O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida
Download 325.56 Kb. Pdf ko'rish
|
PSIXOLOGIYA
3. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida
kasbiy muloqot va psixologik aloqa o‘rnatish Kasbiy muomala har bir huquqni muhofaza qilish organlari xo- dimi faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham muoma- laning har bir turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim muomala- ning qonuniyatlariga suyangan holda, shaxslararo munosabatga kiri- shadi. Bu muloqot jarayonida xodimning har bir bilish sifati (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xo- dimning mantiqiy fikrlashiga, o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashiga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash malakasiga, obyekt va sharoitni mu- kammal tarzda idrok etishiga yordam beradi. Muloqot turlarining keng ravishda amalga tatbiq qilinishi muloqot jarayonida insonning holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xohlagan ax- borotni muloqot jarayonida to‘liq ravishda berish, uning to‘g‘ri yetib borganligi haqidagi signal qoniqish holatini vujudga keltiradi va muloqot jarayonini faollashtiradi. Har bir muloqotning bir nechta maqsadi bo‘ladi: 131 faktlarni va shaxsning bu faktlarga bo‘lgan munosabatini aniq- lash; tarbiyaviy maqsad, ya’ni qonunni hurmat qilish; ziddiyatli holatlar muloqotda, ya’ni ikkala tomonning qiziqish- lari bir joydan chiqmasligi natijada muloqotda formallik, yuzakilik vujudga keladi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimi odamlar bilan muloqot qilishi uchun quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo‘lishi kerak: – notanish shaxslar bilan tez fursat ichida aloqa o‘rnata olish va ularga ma’qul bo‘lish; – boshqa shaxslar gapini eshita bilish qobiliyatiga ega bo‘lish; – odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata bilish qobiliyati; – muloqot jarayonida shaxs bilan psixologik to‘siqlarni bartaraf etish qobiliyati. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining shaxslar bilan psixologik aloqa o‘rnatishi o‘ziga xos psixologik xususiyatga egadir. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari psixologik aloqa o‘rna- tishning samarasi sifatida fuqarolarning hamjihatligi va hamkorligida namoyon bo‘ladi. Aloqa o‘rnatishning ijobiy yakunlanishi bo‘lajak muloqotning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. Aloqa o‘rnatish subyektning muloqotga kirishishi, uning tayyorgarlik darajasi, anglash xususiyati, ma’lumotning qayta ishlanishi va ishonchli ma’lumotlarni ayriboshlash natijasida namoyon bo‘ladi. Psixologik aloqa o‘rnatishning bir necha bosqichlarini ko‘rib o‘ti- shimiz mumkin: 1) bo‘lajak muloqotni bashorat qilish; 2) aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish; 3) tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi; 4) umumiy va neytral qiziqish doiralarini aniqlash; 5) muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish; 6) individual ta’sir etish. Download 325.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling