O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov
Ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar dinamikasi
Download 325.56 Kb. Pdf ko'rish
|
PSIXOLOGIYA
3. Ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar dinamikasi
va statistikasi Jamoaning bir xil bo‘lib qolishi va qadriyatlarga mo‘ljallangan birlikni aniqlashdan tashqari, birgalikdagi faoliyat natijalari uchun mas’uliyat yuklanishining aynan bir xilligi hodisasi mavjudligi yoki mavjud emasligiga qarab ham jamoadagi alohida guruhlarning birla- shuvi haqida fikr yuritish mumkin. Mas’uliyatni yuklash xususiyatlari birgalikdagi faoliyat jarayonida yutuq yoki muvaffaqiyatsizlik uchun ma’qullash yoki jazolash shaklidagi har xil ijtimoiy sanksiyalar shaxs- ning o‘ziga yoki guruhdagi boshqa shaxslarga nisbatan qo‘llashning to‘g‘riligini tan olishda namoyon bo‘ladi. Mas’uliyat yuklash hodisasi G‘arb ijtimoiy psixologiyasida kishi- ga muvaffaqiyatsizlik uchun mas’uliyat yuklanishi va yutuqqa erish- gani uchun hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosh- qa bir individning kimligiga va faoliyatning qanday vaziyatda sodir bo‘lishiga – uning kooperativ yoki raqobat asosidami ekanligiga bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladigan yoki namoyon bo‘lmaydigan indi- vidual-psixologik xususiyati sifatida o‘rganiladi. Jamoada mas’uliyatning yuklanishi, asosan, obyektiv xususiyatga ega bo‘ladi, har bir kishining shaxsiy xususiyati esa birgalikdagi faoliyatning pirovard muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligiga bog‘- liq bo‘lmagan holda, amalda to‘g‘ri baholanadi. Yaxshi rivojlanmagan guruhda aksincha manzara kuzatiladi. Unda sinovchi birgalikdagi fao- liyatda muvaffaqiyatga erishilgan holda, ko‘pincha, o‘zining xizmat- larini ta’kidlaydilar, muvaffaqiyatsizlik yuz bergan holda esa, aksin- cha, aybni boshqa barcha kishilarga yoki hech bo‘lmasa «obyektiv sharoitlarga» yuklashga urinadilar. Bunday guruhda mas’uliyatni yuklash hodisalari, asosan, bahola- nish subyektining individual-psixologik xususiyatlari bilan belgilana- di, deb faraz qilish mumkin, bu esa aynan G‘arbdagi ijtimoiy psixo- loglar tajriba bilan aniqlagan va umuman kichik guruhlar ta’rifiga taalluqli deb noto‘g‘ri xulosa qilingan o‘sha qonuniyatlar va bog‘la- nishlar namoyon bo‘ladigan sohadir. Real tarzda bajarilgan va ijtimoiy jihatdan baholanadigan faoliyat jarayonida erishiladigan yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklar uchun mas’uliyatning qayd etilishidagi har xillik guruhda mojarolar kelib 122 chiqishiga sabab bo‘ladi. Hamma joyda ham birgalikdagi faoliyat ish- tirokchilari o‘zlarining umumiy ishga qo‘shgan hissalarini obyektiv ravishda baholashga qodir bo‘lmaganliklari sababli, ularning baholari hech shubhasiz subyektiv ruhda bo‘ladi. Jamoaning subyektivizm hollariga to‘sqinlik qiluvchi ma’naviy kuchlari jamoa a’zolarining uning barcha a’zolari qabul qilgan axloqiy qoidalar asosida bir-biri bilan sig‘ishuvi uchun soqit qilmaslik, «o‘z aybingni birovga to‘nkamaslik», erishilgan yutuqni o‘zingniki qilib olmaslik, umumiy muvaffaqiyatlarga erishilganda, boshqalarning o‘rni va ahamiyatini kamsitmaslik, «obyektiv holatlarga» ishora qil- maslik va boshqalar ana shunday qoidalar jumlasiga kiradi. Oila ham bir jamoa bo‘lib, qadriyatlarga mo‘ljallangan birlikning mavjudligi oila tarbiyasining eng muhim prinsipi, oilaning jamoa tari- qasidagi jiddiy xususiyati hisoblanadi. Birgalikdagi faoliyatda erishil- gan yutuq va muvaffaqiyatsizlik munosabatlar va shu jumladan, oila- dagi munosabatlarning alohida ajralib turadigan xususiyatlaridan biri- dir. Mas’uliyatning aynan o‘ziga o‘xshash belgilari faqat oiladagi qu- lay psixologik muhitning belgisi bo‘lib qolmasdan, balki oilaviy jamoa a’zolari sig‘ishuvchanligining sharti hamdir. Agar odamlar bir- galikdagi faoliyatga har bir kishining qo‘shgan hissasini haqqoniy baholashga layoqatli bo‘lmasa, bu albatta mojaro chiqishiga olib kela- di, oila jipsligining negizlarini bo‘shashtirib yuboradi. Aytilgan gaplar oilaning har qanday a’zosiga bab-baravar taalluqlidir. Oilada jamoaning aynan bir xil bo‘lib qolishi bolaga hadeb rahm- dillik qilaverishdan va unga hamma narsani ravo ko‘raverishdan ham, bolaga nisbatan xudbinlarcha, g‘arazgo‘ylik bilan munosabatda bo‘- lishdan ham bab-baravariga voz kechishni taqozo etadi. Bunda bolalar to‘g‘risida va ularning rohat-farog‘ati haqida amaliy g‘amxo‘rlik ham- da shu bilan birga, ota-onalar mabodo ularning o‘rnida bo‘lganlarida o‘zlariga nisbatan qanday talab qo‘yishsa, xuddi ana shunday talablar qo‘yilishi ko‘zda tutiladi. Psixologiya fanida «guruh», «jamoa» tushunchalari dolzarb muammo sifatida qaraladi. Guruhning tuzilishi, shakllanishi, uning maqsad va vazifalari bevosita milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar asosida shakllanadi. Har bir guruh, u xoh katta yoki kichik guruh bo‘lsin, o‘z mavqeiga, an’anasiga, ichki va tashqi tartib-qoidalariga egadir. Norasmiy guruhlarning maqsad va vazifalari, tuzilishi, liderning guruh a’zolari bilan bo‘lgan shaxslararo munosabatini psixologik jihatdan o‘rganish va tahlil qilish muhim vazifa hisoblanadi. 123 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling