O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/24
Sana21.05.2020
Hajmi0.67 Mb.
#108394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
birinchi yordam


Hiqildoq
Hiqildoq nafas yo‘lining (burun bo‘shlig‘idan so‘ng) ikkinchi qismi 
bo‘lib, o‘zidan havo o‘tkazishdan tashqari ovoz paydo qiluvchi organ va 
nafas yo‘lining pastki qismini muhofaza qilish kabi funksiyalarni ham 
bajaradi. Hiqildoqda bir qancha muskullar va tog‘aylar bor. Hiqildoq 
oldining eng katta tog‘ayini qalqonsimon tog‘ay tashkil etadi. Uni bo‘yin 
terisi tagidan paypaslab ko‘rganda ham bilish mumkin. Hiqildoqda 
hiqildoq usti tog‘ayi joylashgan bo‘lib, yutish vaqtida ovqat va suyuqlik-
larning nafas yo‘liga o‘tib ketishiga to‘sqinlik qiladi hamda qizilo‘ngach 
bo‘ylab o‘tishiga sharoit yaratib beradi.  
Hiqildoqda ovoz hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi ovoz boylamlari 
joylashgan. Ovoz boylamlari o‘rtasida hosil bo‘lgan yoriqqa ovoz yorig‘i 
deyiladi. Hiqildoq muskullari ovoz yorig‘ining kengayishi, siqilishi va 
bo‘shashishini ta’minlaydi, natijada ovoz boylamlari tebranadi va ovoz 
paydo bo‘ladi.  
O‘pka
O‘pka bir juft organ bo‘lib, ko‘krak qafasining ikki tomonida 
joylashgan. Hiqildoq, o‘z navbatida, kekirdakka (traxeya) o‘tadi. Uning 
uzunligi 9–11 sm, diametri esa 15–18 mm  bo‘lib, tog‘ay halqalardan 
iborat. Kekirdakning orqa devori qizilo‘ngachning old devoriga tegib 
turadi. Kekirdak 4–5 ko‘krak umurtqalari sathida o‘ng va chap bronxlarga 
bo‘linadi va o‘pkalarga o‘z tarmoqlarini beradi. O‘ng bronx o‘ng 
o‘pkaning uch bo‘lagiga, chap bronx chap o‘pkaning ikki bo‘lagiga 
tarmoqlanadi. O‘pka ichida bronxlar mayda-mayda bronxlarga bo‘linib 
ketadi.  
Eng mayda bronxlar – bronxiolalar deb yuritiladi. Bronxiolalar o‘pka 
to‘qimasida uzum shingilini eslatuvchi o‘pka pufaklari (alveolalar) bilan 
tugaydi. O‘pka alveolalari va bronxiolalari juda mayda qon tomirlari to‘ri 
bilan o‘ralgan bo‘ladi. Alveolalarda karbonat angidrid bilan kislorod 
almashinuvi kuzatiladi, ya’ni qonga kislorod o‘tsa, karbonat angidrid nafas 
orqali havoga chiqariladi.  
27

Mayda bronxlar, alveolalar, qon tomirlari va atrofdagi to‘qimalar 
birgalikda nafas tizimini tashkil qiladi.  
O‘pkalar ko‘krak qafasining katta qismini egallab, ularni plevra 
varaqlari o‘rab turadi. Plevra ikki varaqdan iborat. Uning tashqi (pariyetal) 
varag‘i ko‘krak qafasining ichki devoriga yopishsa, ichki (visseral) varag‘i 
bevosita o‘pkalar yuzasiga yopishgan bo‘ladi. Natijada ichki va tashqi 
plevra o‘zaro bir-biriga yopishmay erkin sirpanadi. Bu esa nafas olish va 
chiqarish harakatlarini osonlashtiradi. O‘pkaning kengayishi (nafas olish) 
va torayishi (nafas chiqarish) diafragma va qovurg‘alararo muskullar ishi 
bilan chambarchas bog‘liqdir.  
Nafas olganda diafragma pastga tushadi, qovurg‘alararo muskullar 
bo‘shashib, ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ining hajmi ortadi. Nafas chiqarganda 
esa diafragma tepaga gumbazsimon bo‘rtib, qovurg‘alararo muskullar 
qisqarib, o‘pka ichidagi havo tashqariga siqib chiqariladi. Natijada 
karbonat angidrid tashqi muhitga chiqariladi.  
Odam tinch turganda bir minut davomida 16–20 marta nafas olib, 
nafas chiqaradi. Nafas olish va chiqarishni uzunchoq miyada joylashgan 
nafas olish markazi boshqarib turadi.  
QON TOMIRLAR TIZIMI 
Qon – qon tomirlar ichidagi suyuqlik bo‘lib, hujayra va to‘qimalarga 
barcha hayotiy zarur moddalarni, shu bilan birga, to‘qimalardan ajralib 
chiqadigan keraksiz (chiqindi) moddalarni ayiruv organlariga yetkazib 
beradi. Qon odam tanasi umumiy og‘irligining 1/13 qismini tashkil qiladi, 
ya’ni 70 kg og‘irlikdagi odamda 5 ga yaqin qon bo‘ladi.  
Qon tarkibidagi qizil qon tanachalari – eritrotsitlar qizil suyak 
ko‘migida ishlab chiqariladi. Qon tarkibining yana bir muhim elementi 
leykotsitlar bo‘lib, ular organizmga tushgan kasal chaqiruvchi mikroblarni 
zararsizlantiruvchi, himoya vositasi sanaladi. Leykotsitlar organizm 
immuniteti shakllanishida ham muhim o‘rin tutadi.  
Eritrotsitlar tarkibida gemoglobin oqsili bo‘lib, qonga qizil rang berib 
turadi. Gemoglobinning asosiy vazifasi to‘qimalarga kislorod yetkazib 
berish va to‘qimalardagi karbonat angidridni o‘pkaga olib kelishdir. 
Normada 1 mm
3
 qonda 4,5 – 5 mln eritrotsit bo‘ladi.  
Oq qon tanachalari yoki leykotsitlar suyak ko‘migida, limfa tugun-
larida va taloqda hosil bo‘ladi. Leykotsitlar organizmga tushgan 
mikroblarni hazm qilib, parchalash yo‘li bilan himoyani ta’minlaydi.  
28

Yurak 
Yurak – muskuldan iborat a’zo bo‘lib, ko‘krak qafasining chap 
tomonidagi 2–5-qovurg‘alar orasida, yurak xaltasi (perikard) ichida 
joylashgan (2-rasm). Yurak uch qavatdan tashkil topgan: 
1) ichki qavat – endokard; 
2) o‘rta qavat – muskullardan iborat bo‘lgan miokard; 
3) tashqi qavat – epikard.  
Yurak o‘ng va chap qismga bo‘linadi va to‘rtta kameradan iborat. 
Yurakning o‘ng qismi yuqorisida o‘ng bo‘lmacha, pastda esa o‘ng 
qorincha, chap qismi yuqorisida chap bo‘lmacha, pastda esa chap qorincha 
joylashgan. O‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorinchalar orasida uch tabaqali, 
chap bo‘lmacha va chap qorincha orasida esa ikki tabaqali klapan 
joylashgan.  
Chap qorinchadan boshlanadigan tomir aorta deb ataladi. O‘ng 
qorinchadan boshlanadigan tomir o‘pka arteriyasi deb ataladi. Chap 
bo‘lmachaga o‘pka venalari, o‘ng bo‘lmachaga esa kovak venalar qon olib 
keladi.  
Yurak qisqarishi natijasida yirik arteriyalarda harakatlanayotgan qon 
tomir devorlariga kuchli zarb bilan urilib, uni to‘lqinsimon tebratib, tomir 
urishi, ya’ni pulsni yuzaga keltiradi. Yirik arteriyalar barmoq bilan ushlab 
ko‘rilganda puls zarblarini sezish mumkin. Puls zarblari yurak qisqarishi 
soniga to‘g‘ri keladi.  
Vena tomirlari ichida klapanlar joylashgan bo‘lib, ular qonning orqaga 
qarab oqishiga to‘sqinlik qiladi. Venalar butun organizmdagi qonni yig‘ib, 
yurakning o‘ng bo‘lmachasiga olib keladi.  
Odam organizmida ikkita – katta va kichik qon aylanish doirasi 
bo‘ladi.  
Katta qon aylanish doirasi. Kislorodga to‘yingan qon yurakning chap 
qorinchasidan boshlanib, arteriya va arteriolalarga bo‘linadi. Arteriolalar, 
o‘z navbatida, to‘qimalarda kapillar to‘rlarni hosil qiladi va ular uchun 
kerakli bo‘lgan kislorod va boshqa oziq moddalarni berib, to‘qimalarda 
moddalar almashinuvi mahsuloti bo‘lgan karbonat angdrid (CO
2
)ni yig‘ib 
venoz qonga aylanadi va vena tomirlari orqali o‘tib, yurakning o‘ng bo‘l-
masiga quyiladi.  
29

 
30

Kichik qon aylanish doirasi. Karbonat angdridga to‘yingan venoz 
qon yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pka arteriyasi ko‘rinishida boshlanib, 
o‘pka orqali o‘tadi. O‘pkada venoz qon tarkibidagi karbonat angdridni 
chiqarib, kislorod bilan to‘yinadi. Natijada venoz qon arterial qonga 
aylanadi va o‘pka venalariga yig‘ilib, yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi. 
Demak o‘pka arteriyalarida oqayotgan qon venoz qon bo‘lsa, o‘pka 
venalarida oqayotgan qon esa arterial qondir.  
Odam organizmidagi yirik qon tomirlarini bilish har bir inson uchun 
zarur, chunki bu qon ketishi vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish 
uchun juda muhimdir.  
Aorta chap qorinchadan boshlanadi. So‘ng yuqoriga ko‘tariladi. 
Keyin esa pastga qayrilib aorta ravog‘ini hosil qiladi. Aorta ravog‘idan 
tananing yuqori qismlarini bosh, tana, qo‘llarni qon bilan ta’minlaydigan 
arteriyalar boshlanadi.  
Aorta ravog‘ining o‘ng tomonidan o‘ng yelka – bosh (nomsiz) 
tarmog‘i chiqadi va undan, o‘z navbatida, o‘ng umumiy uyqu va o‘ng 
o‘mrov osti arteriyalari ajraladi. O‘ng umumiy uyqu arteriyasi bosh 
sohasiga qon olib boradi. O‘ng o‘mrovosti arteriyasi – o‘mrov suyagi va 
birinchi qovurg‘a orasidan o‘tib (shu yerda uni bosib qon to‘xtatish 
mumkin) o‘ng qo‘lga boradi.  
O‘mrovosti arteriyasi qo‘ltiqosti chuqurchasiga o‘tganda qo‘ltiqosti 
arteriyasi nomi bilan yuritiladi. Qo‘ltiqosti arteriyasini yelka suyagi 
boshchasiga bosib qon oqishini to‘xtatish mumkin. Qo‘ltiqosti 
arteriyasining davomi yelka arteriyasi bo‘lib, uni yelka ichki sohasida 
paypaslab bilsa bo‘ladi. Yelka arteriyasi tirsak bo‘g‘imi sohasida tirsak va 
bilak arteriyalariga bo‘linadi. Bilak arteriyasidan pulsni aniqlashda 
foydalaniladi.  
Aorta qon tomirining pastga qayrilgan joyidan qorin bo‘shlig‘igacha 
qismi ko‘krak aortasi deyiladi, u diafragmani teshib o‘tgandan so‘ng qorin 
aortasi nomi bilan yuritiladi. Qorin aortasini kindik sohasida paypaslab 
aniqlash mumkin. Qorin bo‘shlig‘iga qon ketish vaqtida uni umurtqa 
pog‘onasiga taqab bosib qon ketishini kamaytirish mumkin. Qorin 
aortasidan qorin bo‘shlig‘i a’zolariga qon olib boruvchi asosiy tarmoq – 
qorin arterial o‘zani boshladi. U uchga bo‘linadi. Ulardan biri jigar 
umumiy arteriyasi, ikkinchisi taloq arteriyasi, uchinchisi esa oshqozon 
chap arteriyasidir.  
Vena qon tomirlari har bir arteriya yonida bo‘lib, shu arteriya bilan 
parallel yo‘nalgan bo‘ladi. Bosh, qo‘l va tananing yuqori sohalaridan 
yig‘ilgan qon yuqori kovak venaga kelib quyiladi. Tananing pastki 
sohalaridan: oyoqlardan, qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan yig‘ilgan qon pastki 
kovak venaga quyiladi. Yuqori va pastki kovak venalar o‘zidagi venoz 
qonni yurakning o‘ng bo‘lmachasiga quyadi.  
31

LIMFA TIZIMI 
Limfa tizimi – limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa 
tugunlari limfa tomirlari bo‘ylab joylashgan. Limfa tomirlarida limfa 
suyuqligi oqadi. U o‘zida ko‘plab limfotsit va monotsitlar saqlaydi. Eng 
yirik limfa tugunlari qo‘ltiq ostida, chov (qov) sohasida, pastki jag‘ ostida, 
bo‘yinda joylashgan. Limfa tizimi elementlari organizmning muhim hi-
moya omili bo‘lib xizmat qiladi.  
Taloq 
Taloq chap biqinda, qorin bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, 9–11-
qovurg‘alar sohasiga to‘g‘ri keladi. Taloq bajaradigan vazifasiga ko‘ra, 
ko‘proq limfa bezlari va ko‘mikka o‘xshaydi. Taloq limfotsit va 
monotsitlar (qon elementlari)ni ishlab chiqaradi. Taloq o‘zi orqali 
o‘tayotgan qon tarkibidagi zararli mikroblarni ushlab qoladi, ya’ni o‘ziga 
xos filtr vazifasini ham bajaradi va shu yo‘l bilan organizmni himoya 
qilishda qatnashadi. Taloqda umri tugagan qon elementlari (eritrotsitlar) 
parchalanadi. Ayrim yuqumli kasalliklar (qorin tifi, bezgak va 
boshqalar)da taloq kattalashadi. Bu uning faoliyati kuchayganligi, ya’ni 
limfotsitlar ko‘p hosil bo‘layotganligidan dalolat beradi. Jarrohlik yo‘li 
bilan taloq olib tashlansa, uning vazifasini suyak ko‘migi, jigar, limfa 
bezlari bajaradi.  
SIYDIK AJRATISH TIZIMI 
Odam organizmining faoliyati natijasida to‘qimalarda ko‘plab kerak-
siz va zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalarning organizmdan 
chiqib ketishi uchun buyraklar, ya’ni siydik ajratish a’zolari tizimi xizmat 
qiladi.  
Buyraklar juft a’zo bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i ortida, umurtqa pog‘o-
nasining ikki yonida, 12-ko‘krak umurtqasi va 1–2-bel umurtqalari sathida 
joylashgan. Buyrak, shakliga ko‘ra, loviyasimon tuzilishga ega bo‘lib, 
uning egilgan (botiq) qismi buyrak darvozasi deb yuritiladi. Buyrak 
darvozasi kengayib, siydik jomiga o‘tadi. Undan pastga qarab siydik yo‘li 
boshlanadi. Buyraklar oson ajraladigan fibroz parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. 
Buyrak yog‘ to‘qimasi buyrakning orqa tomonida yaxshi rivojlangan 
bo‘ladi. Buyrak ustida buyrakusti bezi joylashgan.  
Buyrak bezsimon tuzilishga ega a’zo bo‘lib, u kesib ko‘rilganda ikki, 
ya’ni po‘stloq va mag‘iz modda qavatlaridan iborat ekanligini ko‘rish 
mumkin. Po‘stloq modda jigarrang bo‘lib, qalinligi 4–5 mm  keladigan 
po‘st moddadan iborat. Buyrak ichki qismida alohida, to‘dalashib, 
piramida shaklida joylashgan mag‘iz moddani ko‘rish mumkin. 
Piramidalar keng tomoni buyrak po‘stiga, so‘rg‘ich shaklidagi uchi esa 
32

buyrak bo‘shlig‘iga qarab joylashgan. Piramidalar, taxminan, 1 mln mayda 
kanalchalar (nefron)dan tuzilgan.  
Buyrak kanalchalarining bir uchi berk bo‘lib, devori ikki qavatli 
kapsula bilan tugaydi. Ular, o‘z navbatida, qon tomirli koptokchani o‘rab 
turadi. Qon tomirli koptokcha va kapsula birgalikda buyrak tanachasini 
hosil qiladi. Buyrak tanachasi va kanalchalari birgalikda buyrakning 
struktural va funksional birligini tashkil qiladi. Nefronlarda yig‘ilgan 
siydik yig‘uvchi naychalar orqali buyrak so‘rg‘ichlariga, ulardan buyrak 
kosachalariga o‘tib, buyrak jomchalari orqali siydik yo‘liga tushadi. 
Siydik yo‘llari orqali buyrakdan ajralgan siydik qovuqqa kelib yig‘iladi.  
Siydik hosil bo‘lish jarayoni ikki bosqichdan iborat. Birinchi 
bosqichda buyrak tanachalarida hosil bo‘lgan birlamchi siydik (bir sutkada 
1,5  l) buyrak kanalchalarida qayta so‘rilib, uning tarkibidagi suv va 
hayotiy zarur moddalar ushlab qolinadi. Siydik tarkibidagi kreatinin, 
ammiak va vodorod ionlaridan ikkilamchi siydik (bir sutkada 1,5 l) hosil 
bo‘ladi. Ikkilamchi siydik hosil bo‘lishi siydik hosil bo‘lish jarayonining 
ikkinchi bosqichini tashkil etadi. Umuman olganda, siydik hosil bo‘lish 3 
ta bosqich, ya’ni filtratsiya, reabsorbsiya va sekretsiya jarayoni natijasidir.  
Qovuqda yig‘ilgan siydik tashqi siydik chiqaruv yo‘li orqali 
tashqariga chiqariladi. Qovuq eziluvchan a’zo bo‘lib, unda 1 l  hajmdagi 
siydik yig‘ilishi va ma’lum muddat saqlanishi mumkin.  
KO‘PAYISH A’ZOLARI 
Inson organizmida ko‘payish a’zolari ikki qismga, ya’ni ichki va 
tashqi jinsiy a’zolarga bo‘linadi. Erkaklarda jinsiy bezlar spermatozoidlar 
ishlab chiqaradi. Ayollar tuxumdonida tuxum hujayralari ishlab 
chiqariladi.  
Erkak jinsiy a’zolari 
Erkak ichki jinsiy organlariga quyidagilar: erkak jinsiy bezlari – 
moyaklar, urug‘ chiqarish yo‘llari, urug‘ pufakchalari, prostata bezi, 
bulbouretral bezlari kiradi. Erkak tashqi jinsiy a’zolari erlik olati va 
yorg‘oqdan iborat.  
Spermatozoid erkak urug‘ hujayrasi bo‘lib, u moyakning egri – bugri 
kanalchalarida ishlanadi hamda urug‘ pufakchalari va prostata bezida 
ishlab chiqarilgan suyuqlik bilan aralashib tashqariga chiqariladi. 
Balog‘atga yetgan odamning jinsiy faol bo‘lgan davrida urug‘ hujayralari 
– spermatozoidlar moyakda doimiy ishlanib turadi 
33

Ayol jinsiy a’zolari 
Ayol ichki jinsiy a’zolariga tuxumdon, bachadon naylari, bachadon va 
qin kiradi. Tashqi jinsiy a’zolarga esa katta va kichik jinsiy (uyatli) lablar, 
klitor va qizlik pardasi kiradi.  
Bachadon – kichik chanoq bo‘shlig‘ida, qovuq bilan to‘g‘ri ichak 
o‘rtasida joylashgan, nokka o‘xshash a’zo bo‘lib, unda homila rivojlanadi. 
Bachadon uch qismga: bachadon tubi (eng baland qismi), bachadon tanasi, 
bachadon bo‘yniga bo‘lib o‘rganiladi. Bachadon tubining ikki yon qismiga 
bachadon naylari ochiladi. Bu naydan bachadon ichiga tuxumdonda yetilib 
chiqqan tuxum hujayrasi kelib tushadi.  
Tuxum hujayra bachadon ichiga kelib tushgan paytda urug‘lanish 
sodir bo‘lmasa, ayollar va voyaga yetgan qizlarda hayz (menstruatsiya) 
kuzatiladi, ya’ni urug‘lanmagan tuxum hujayra bilan birga bachadon ichki 
shilliq qavati ko‘chib tushadi. Agar bachadon bo‘shlig‘ida yetuk tuxum 
hujayra bilan erkak urug‘ hujayrasi (spermatozoid) qo‘shilsa, urug‘lanish 
hodisasi ro‘y beradi. Urug‘langan tuxum hujayra bachadon shilliq 
qavatiga jips yopishib, homiladorlik boshlanadi. Ayollarda homiladorlik 
vaqtida hayz kuzatilmaydi.  
ASAB TIZIMI 
Asab tizimi ikki, ya’ni markaziy va periferik qismga bo‘linadi. 
Markaziy asab tizimiga bosh miya va orqa miya kiradi. Periferik asab 
tizimiga esa bosh va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari kiradi. Nerv 
tolalari butun organizm bo‘ylab tarqalgan.  
Asab tizimi tashqi ta’sirlarni qabul qiladi va unga javob qilishda 
ishtirok etadi. Nerv tolalari markazga intiluvchi (ta’sirni qabul qiluvchi) va 
markazdan qochuvchi (ta’sirga javob beruvchi) qismdan iborat.  
Orqa miya umurtqa kanali ichida joylashgan bo‘lib, uning uzunligi 45 
sm. Uzunchoq miya bilan tutashgan orqa miyaning pastki qismi 
konussimon shaklda tugaydi. U ham bosh miya kabi uchta parda bilan 
o‘ralgan.  
Orqa miyadan 31 juft orqa miya periferik nerv tolalari chiqadi. Bular 
quyidagilar: 8 juft bo‘yin, 12 juft ko‘krak, 5 juft bel, 5 juft dumg‘aza va 1 
juft dum nervlaridir.  
Umurtqalararo teshikdan chiqqan orqa miya nerv tolalarining oldingi 
va orqa shoxchalari bir-biriga qo‘shilib, nerv tugunlari (yon shoxlar)ni 
hosil qiladi.  
Orqa miya nerv tolalari bir-biri bilan qo‘shilib, quyidagi nerv 
tutamlarini hosil qiladi: bo‘yin, yelka, bel, dumg‘aza tutamlari.  
Orqa miya ko‘ndalang kesimida uning «N» harfini eslatuvchi kulrang 
va oq moddadan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Uning oldingi 
34

shoxlaridan harakatlantiruvchi, orqa shoxlaridan esa sezuvchi nervlar 
chiqadi.  
Asab tizimi inson organizmi bilan uni o‘rab turgan tashqi muhit 
o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Markaziy asab tizimi tashqi ta’sirlar, 
hayotiy ko‘nikmalarni o‘zida qayta ishlaydi, ularni tahlil qilib, javob 
reaksiyasini ishlab chiqadi. Javob reaksiyasi reflekslar majmuasidan iborat 
bo‘lib, reflekslar reflektor yoyi orqali o‘tadi. Reflektor yoyi sezuvchi 
(markazga intiluvchi) va javob qaytaruvchi (markazdan qochuvchi) asab 
tolalari elementidan iborat bo‘ladi.  
Uzunchoq miyada odam faoliyati uchun muhim bo‘lgan markazlar 
joylashgan. Bular nafas olish, yurak-tomir markazlaridir. Bu markazlar 
boshqalari bilan aloqada bo‘ladi va faoliyat izchilligini ta’minlaydi.  
Vegetativ asab tizimi 
Vegetativ asab tizimi markaziy asab tizimining ajralmas bir qismidir. 
Vegetativ nerv tolalari barcha ichki a’zolarning shilliq muskullariga 
tarqalib, ular ishini qisman ixtiyorsiz (avtomatik, mahalliy) ravishda 
bajarib turadi. Ammo vegetativ nervlar ham miya po‘stlog‘i boshqaruvi 
ostida ishlaydi. Vegetativ asab tizimi yurak-qon va limfa tomirlari, ichki 
a’zolarni, ya’ni tarkibida silliq muskullarga ega bo‘lgan a’zo va bezlarni 
innervatsiya qiladi.  
Vegetativ asab tizimi ikki, ya’ni simpatik va parasimpatik asab 
tizimidan iboratdir.  
Simpatik asab tizimi. Simpatik asab tizimining markazi orqa miyada 
joylashgan. Umurtqa pog‘onasining ikki yonida joylashgan simpatik nerv 
tugunlari bir-biri bilan tutashgan holda 20–25 ta nerv tugunlarini hosil 
qiladi. Bu simpatik tugunlardan bosh, yurak, o‘pka, oshqozon, ichaklar, 
jigar va buyraklarga boruvchi simpatik nerv tolalari boshlanadi.  
Vegetativ asab tizimining parasimpatik qismi. Parasimpatik nervlar 
bosh miyaning o‘rta va uzunchoq miya bo‘lagidan va orqa miyaning 
dumg‘aza qismidan boshlanadi. Simpatik va parasimpatik nerv tolalari ish 
faoliyatlari bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshidir, ya’ni simpatik nervlar 
biron organ ishini tezlashtirsa, parasimpatik nervlar shu organ ishini 
sekinlashtiradi. Natijada ularning normal ishlashi uchun sharoit yaratiladi.  
Masalan, simpatik nervlar ko‘z qorachig‘ini kengaytirib, so‘lak 
ajralishini pasaytiradi, yurak qisqarishlari sonini oshirib, oshqozon va 
ichaklar harakatini pasaytiradi. Oshqozonning shira chiqarish qobiliyatini 
pasaytirib, o‘pka bronxlarini kengaytiradi. Parasimpatik nervlar, aksincha, 
ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, yurak qisqarishlari sonini kamaytiradi, ichak 
peristaltikasi (harakat)ni oshiradi, o‘pka bronxlarini toraytiradi. Organizm-
35

ning normal faoliyati ana shu ikkala, ya’ni simpatik va parasimpatik asab 
tizimlarining hamjihatligi orqali bosh miya po‘stlog‘i bilan idora qilinadi.  
SEZGI A’ZOLARI 
Sezgi organlari orqali inson tashqi olam ta’sirlarini qabul qiladi. Sezgi 
organlari yordamida inson eshitadi, ko‘radi, hid biladi, ta’mni sezadi.  
Ko‘rish organlari 
Ko‘rish organi ko‘z soqqasi, qovoqlar, ko‘z soqqasini harakatga 
keltiruvchi muskullar va ko‘z yoshi apparatidan tashkil topgan.  
Ko‘z soqqasi (olmasi) uch qavatdan: 1) ko‘zning fibroz qavati, ya’ni 
tashqi qavati; 2) ko‘zning o‘rta tomirli pardasi; 3) rangdor pardalardan 
iborat.  
Ko‘zning fibroz pardasi tashqi eng qattiq parda bo‘lib, ko‘zning 
oldingi qismida tiniq shox pardaga aylanadi, u ko‘zning nur sindiruvchi 
qismini tashkil etib, yorug‘lik nurlari to‘siqsiz qabul qilinadi.  
Ko‘zning o‘rta tomirli pardasi qon tomirlarga boy bo‘lib, u kiprikli 
tana bilan birlashadi. Kiprikli tana esa, o‘z navbatida, yoy (kamalak) parda 
bilan tutashib, uning o‘rtasida qorachig‘i bo‘ladi. Muskul tolalaridan 
iborat yoy parda qisqarganda, ko‘z qorachig‘i torayadi, bo‘shashganda esa 
qorachiqlar kattalashadi. Qorachiqlarning kattalashishi va torayishi ko‘zga 
tushayotgan yorug‘lik nurining kuchiga bog‘liq. Ya’ni qanchalik yorug‘ 
bo‘lsa, qorachiq shuncha toraygan bo‘ladi va aksincha.  
Shox parda va kamalak parda o‘rtasidagi bo‘shliq ko‘zning oldingi 
kamerasi deb yuritiladi. Kamalak parda orqasida ko‘z gavhari bo‘lib, 
uning ortida ichi sariq shilimshiq modda bilan to‘lgan ko‘zning orqa 
kamerasi mavjuddir. Shuning uchun u shishasimon tana deb ataladi.  
Ko‘zning eng muhim pardasi to‘r parda hisoblanadi, unga tashqi 
tomondan qon tomirlar yopishib tursa, ichki tomondan shishasimon tanaga 
tegib turadi. To‘r parda, o‘z navbatida, o‘nta qavatdan tashkil topgan. To‘r 
pardadagi bosh miyadan keluvchi ko‘ruv nervining oxiri «kolbacha» va 
«tayoqcha»simon hujayralardan iborat. «Tayoqchalar» oq va qora nurlarni, 
«kolbachalar» esa yorug‘likda rangli nurlarni qabul qiladi.  
Turli xil jismlardan qaytib, ko‘zga tushayotgan yorug‘lik shox parda 
va ko‘zning oldingi kamerasidan, qorachiq, ko‘z gavhari, shishasimon 
tanadan o‘tib sinadi va to‘r pardada o‘sha jismning tasviri paydo bo‘ladi. 
Bu tasvir ko‘ruv nervi orqali bosh miyaga uzatiladi. Bosh miyada jismning 
rangi, katta-kichikligi, shakli, uzoq-yaqinligi tahlil qilinadi va miyamizda 
shu tasvir haqida tasavvur hosil bo‘ladi. 
36

Eshitish a’zolari 
Eshitish a’zolari uch qismdan: tashqi quloq, o‘rta quloq, ichki 
quloqdan iborat.  
Quloq suprasidan iborat tashqi quloqqa tashqi eshitish yo‘li ham 
kiradi.  
O‘rta quloq esa nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv (Yevstaxiy) nayidan 
iborat.  
Tashqi va o‘rta quloq o‘rtasida chegara nog‘ora parda mavjud. O‘rta 
quloqdagi nog‘ora bo‘shlig‘ida 3 ta eshituv suyakchalari zanjir kabi 
tutashgan bo‘ladi. Bolg‘acha nog‘ora pardaga tegib turadi. Bolg‘achaning 
ikkinchi boshi ikkinchi eshituv suyakchasi sandonchasiga tegib turadi. 
Sandoncha ham, o‘z navbatida, uchinchi eshitish suyakchasiga – uzan-
gichaga tegib turadi. Uzangicha esa ichki quloqning labirinti teshigini 
yopib turadi.  
Shunday qilib, tovush to‘lqini quloq nog‘ora pardasiga tegib uni 
tebratadi, natijada eshituv suyakchalari orqali tebranish ichki quloq 
labirintiga keladi. Ichki quloq labirintida eshitish nervi boshlanadi, eshituv 
nervi oxirlari ta’sirni eshitish yo‘li orqali miya po‘stlog‘idagi eshitish 
markaziga olib boradi.  
Ichki quloqda eshituv nervlaridan tashqari, muvozanatni ta’minlay-
digan nervlar ham joylashgan.  
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling