O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘G‘risida nizomni tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazishning obyektlari


Download 81.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.01.2023
Hajmi81.77 Kb.
#1141394
1   2   3
Bog'liq
764-сон 26.09.2017. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida

2-bob. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazishning obyektlari
4. Quyidagilar harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkaziladi:
a) ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar;
b) ichki ishlar organlari xodimlari;
v) ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlar;
g) ta’lim muassasalari kursant va tinglovchilari;
d) ichki ishlar organlarining zaxiradagi yoki sobiq xodimlari;
e) ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalarining harbiy xizmatchilarini va
ularning oila a’zolarini, ta’lim muassasasiga kirish uchun nomzodlarni hamda kursantlarni harbiy-
tibbiy ekspertizadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy-tibbiy
komissiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalda bo‘lgan harbiy-tibbiy
ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi
6. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish ichki ishlar organlarining yoki
ushbu organlarning kadrlar bo‘limi rahbarlari yo‘llanmalari yoxud sud qarori asosida amalga
oshiriladi.
7. Nazorat qilish tartibida qayta tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish yoki
quyi HTK qarorini qayta ko‘rib chiqish MHTK tomonidan amalga oshiriladi.
1.
1


8. Ushbu Nizomning 4-bandi 
“a” — “g” kichik bandlarida 
nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy
tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish tegishli HTKlar tomonidan ushbu shaxslarda ichki
ishlar organlarida xizmatni o‘tashga (xizmatni o‘tashni davom ettirishga) yoki ta’lim muassasalarida
tahsil olishga (tahsil olishni davom ettirishga) to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy
nuqsonlarning bor yoki yo‘qligini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga yoki ta’lim muassasalarida tahsil olishga to‘sqinlik
qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar (keyingi o‘rinda kasalliklar va jismoniy nuqsonlar deb
ataladi) mazkur Nizomga ilovadagi 
ro‘yxatga
 muvofiq aniqlanadi.
9. Ushbu Nizomning 4-bandi 
“d” kichik bandida 
nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv va
harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish ushbu shaxslarning kasallanishi, yaradorligi, kontuziyalari,
jarohatlanishini urush harakatlarida ishtirok etishi natijasida orttirilganligi, ichki ishlar organlarida
xizmatni o‘tashi, xizmat vazifasini bajarishi bilan bog‘liqligi yoki bog‘liq emasligi sabablarini
aniqlash, shuningdek ulardagi tan jarohatlarining og‘irlik darajasini baholash yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
10. Ushbu Nizomning 4-bandi 
“e” kichik bandida 
nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv
va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish ichki ishlar organlari xodimlarining O‘zbekiston
Respublikasining tabiiy iqlim sharoiti og‘ir va noqulay bo‘lgan hududlarida xizmatni o‘tashi
munosabati bilan ushbu hududlarda ularning oila a’zolari yashashi uchun sog‘lig‘i bo‘yicha tibbiy
zid ko‘rsatmalarning bor yoki yo‘qligi, shuningdek ushbu kichik bandda nazarda tutilgan
shaxslarning uzoq muddat davolanishi hamda tibbiy kuzatuvda bo‘lishi zaruratini aniqlash yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
11. Ushbu Nizomning 4-bandi 
“a” 
va 
“v” kichik bandlarida 
nazarda tutilgan shaxslarning
ambulator sharoitdagi tibbiy tekshiruvi tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Bunda tibbiy tekshiruv natijalari rasmiylashtirilib, tegishli xulosa tibbiy tekshiruvdan
o‘tgan shaxsga HTKga taqdim etish uchun beriladi.
12. Ushbu Nizomning 4-bandi 
“b”
va 
“e” kichik bandlarida 
nazarda tutilgan shaxslarning
statsionar yoki ambulator sharoitdagi tibbiy tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida yoki tegishli vazirlik va idoralarning davolash-
profilaktika muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etgan har bir shifokor
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tibbiy ko‘rikni amalga oshiradi va tibbiy xulosa beradi.
14. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tishga xodim salomatligi holati sababli
HTKga kela olmaydigan hollarda, HTK tomonidan sayyor tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza
o‘tkaziladi hamda bu haqdagi ma’lumot tegishli tibbiy dalolatnomaga qayd qilinadi.
15. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida shaxslar, zaruratga
ko‘ra, tibbiyotning ixtisoslashgan sohalari bo‘yicha shifokorlarga (ftiziatr, endokrinolog, urolog,
onkolog va boshqalar) o‘rnatilgan tartibda tibbiy maslahat va tekshiruv uchun yuboriladi.
16. Tibbiy xulosa HTKda ko‘rib chiqiladi va tibbiy tekshiruv hamda harbiy-tibbiy ekspertizadan
o‘tuvchi shaxslarning salomatligi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar va uning jismoniy rivojlanishi
hisobga olingan holda xizmatga yaroqli yoki yaroqsizligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
17. HTK o‘z qarorlarini tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilayotgan har bir
shaxs bo‘yicha individual tarzda baholash usulidan foydalangan holda kollegial tarzda chiqaradi.
Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsning holatiga individual baho
berish vaqtida kasallik va jismoniy nuqsonning xususiyati, rivojlanish darajasi, boshqa tana a’zolari
hisobiga kompensatsiya qilinishi, tana a’zolari faoliyatining buzilishi, buzilishlarning kelib chiqishi va
kasallik prognozi, shaxsning mutaxassisligi, xizmat turi inobatga olinadi.
Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza natijasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklga muvofiq HTK dalolatnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
18. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza dalolatnomasiga HTK tomonidan qarorni
chiqarishga asos bo‘lgan tibbiy hujjatlardan ko‘chirma va boshqa tegishli xulosalar hamda hujjatlar
ilova qilinadi.


Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza dalolatnomasida maxfiy hujjatlardan ko‘chirmalar
qoldirilmaydi. Lozim bo‘lganda dalolatnomada faqatgina maxfiy hujjatlar saqlanadigan yig‘ma jild
raqami ko‘rsatiladi.
19. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish natijasida shaxs xizmatga yaroqsiz
deb topilganda, ularni qayta harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun ko‘rib chiqish muddati
HTK tomonidan belgilanadi.
20. Ushbu Nizomning 4-bandi 
“a” kichik bandida 
nazarda tutilgan shaxslarga
rasmiylashtirilgan xizmatga yaroqlilik to‘g‘risidagi HTK dalolatnomasi, ular tibbiy tekshiruv va
harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan kundan boshlab olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda,
ushbu Nizomning 4-bandi
“b” kichik bandida 
nazarda tutilgan shaxslarga nisbatan esa bir yil
muddatda amalda bo‘ladi.
Ushbu Nizomning 4-bandi 
“a” — “g” kichik bandlarida 
nazarda tutilgan shaxslarda HTK
dalolatnomalarida belgilangan muddat ichida sog‘lig‘ida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berganligi
aniqlanganda, ular takroriy harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
21. Harbiy-tibbiy ekspertizaning xulosalari mansabdor shaxslar ijro etishi uchun majburiydir.
Harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning o‘zi yoki uning
qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.

Download 81.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling