O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov
Download 325.56 Kb. Pdf ko'rish
|
PSIXOLOGIYA
Qobiliyatlarning tuzilishi. Shaxs egallashi shart hisoblangan
faoliyat, u xoh ta’lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat’i nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, emotsional- irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatla- riga muayyan talablarni qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’y- harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlar- ga qaraganda, insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (xislat) faoliyatning yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qur- biga ega, u qobiliyatlar uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar kuch-quvvat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o‘zini oqlamaydi. Shuning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lgan psixik sifatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o‘rinlidir. Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmua- sining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi turgan gap. Buning uchun quyida ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz: 1) matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik amallarni kamay- tirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan oson o‘tish, masala yechishda fikr yuritishning tezligi kabilar; 2) adabiy qobiliyat: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali timsollarning jonliligi, «til zehni», behi- sob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, ma- tematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va 95 shunga o‘xshash qobiliyatlarning tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin. Qobiliyatlar asosan ikki turga bo‘linadi: umumiy va maxsus qobi- liyatlar. Shaxsning umumiy qobiliyatlari yoki umumiy fazilatlari ularning to‘laqonli muayyan psixologik ko‘rinishlari bo‘lib, ularni tadqiq qilishga psixologlar allaqachon kirishgan. Muayyan faoliyat sharoitlarida qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan shaxsning bunday umumiy fazilatlari jumlasiga odamlarning uch turidan bittasiga mansubligini ko‘rsatadigan individual-psixologik fazilatlar kiradi. I. P. Pavlov asarlarida «badiiy», «fikrlovchi» va «o‘rta» tiplar deb qayd qilingan mazkur tipologiya kishining oliy asab faoliyati unda ikkita signal tizimi mavjudligi bilan belgilanishiga muvofiq ta’limot bilan bog‘langandir. Birinchi signallar tizimi obrazli, emotsional va ikkinchisi ana shu obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berish bilan bog‘liq, ya’ni signallarning signali bilan bog‘liq. Garchi qobiliyatlarning rivoji har turli odamlarda mutlaqo bir xil bo‘lmagan tabiiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lsa ham, yuqorida ko‘- rib o‘tilgan iste’dod nishonalari va qobiliyatlar o‘rtasidagi nisbat, qobiliyatlar shunchaki tabiat in’omi emas, balki kishilik tarixining mahsuli ekanligini ko‘rsatadi. Download 325.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling