har tomonlama ko‘maklashishlari shart. 
Komissiya ishini aviatsiya halokati ro‘y bergan joyda ta’minlash tartibi ushbu Kodeksning 
86-moddasida 
ko‘rsatilgan aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarni tekshirish qoidalari bilan 
belgilanadi. 
90-modda. Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bog‘liq ishlarni 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling