83-modda. Havo kemasini, uning yo‘lovchilari va ekipajini qidiruv ishlarining
to‘xtatilishi
Ko‘rilgan tadbirlar natija bermagan taqdirda halokatga uchragan havo kemasini qidiruv
ishlarini to‘xtatish haqidagi qaror Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari tomonidan
qabul qilinadi. Bunday qaror mavjud qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalari bilan havo kemasini
topishda davom ettiriladigan qidiruv ishlari samarasizdir va tirik qolgan odamlarni qutqarish uchun
hech qanday real umid qolmadi, deb taxmin qilishga yetarli asoslar bo‘lganidagina qabul qilinishi
mumkin.
Halokatga uchragan havo kemasini qidiruv ishlarini to‘xtatish haqidagi qaror ustidan mazkur
kema egasi tegishli sudga shikoyat qilishi mumkin.
Qidirilishi to‘xtatilgan havo kemasi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.
84-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi qidiruv va qutqaruv
ishlari
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida halokatga uchrayotgan yoki uchragan
O‘zbekiston Respublikasi havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlari mazkur Kodeks talablari
hisobga olinib, hududida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotgan davlatda bunday ishlarni bajarish
qoidalariga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
XI bob. HAVO KEMALARI PARVOZINING XAVFSIZLIGI USTIDAN NAZORAT.
AVIATSIYA XALOKATLARI VA BAXTSIZ HODISALARNI TEKShIRISh
85-modda. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazorat
Aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida havo kemalari
parvozining xavfsizligi ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Havo kemasidan uchish maqsadlarida foydalanish chog‘ida mazkur kemaning, ekipajning,
boshqa aviatsiya xodimlarining normal faoliyatini buzgan holda yoki tashqi sharoitlar natijasida ro‘y
bergan va odamlar halokatiga, havo kemasining jiddiy zarar ko‘rishiga, vayron bo‘lishiga yoki
yo‘qolishiga olib kelgan hodisa aviatsiya halokati deb e’tirof etiladi.
Hodisa natijasida yuqorida zikr etilgan oqibatlar sodir bo‘lmagan-ku, lekin ish o‘ngidan
kelmay shunday oqibatlar sodir qilinishi mumkin bo‘lsa, bunday hodisa baxtsiz hodisa deb e’tirof
etiladi. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazoratni tashkil qilish va uni amalga oshirish
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-son qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi to‘g‘risida
nizom
”.
Do'stlaringiz bilan baham: |