O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘G‘risida nizomni tasdiqlash to‘G‘risida


Download 81.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.01.2023
Hajmi81.77 Kb.
#1141394
  1   2   3
Bog'liq
764-сон 26.09.2017. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA TIBBIY TEKSHIRUVNI TASHKIL
ETISH VA HARBIY-TIBBIY EKSPERTIZANI O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI
TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “
Ichki ishlar organlari to‘g‘risida
”gi hamda “
Fuqarolar sog‘lig‘ini
saqlash to‘g‘risida
”gi qonunlariga muvofiq ichki ishlar organlarida harbiy-tibbiy ekspertiza va tibbiy
guvohlantirish masalalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-
tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan
birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga
muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R.
Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-sentabr’,
764-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-
sentabrdagi 764-son 
qaroriga
 
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-
tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “
Ichki ishlar organlari to‘g‘risida
”gi hamda

Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida
”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ichki
ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibini
belgilaydi.
2. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlarning sog‘lig‘i va jismoniy
rivojlanishi bo‘yicha ichki ishlar organlarining shahodatlangan lavozimlarida xizmatga yaroqliligini
aniqlash;
ichki ishlar organlari shahodatlangan xodimlarining sog‘lig‘i bo‘yicha xizmatni davom
ettirishga yaroqliligini aniqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda
ta’lim muassasalari deb ataladi) kirish uchun nomzodlarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishiga ko‘ra
tahsil olishga yaroqliligini aniqlash;
ta’lim muassasalarida kursant va tinglovchilarning sog‘lig‘i bo‘yicha tahsil olishni davom
ettirishga yaroqliligini aniqlash;
ichki ishlar organlari xodimlariga kasalligi sababli ta’til berish yoki ularni xizmat vazifalarini
bajarishdan ozod etish;
ichki ishlar organlari zaxiradagi yoki sobiq xodimlarining kasallanishi, yaradorligi, kontuziyalari,
jarohatlanishini urush harakatlarida ishtirok etishi natijasida orttirilganligi, ichki ishlar organlarida
xizmatni o‘tashi, xizmat vazifasini bajarishi bilan bog‘liqligi sabablarini aniqlash;
ichki ishlar organlari xodimlarining tan jarohatlarini og‘irlik darajasini baholash;


ichki ishlar organlari xodimlarining O‘zbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoiti og‘ir va
noqulay hududlarida xizmatni o‘tashi munosabati bilan ularning oila a’zolari yashashi uchun
sog‘lig‘i bo‘yicha tibbiy zid ko‘rsatmalarni mavjudligini aniqlash;
ichki ishlar organlari xodimlari oila a’zolarining uzoq muddat davolanishi hamda tibbiy
kuzatuvda bo‘lishi zaruratini aniqlash.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2 O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari va ularning oila a’zolarini hamda
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga xodimlar xizmat qiladigan lavozimlarga qabul
qilinayotgan nomzodlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining zaxiradagi
yoki sobiq xodimlarini tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish, ichki ishlar organlari
xodimlari, ularning oila a’zolari, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar
hamda ichki ishlar organlarining zaxiradagi yoki sobiq xodimlari uchun belgilangan tartibda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi harbiy-tibbiy komissiya tomonidan amalga
oshiriladi.
(2 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 363-sonli 
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son)
3. Ichki ishlar organlari tizimida tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot boshqarmasida tashkil etiladigan Markaziy harbiy-
tibbiy komissiya (keyingi o‘rinlarda MHTK deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining
Tibbiyot bo‘limlarida tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda HTK deb
ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy gospitalida davolanayotgan
xodimlarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish tibbiy ko‘rsatma asosida ushbu
gospitalda tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarida tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazish uchun mazkur
muassasalarda vaqtincha harakatdagi harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.
HTKlar tarkibi va ularning ishini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi tomonidan belgilanadi.

Download 81.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling