O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘G‘risida nizomni tasdiqlash to‘G‘risida


Download 81.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana30.01.2023
Hajmi81.77 Kb.
#1141394
1   2   3
Bog'liq
764-сон 26.09.2017. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida

4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi
 tahrirga qarang.
22. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq
javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar
organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil
etish va harbiy-tibbiy ekspertizani
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
 
ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga yoki ta’lim muassasalarida tahsil olishga to‘sqinlik
qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar
RO‘YXATI
1.
Yuqumli va parazitar kasalliklar.
2. Nafas a’zolarining sil kasalligi.
3. Boshqa a’zolar va tizimlarning sil kasalligi.
4. Zaxm va asosan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan, boshqa aniqlangan kasalliklar.
5. Mikozlar.
6. O‘smalar.
7. Xavfli o‘smalar (limfa, qon yaratuvchi va ularga turdosh to‘qimalarning o‘smalari bundan
istisno).
8. Limfa, qon yaratuvchi va ularga turdosh to‘qimalarning xavfli o‘smalari.
9. Xavfsiz o‘smalar (bosh va orqa miya o‘smalari bundan istisno), in situ o‘smalar.
10. Qon, qon yaratuvchi a’zolarning kasalliklari va immun mexanizmini (tizimini) jalb qiluvchi
alohida buzilishlar.
11. Endokrin tizimining kasalliklari, oziqlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari.
12. Ruhiy va xulq-atvor buzilishlari.
13. Organik ruhiy buzilishlar.


14. Endogen psixozlar: shizofreniya, shizotipik buzilishlar, shizoaffektiv, vasvasali, o‘tkir va
o‘tkinchi psixotik buzilishlar va affektiv buzilishlar (kayfiyat buzilishlari).
15. Simptomatik va boshqa ekzogen etiologiyali ruhiy buzilishlar.
16. Stress bilan bog‘liq nevrotik va somatik shakldagi buzilishlar.
17. Shaxs buzilishlari.
18. Ruhiyatga faol ta’sir etuvchi vositalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan ruhiy va xulq-
atvor buzilishlari.
19. Aqliy qoloqlik (zaiflik).
20. Asab tizimi kasalliklari.
21. Epilepsiya va epileptik tutqanoqlar.
22. Markaziy asab tizimining yallig‘lanishlari, miyelinsizlantiruvchi kasalliklari va ularning
asoratlari.
23. Ko‘proq markaziy asab tizimini zararlovchi tizimli atrofiyalar, ekstrapiramidal, boshqa asab
tizimining degenerativ kasalliklar, asab-mushak sinaps va mushak kasalliklari, bolalarning
tserebral falaji, asab tizimining tug‘ma anomaliyalari (rivojlanishning nuqsonlari), bosh va
orqa miya o‘smalari.
24. Bosh va orqa miyalarning tomir kasalliklari.
25. Bosh va orqa miya jarohatlanishlari va ularning asoratlari. Tashqi ta’sir omillaridan bo‘lgan
markaziy asab tizimining zaralanishi asoratlari.
26. Periferik nervlari kasalliklari.
27. Periferik nervlar jarohati va asoratlari.
28. O‘tkir kasallik, surunkali kasallikning hurujidan, jarohat va jarrohlik yo‘li bilan davolanishdan
keyingi markaziy va periferik asab tizimlari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.
29. Qovoqlarning kasalliklari va shikastlanish oqibatlari.
30. Kon’yunktiva, ko‘z yoshi yo‘llari, ko‘z kosasining kasalliklari, jarohatlar va kuyish oqibatlari.
31. Ko‘zning sklerasi, shoh pardasi, tomirli pardasi, gavhari, shishasimon tanasi, to‘r pardasi,
ko‘ruv nervining kasalliklari, jarohatlar va kuyishlarning asoratlari.
32. Ko‘z to‘r pardasining ko‘chishi.
33. Glaukoma.
34. Ko‘z mushaklari kasalliklari, ikki ko‘zning hamkorlikda barobar ko‘rish faoliyatini buzilishi.
35. Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari.
36. Ko‘rlik, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, rang ajratish anomaliyalari.
37. O‘tkir kasallik, surunkali kasallikning hurujlari, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi
ko‘rish a’zolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.
38. Quloq va so‘rg‘ichsimon o‘siqning kasalliklari.
39. Tashqi quloq (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.
40. O‘rta quloq va so‘rg‘ichsimon o‘siqning kasalliklari.
41. Organizm vestibulyar qobiliyatining buzilishi.


42. Karlik, karsoqovlik, eshitish qobiliyatining pasayishi.
43. O‘tkir kasallik, surunkali kasallik hurujlari, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi qo‘loq va
so‘rg‘ichsimon o‘siq faoliyatining vaqtincha buzilishlari.
44. Qon aylanish tizimi kasalliklari.
45. Revmatizm, yurakning boshqa revmatik va revmatik bo‘lmagan (shu jumladan tug‘ma)
kasalliklari.
46. Gipertoniya (hafaqonlik) kasalligi.
47. Yurakning ishemik kasalligi.
48. Aorta, periferik yirik arteriya, vena va limfa tomirlari kasalliklari, rivojlanishning tug‘ma
anomaliyalari va shikastlanishlar asoratlari.
49. Gemorroy (bavosil).
50. Neyrotsirkulyator asteniya.
51. O‘tkir kasallik, surunkali kasallik huruji, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi qon
aylanish tizimi faoliyatining vaqtincha buzilishlari.
52. Nafas a’zolari kasalliklari.
53. Burun bo‘shlig‘i, burunniing yondosh bo‘shliqlari va hiqildoq kasalliklari.
54. Hiqildoq va traxeyaning bo‘yin qismi kasalliklari va shikastlanishlari.
55. Nafas olish a’zolarining boshqa kasalliklari (shu jumdan tug‘ma).
56. Bronxial astma.
57. O‘tkir kasallik, surunkali kasallik huruji, jarohat, jarrohlik amaliyotidan keyingi nafas a’zolari
faoliyatining vaqtincha buzilishlari.
58. Tishlarning rivojlanishi va chiqish ildizidagi buzilishlar, tishning qattiq to‘qimalari va yumshoq
qismi kasalliklari.
59. Periapikal to‘qimalar, milklar va parodont, so‘lak bezlari, og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari,
tilning (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.
60. Yuz-jag‘ anomaliyalari, nuqsonlari, shakl o‘zgarishlari, jarohat asoratlari, boshqa kasalliklar va
tishlarning tayanch vositalaridagi o‘zgarishlar, jag‘larning kasalliklari.
61. Qizilo‘ngach, ichaklarning (o‘n ikki barmoqli ichakdan tashqari)
va qorinpardaning (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.
62. Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi.
63. Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning boshqa kasalliklari, jigarning, o‘t qopining, o‘t ajratish
yo‘llari va me’da osti bezining kasalliklari.
64. Churralar.
65. O‘tkir kasallik, surunkali kasalliklarining hurujlari yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi ovqat
hazm qilish a’zolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.
66. Teri va teri osti qavati surunkali, tizimli kasalliklari.
67. Terining va teri osti qavatining o‘tkir kasalliklari asoratlari
va surunkali kasalliklarining qaytalanishidan keyin faoliyatning buzilishi.
68. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalarning kasalliklari.


69. Yuqumli, yallig‘lanish, autoimmun va boshqa sabablardan kelib chiqqan artritlar va
artropatiyalar, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari.
70. Suyaklar, yirik bo‘g‘imlar, tog‘aylarning jarrohlik kasalliklari
va zararlanishi.
71. Umurtqaning kasalliklari va ularning asoratlari.
72. Kaftning, barmoqlarning shakl o‘zgarishlari va umuman yo‘qligi.
73. Yassioyoqlilik, oyoq panjasining boshqa shakl o‘zgarishlari
va barmoqlarining nuqsonlari.
74. Oyoq-qo‘lning faoliyatini o‘zgartiruvchi va (yoki) xizmat kiyimlar,
oyoq kiyimlar kiyishni va kamarlar taqishni qiyinlashtiruvchi tug‘ma
va orttirilgan shakl o‘zgarishlari.
75. Oyoq yoki qo‘lning yo‘qligi.
76. Jinsiy va siydik chiqarish a’zolari kasalliklari.
77. Buyraklarning surunkali kasalliklari.
78. Buyrak va siydik toshi kasalligi.
79. Siydik chiqarish yo‘llarida siydik chiqarishining buzilishi (gidronefroz), piyelonefrit
(ikkilamchi), buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining boshqa kasalliklari, qovuqning yallig‘lanishi
va boshqa kasalliklari, tanosil kasalliklariga aloqasi bo‘lmagan uretrit, siydik chiqarish yo‘lining
torayishi va uning boshqa kasalliklari.
80. Erkaklarning jinsiy a’zolari kasalliklari (shu jumladan tug‘ma bo‘lgan).
81. Ayollarning jinsiy a’zolari surunkali yallig‘lanishlar bilan kechadigan kasalliklari.
82. Endometrioz.
83. Genital prolaps, siydikni tutaolmaslik, oqmalar, ayollar jinsiy a’zolarining boshqa
yallig‘lanishsiz kechadigan kasalliklari (shu jumladan tug‘ma bo‘lgan).
84. Hayz ko‘rish faoliyatining buzilishlari.
85. O‘tkir kasallik, surunkali kasallikning huruji yoki jarrohlik ama�iyotidan keyingi siydik
chiqarish va jinsiy a’zolarning faoliyatining vaqtincha buzilishlari.
86. Homiladorlik, tug‘ishdan keyingi davr va uning asoratlari.
87. Jarohatlar, zaharlanishlar va boshqa tashqi omillar ta’siri oqibatlari.
88. Bosh suyaklarining jarohat va jarrohlik amaliyotidan keyingi nuqsonlari.
89. Umurtqa pog‘onasi, gavda, oyoq va qo‘llar suyaklari siniqlarining asoratlari (chanoq suyaklari,
kurak, o‘mrov, to‘sh, qovurg‘alar, yelka, tirsak va bilak, son suyagi bo‘yinchasi va son, kichik va
katta boldir, tizza qopqog‘i suyagi va boshqa suyaklarining siniqlari).
90. Ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i, va chanoq ichki a’zolarining jarohatlari (jarohat tufayli yuzaga
kelgan pnevmo- va gemotoraks, yurak, o‘pka, me’da ichak yo‘li, jigar, taloq, buyraklar, chanoq
a’zolari, qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolari jarohatlari, ko‘p tarmoqli og‘ir jarohatlar), yuqorida
qayd etilgan a’zolarning kasalliklari tufayli o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari asoratlari.
91. Teri va teri osti qavati to‘qimalarining jarohatlari asoratlari.
92. Dori, tibbiy va biologik vositalar bilan zaharlanish, tibbiyotga dahli bo‘lmagan moddalarning
toksik ta’siri, tashqi omillarning ta’siri (radiatsiya, past yoki yuqori harorat va yorug‘lik,
havoning yoki suvning ortiqcha bosimi va boshqalar).


93. Suyak-mushak tizimining, biriktiruvchi to‘qimaning, teri va teri osti qavatining kasalliklaridan
davolanishdan keyin, jarohatlar, zaharlanishlar va tashqi omillarning boshqa ta’sirlaridan
keyingi faoliyatning vaqtincha buzilishlari.
94. Jismoniy rivojlanish yetishmovchiligi.
95. Siydik tutolmaslik (enurez).
96. Nutqning buzilishi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 09/17/764/0019-son; Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 81.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling