O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana21.05.2020
Hajmi0.67 Mb.
#108394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
birinchi yordam


Jgutning to‘g‘ri qo‘yilganligini 
tekshirish
Ko‘pincha jgut yelka va son 
sohasiga qo‘yiladi. Agar haqiqiy 
tibbiy jgut bo‘lmasa, u holda 
qo‘lga ilingan istalgan matoni 
«burama – jgut» shaklida qo‘l-
lash mumkin. Ammo arqon va 
sim ishlatish man qilinadi, chun-
ki ular to‘qimalarni shikastlaydi. 
Tibbiy jgut – egiluvchan rezina 
tasma bo‘lib, oxirgi uchida qo‘l 
va oyoqqa mahkamlanadigan 
moslamasi bor.  
Jgut qo‘yish texnikasi. 
Jgutni ikki qo‘llab ushlab, yengil 
tarang qilib, har bir aylanmani oldingisi bilan yonma-yon qo‘yib, so‘ng 
jgut mahkamlanadi. Burama jgut qo‘yish uchun mato (ro‘molcha, bint)ni 
arqonsimon holatda o‘rab, qo‘l yoki oyoqqa tugun shaklida bog‘lanadi, 
so‘ng kichik tayoqcha yordamida qon oqishi to‘xtaguncha buraladi. 
Tayoqcha buralib bo‘shab ketmasligi uchun uni alohida bog‘lab qo‘yiladi. 
Qon ketishi to‘xtagach, jarohatga bog‘lam qo‘yiladi.  
7-rasm. 
Jgut qo‘yishda quyidagi qoidalarni esda tutish kerak (8-rasm): 
1) jgut asosan songa yoki yelkaga qo‘yilishi lozim, chunki u yerda 
bitta suyak bor; 
2) jgut tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmaydi, albatta, uning ostiga 
biror nima qo‘yish kerak; 
3) jgutni yozda 1,5 soatdan, qishda bir soatdan oshmagan muddatga 
qo‘yish mumkin; 
4) jgut qo‘yilgan vaqtni aniq qilib yozib, yopishtirib qo‘yish kerak.  
59

Jgut qo‘yilgandan so‘ng uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘yilganligini 
aniqlash katta ahamiyatga ega. Buning uchun qo‘l va oyoqlardagi puls 
aniqlanadi. Agar puls yo‘q bo‘lsa, jgut to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. Biron 
sababga ko‘ra, 1–1,5 soat davomida bemorni kasalxonaga olib borishning 
iloji bo‘lmasa, u holda 10–15 minutga jgut bo‘shatiladi va bir vaqtning 
o‘zida barmoq bilan jarohatdan yuqorisi bosib turiladi. Qish vaqtida oyoq 
va qo‘lni o‘rab, issiq saqlash tavsiya qilinadi.  
Kichik o‘lchamli arteriya 
yoki vena shikastlanganda siqib 
turuvchi bog‘lam qo‘yish kifoya. 
Qon ketishini vaqtinchalik to‘x-
tatishda jarohatga steril doka 
yoki bint hamda paxta qo‘yib 
bog‘lanadi. Uncha katta va 
chuqur bo‘lmagan jarohatlarga 
yuqoridagi usulni qo‘llash qon 
ketishining batamom to‘xtatish 
chorasi hisoblanadi.  
8-rasm. 
Qolgan hollarda batamom 
qon to‘xtatish uchun jarrohlik 
klinikalarida tikish, bog‘lash 
yoki shikastlangan tomirlarni 
kuydirish kabi usullar ishlatiladi.  
60

 
JAROHATLAR 
Teri va shilliq qavatlarining mexanik shikastlanishi natijasida 
jarohatlar paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda jarohatlar organizmning chuqur 
joylashgan to‘qimalarida va ichki organlarda ham kuzatiladi.  
Jarohat klinikasi undan qon silqib, ochilib qolishi, qon oqishi va 
og‘riq bo‘lishi bilan tavsiflanadi.  
To‘qimalarni shikastlovchi asbob qanchalik keskir bo‘lsa, jarohatdan 
qon oqishi shunchalik kuchli bo‘ladi. Hamma jarohatlanishlarda ham qon 
oqishi tashqariga bo‘lavermaydi, ba’zan qon tomirlardan to‘qimalarga va 
bo‘shliqlarga quyilib, tarqoq gematomalar hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Shuningdek, parenximatoz (g‘ovak) organlarning jarohatlanishi ham 
ko‘plab qon oqishiga sababchi bo‘lishi mumkin.  
Jarohatlanishlardagi og‘riq, uning intensivligi: 
1) jarohatlangan nerv retseptorlari va o‘zaklarining soniga; 
2) shikastlangan kishi organizmining reaktivligiga; 
3) jarohatlovchi qurolning xususiyatiga va jarohat olish tezligiga 
bog‘liq.  
Qurol qanchalik o‘tkir va jarohatlovchi omil tezligi katta bo‘lsa, u 
bilan bog‘liq og‘riq shunchalik sust darajada rivojlanadi. Og‘riqning 
qanday darajada ekanligi jarohatlangan joyning innervatsiyasiga bog‘liq 
bo‘ladi. Ma’lumki, yuz, barmoqlar, chot va jinsiy organlar juda boy 
innervatsiyalanganligi uchun, ulardagi og‘riqlar kuchli bo‘ladi. 
Jarohatlardagi og‘riq odatda qattiq (jizillatadigan) bo‘lib, uning shiddati, 
tomir urishining chastotasiga bog‘liq holda ortib va kamayib turadi. 
Jarohatlangan sohaning ko‘taribroq qo‘yilishi va qulay joylashtirilishi 
natijasida og‘riq kamayadi va 2 soat davomida og‘riq to‘liq to‘xtashi 
mumkin.  
Jarohatning ochilib qolishi uning kattaligiga, chuqurligiga va terining 
elastik tolalari buzilishiga bog‘liq. Shuningdek, jarohatning ochilib qolish 
darajasi to‘qimaning shikastlanish xususiyatiga ham bog‘liq. Yuzdagi 
Langer chiziqlariga nisbatan ko‘ndalang joylashgan jarohatlarning ochilib 
qolishi, bu chiziqlarga parallel joylashgan jarohatlarga qaraganda katta 
bo‘ladi.  
Jarohatlarning tasnifi 
Jarohatlar kelib chiqishi va xususiyatlariga qarab turli-tuman bo‘ladi.  
Qo‘llanilgan qurol yoki jarohatlovchi agentning to‘qimalarni 
shikastlantiruvchi xususiyatiga qarab jarohatlarning quyidagi turlari 
farqlanadi: 
1) o‘qotar qurollardan jarohatlanish; 
61

2) tig‘ jarohati (tig‘ sanchishdan hosil bo‘lgan jarohat); 
3) tilingan jarohatlar; 
4) titilgan jarohatlar; 
5) lat yegan jarohatlar; 
6) majaqlangan jarohatlar; 
7) yulingan jarohatlar; 
8) tirnalgan jarohatlar; 
9) shilingan jarohatlar; 
10) tishlangan – chaqilgan jarohatlar; 
11) zaharlangan jarohatlar; 
12) aralash jarohatlar.  
Har qanday jarohatning o‘ziga xos jihati bo‘lib, yordam ko‘rsatish 
vaqtida buni hisobga olish kerak. Masalan, tig‘ sanchishdan va o‘qotar 
qurollardan olingan jarohatdan qon kam oqadi. Ularning chuqurligi va 
yo‘nalishini ko‘z bilan aniqlash qiyin, ularda ko‘pincha ichki organlarning 
ham shikastlanishlari bo‘ladi. O‘tmas predmetlar bilan yetkazilgan tig‘ 
jarohatlari, masalan, yog‘och kaltak yoki yomg‘ir soyabonining uchi bilan 
berilgan zarbadan hosil bo‘lgan jarohatlar o‘ziga xos shakllarga ega. 
Kesilgan va to‘g‘ralgan jarohatlarda ko‘proq yuzalarning defektlanishi va 
qonning tashqariga kuchli oqishi xosdir. Lat yeyishdan, majaqlanish va 
yulinish jarohatlaridan qon oqishi kamroq bo‘lib, ular kuchli og‘riq 
chaqiradi va ko‘pincha infeksiyalanadi, ularda qon aylanishining buzilishi 
nisbatan ko‘proq uchraydi va mahalliy nekrozlar keltirib chiqaradi.  
Shilingan jarohatlarning og‘rig‘i kuchli bo‘ladi, lekin jarohatlar ichida 
eng tez bitadigani hisoblanadi. Tishlangan jarohatlar og‘riqli bo‘lib, 
ko‘pincha yiringlab ketadi. Tishlangan jarohatlarning eng og‘ir 
asoratlaridan biri quturish kasalligidir. Quturish kasalligining virusi kasal 
hayvonning so‘lagi bilan ajralib, u orqali tishlash vaqtida jarohatga 
tushadi. Kalamush, sichqon va mushuklar tishlab olsa, «kalamush 
kasalligi» rivojlanishi mumkin.  
Ilon va chayonlar chaqishi natijasida, shuningdek jarohatga jangovar 
va boshqa kimyoviy birikmalar tushganda, zaharlangan jarohatlar kelib 
chiqadi. Avvallari aralash jarohatlar deyilganda, tananing ma’lum 
qismidagi turli ko‘rinishdagi jarohatlar tushunilar edi. Hozirgi vaqtda esa 
aralash jarohatlar deyilganda, jarohatga jangovar zaharlovchi modda yoki 
radiatsiyaning ta’siri tushuniladi. Ularni aniqlashda maxsus nom – 
jangovar zaharlovchi moddalar (JZM) bilan zaharlangan jarohatlar atamasi 
ishlatiladi.  
O‘qotar qurollardan hosil bo‘ladigan jarohatlar – o‘qdan va snaryad 
parchasidan kelib chiqqan jarohatlarga bo‘linadi. O‘qotar qurollarning 
o‘ziga xos ta’siri natijasida undan hosil bo‘lgan jarohatlar boshqalaridan 
farq qiladi: 
a) jarohat kanalining chuqurligi; 
62

b) to‘qimalar o‘zgarishidagi anatomik nisbatning murakkabligi; 
v) to‘qimalar shikastlanishidagi o‘ziga xos zonalarning mavjudligi. 
Birlamchi jarohat kanali, u detrit to‘qimalari va yot moddalar bilan to‘lgan 
bo‘ladi, to‘qimalarning birlamchi travmatik nekroz yoki birlamchi 
kontuziya zonasi va to‘qimalarning molekulyar chayqalish zonasi yoki 
ikkilamchi travmatik nekroz; 
g) jarohatlanish vaqtidagi (birlamchi infeksiya) yoki evakuatsiya 
bosqichlaridagi (ikkilamchi infeksiya) birinchi yordamning kechikib 
ko‘rsatilishi va jarohatning birlamchi jarrohlik ishlovining kechikishi 
natijasida ifloslanishning yuqori darajada bo‘lishi.  
O‘qotar qurollardan jarohatlanishda to‘qimalarning jarohatlanish 
darajasi asosan o‘qning yoki parchaning kinetik energiyasiga va ularning 
boshlang‘ich tezligiga bog‘liq bo‘ladi. To‘qimalarga boshlang‘ich tezligi 
kichik o‘qning ta’sirida hosil bo‘ladigan jarohatning mexanizmi pichoqdan 
va boshqa keskir predmetlardan jarohat hosil bo‘lish mexanizmiga yaqin. 
Tezligi katta o‘qlar bilan jarohatlanishda (hozirgi zamon jangovar o‘q 
tezligi 700–900 m/s, sharchali va cho‘zinchoq o‘qlar – 1000 m/s  dan 
yuqori, snaryad parchalari – 1500–4000 m/s) qurolning sifat jihatidan 
yangi xususiyatlari namoyon bo‘lib, u to‘qimalarning kengroq va og‘irroq 
jarohatlanishlarini keltirib chiqaradi. O‘qning tezligi 600 m/s  dan yuqori 
bo‘lsa, eng katta ahamiyatni kinetik energiyaning to‘qimalarga o‘tkazish 
tezligi kasb etadi, bundan past tezliklarda uning ahamiyati uncha yuqori 
bo‘lmaydi.  
Katta tezlikda uchib kelayotgan o‘q va snaryad parchalari tanaga 
kirayotganda atrofidagi to‘qimalarga energiyaning tezlanish ko‘rinishida 
uzatadi va, o‘z navbatida, bu to‘qimalarni jarohat kanalidan chekkagacha 
va uning markaziga qarab notekis harakatlanishga majbur qiladi. Bu esa 
«pulsatsiyalanuvchi bo‘shliq» shakllanishiga olib keladi. Bo‘shliqning 
kengayishi vaqtida hosil bo‘ladigan manfiy bosim, jarohat kanaliga o‘q-
ning kirgan va chiqib ketgan teshiklaridan patogen mikroblarning so‘rilib 
kirishiga sababchi bo‘ladi. Vaqtinchalik bo‘shliqning pulsatsiyasi 
to‘qimalar va organlarning notekis ezilishini, uzilishini va qatlamlarga 
ajralishini yuzaga keltiradi. To‘qimalar nekrozi asosan muskul to‘qi-
malarida hatto jarohat kanalidan ancha masofada bo‘lsa ham, infeksiya 
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib beradi va bu kabi 
yaralanishlarning klinik kechishi shu sabab bilan tushuntiriladi.  
Hozirgi vaqtga kelib o‘qotar qurollar o‘qining kalibri 5,6 mm  gacha 
kichraytirilgan (avvallari hamma joyda 7,6 mm  qabul qilingan), bu bilan 
o‘qning birlamchi tezligi ortgan va uning jarohatlash zonasi ham 
kengaygan. Shunga o‘xshash shikastlanishlarni sharchali, teshib o‘tuvchi 
va plastik bomba va snaryadlarning parchalari ham (ular hozirgi zamon 
harbiy qismlarining harbiy harakatlari vaqtida qo‘llaniladi) chaqira oladi.  
63

Kelib chiqish sabablariga ko‘ra, jarohatlar operatsion va tasodifiy 
jarohatlarga bo‘linadi. Shikastlanishning chuqurligiga qarab jarohatlar 
yuzaki, teshib o‘tuvchi va ichki a’zolarni shikast-lovchi jarohatlarga 
bo‘linadi. Masalan, teri jarohati, teriosti to‘qimalari va hatto qorin 
muskullarining jarohatlari ham yuzaki jarohatlarga kiradi. Agar qorin 
pardasi shikastlangan bo‘lsa, jarohat chuqur o‘tuvchi jarohatlar qatoriga 
kiritiladi. Ayni vaqtda jigar va ichaklarning shikastlanishlari bilan 
kechadigan jarohatlar a’zolarning shikastlanishi bilan asoratlangan 
jarohatlar qatoriga kiritiladi. Jarohat tananing qaysi qismida bo‘lishiga 
qarab yuz, bosh, bo‘yin, qo‘l jarohatlariga bo‘linadi.  
Infeksiyalanish darajasiga ko‘ra, aseptik va infeksiya bilan ifloslangan 
jarohatlar bo‘ladi. Rejali operatsiyalardan yoki birlamchi jarrohlik 
ishlovidan keyingi jarohatlar aseptik jarohatlar hisoblanadi. O‘tkir va 
nisbatan toza predmetlar vositasida yuzaga kelgan, kesilgan va 
qiymalangan jarohatlar aseptik jarohatlarga yaqin bo‘ladi. Qolgan hamma 
jarohatlar infeksiyalar bilan ifloslangan deb baholanadi, chunki jarohat-
lanish vaqtida terining o‘zida ham, jarohatlovchi predmet vositalarida ham 
mikroorganizmlar bo‘ladi.  
Jarohatlar yangi va kechikkan turlarga bo‘linadi. Agar shi- 
kastlangan kishi jarohat olgandan keyin 24 soatdan kechikmay tibbiy 
yordamga murojaat qilsa, jarohat yangi hisoblanadi. Bu holda jarohatning 
qirg‘oqlari va asosini jarrohlik yo‘li bilan tozalab, jarohat infeksiyasini 
to‘xtatish mumkin. Shu yo‘l bilan infeksiya tushgan jarohatni aseptik 
jarohatga aylantirish mumkin. Agar shikastlangan kishi 24 soatdan 
kechikib murojaat qilsa, mikroorganizmlar to‘qimalarning ancha chuqur 
qavatlariga o‘tib oladi va bunday jarohatlar kechikkan jarohatlar sirasiga 
kiritiladi.  
Jarohatlarning bitish davri 
Jarohatlanish vaqtida ko‘plab hujayralar o‘ladi, qon va limfa 
tomirlarining butunligi buziladi. Hamma favqulodda olingan jarohatlar 
infeksiyalar bilan ifloslanadi, hatto aseptik operatsiyalar vaqtidagi jaro-
hatlarga ham bir oz miqdorda mikroorganizmlar tushadi. Agar to‘qimalar 
hujayra elementlarining himoya jarayonlari yetarli bo‘lsa, bu infeksiyalar 
tezda barham topadi va jarohat birlamchi bitish bilan tuzaladi.  
Jarohatga tushgan infeksiya, o‘lgan to‘qima va mikroblardan ajralib 
chiqqan toksinlarning mexanik qitiqlanishi natijasida jarohat atrofida 
yallig‘lanish jarayoni rivojlanadi.  
Jarohatning bitish jarayonida, hamma boshqa yallig‘lanishlardagi 
kabi, ikki davr kuzatilib, ular infeksiya tushgan va yiringlagan jarohatlarda 
ancha yaqqol ifodalanadi. Birlamchi bitish bilan tuzalayotgan jarohatlarda 
bu davrlarni farqlash ancha mushkul.  
Birinchi davrda o‘tkir yallig‘lanish ko‘rinishlari ustunlik qiladi.  
64

Giperemiya, qon tomirlarining kengayishi va qon tomirlar devorlari 
o‘tkazuvchanligining ortishi, leykotsitlar eksudatsiyasi va migratsiyasi 
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, atrofdagi qon tomirlarida staz va 
tromboz jarayonlar, limfa tomirlarida limfa harakatining susayishi va 
to‘xtab qolishi, yallig‘lanishi, shikastlangan to‘qimalardagi degenerativ 
o‘zgarishlar kuzatiladi.  
Jarohatlarning bitishidagi birinchi davr gidrotatsiya davri deyiladi, 
chunki jarohat atrofidagi to‘qimalar suyuqlik bilan to‘yingan, jarohatdan 
suyuqlik ajralib turadi. Bu davrda og‘riq va haroratning ko‘tarilishi, 
jarohat sohasida infiltrat va shishning bo‘lishi, har xil ko‘rinishdagi 
funksiyalarning buzilishi kuzatiladi.  
Ikkinchi davr – regeneratsiya davrida tiklanish jarayonlari ustunlik 
qilib, to‘qimalar eksudatsiyasi kamayadi, shuning uchun ham uni 
degidratatsiya davri deb atashadi. Jarohatda regenerativ jarayonlar 
ustunligi kuzatilib, defektlar yosh biriktiruvchi to‘qima hujayralari bilan 
to‘la boshlaydi va chandiq hosil bo‘lishi boshlanadi.  
Degidratatsiya davri boshlanishi bilan og‘riq, harorat, shish va infiltrat 
asta-sekin kamayadi, shuningdek buzilgan funksiyalar normaga qaytadi. 
Jarohat tozalanib, unda granulyatsiya to‘qimasi paydo bo‘ladi va 
epiteliylanish belgilari yuzaga keladi, nekrotik to‘qimalarning qoldiqlari 
yo‘qoladi, jarohatdan ajralib turadigan suyuqlik miqdori, jarohatdagi 
mikroorganizmlar soni sezilarli kamayadi.  
Jarohatning bitish jarayonini ikkita alohida davrga bo‘lish 
jarohatlangan kishining tuzalish holatini yaxshiroq tushunishga yordam 
beradi. Ammo amaliyotda bu ikki davr bir-biridan aniq ajralib turmaydi. 
Ko‘pincha, ayni bir paytda ham birinchi, ham ikkinchi davrga tegishli 
holatlarni, ya’ni nekrotik to‘qimalarning ajralishi, yiringlash va to‘qimalar 
regeneratsiyasini kuzatish mumkin.  
Jarohatlarning bitish turlari 
Jarohatning bitishi 
regenerativ (tiklanish) jarayon bo‘lib, orga-
nizmning shikastlanishiga nisbatan biologik va fiziologik ta’sirlanishni 
(reaksiyasini) aks ettiradi.  
Hamma to‘qimalarning regeneratsiyalanish qobiliyati bir xilda emas. 
To‘qima qancha yuqori differensiatsiyalangan bo‘lsa, u shunchalik sekin 
tiklanadi. Markaziy asab tizimining eng yuqori differensiatsiyalangan 
hujayralarining amalda umuman regeneratsiyalanish qobiliyati yo‘q. 
Periferik nervlar sekin, lekin oxir-oqibatda neyron aksonining markazdan 
periferiyaga qarab o‘sishi hisobiga regeneratsiyalanadi. Epiteliy, birik-
tiruvchi to‘qima elementlari – muskul pardasi, paylar, suyaklar, shuning-
dek silliq muskullar yaxshi regeneratsiyalanadi. Ko‘ndalang – targ‘il 
muskullar va parenxima a’zolarining regeneratsiyalanish qobiliyati juda 
65

sust. Ulardagi shikastlanishlar ko‘pincha biriktiruvchi to‘qima chandiqlari 
hisobiga bitadi.  
Jarohatlarning bitishiga mahalliy va umumiy omillar to‘sqinlik qilishi 
mumkin. Agar yirik qon tomirlari, nerv tolalari jarohatlangan va 
jarohatlarda g‘ayritabiiy moddalar, nekrotik to‘qima, suyak sekvestrlari, 
viruslar va mikroorganizmlar mavjud bo‘lsa, ularning bitishi yomon 
kechadi. Jarohatlarning bitishiga bemorning umumiy holati – qo‘shimcha 
kasalliklar (gipovitaminoz, surunkali yallig‘lanish kasalliklari, qandli 
diabet, yurak va bo‘yrakdagi yetishmovchiliklar, shuningdek organizm-
ning immun tizimidagi buzilishlar) salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  
Jarohatlarning birlamchi va ikkilamchi bitishi farqlanadi. Agar 
jarohatning chekkalari tekis, yashovchan va bir-biriga zich bo‘lsa, 
jarohatda bo‘shliq hosil bo‘lmasa, ichiga qon quyilmasa, g‘ayritabiiy 
moddalar, nekroz o‘choqlari va infeksiyalar bo‘lmasa, birlamchi bitish 
yuzaga keladi. Aseptik operatsiyalar, jarohatning to‘laqonli jarrohlik 
ishlovidan keyin, ba’zan boshqa jarohatlarda birlamchi bitish kuzatiladi. 
Bunday jarohatlar tez (5–8 kun davomida) bitib, tekis va kam seziladigan 
chandiqlar hosil qiladi.  
Yangi chandiq yumshoq, tekis va pushti rangda bo‘ladi. Vaqt o‘tishi 
bilan yangi hosil bo‘lgan kapillarlar yo‘qoladi, chandiq kattalashadi, ancha 
qattiq va mahkam holatga keladi. Agar chandiqning yo‘nalishi teridagi 
Langer chiziqlari yo‘nalishiga mos tushsa, asta sekin chandiq kam sezilarli 
ko‘rinishga o‘tadi.  
Birlamchi bitishning bir va bir nechta shart-sharoitlari bo‘lmagan 
taqdirda ikkilamchi bitish yuzaga keladi. Jarohat chekkalarining 
yashovchan emasligi, chekkalari bir-biriga yopishmagan jarohatning katta 
bo‘shlig‘i bo‘lishi va unga qon quyilishi, nekroz o‘chog‘i, g‘ayritabiiy 
moddalar va yiringli infeksiyalar buning sababchisidir. Shuningdek, 
ikkilamchi bitishning umumiy omillarga bog‘liqligi: kaxeksiya, gipo yoki 
avitaminoz, modda almashinishining buzilishlari yoki yuqumli kasalliklar 
– angina, gripp va boshqalarning mavjudligi.  
Ikkilamchi bitishga jarohatning yiringlashi va undan keyin 
granulyatsiya to‘qimasining hosil bo‘lishi xosdir. Yiring oqsilga boy 
bo‘lgan yallig‘lanish ekssudati bo‘lib, unda hujayra elementlari asosan 
neytrofil leykotsitlar va katta miqdordagi turli bakteriyalar, shuningdek 
parchalangan hujayralarning qoldiqlari mavjud bo‘ladi. Yiringning 
ko‘rinishi, rangi va hidi mikrofloraga bog‘liqdir.  
Granulyatsiya to‘qimasi asta-sekin rivojlanadi. Jarohatlanishdan 
keyin, tez fursatda jarohatning yuzasi yupqa qavatli ivigan qon bilan 
qoplanadi. Bu qavat jarohat ekssudati bilan birgalikda fibrinozli 
bakteriotsid himoya pardasini hosil qiladi. Agar jarohatda infeksiya 
rivojlansa, uning chekkalarida va asosida yallig‘lanish belgilari paydo 
bo‘ladi (shish, harorat, giperemiya va og‘riq). Jarohat yopishqoq yiringli 
66

ajralma bilan qoplanadi. Yallig‘lanishning rivojlanishi to‘qimalar himoya 
darajasidan, organizmning reaktivligi va infeksiyaning virulentligidan 
kelib chiqadi. Odatda 48 soatdan keyin jarohatning ayrim yerlarida mayda 
bo‘rtiqlar – granulyatsiyalar paydo bo‘ladi. Ularning soni asta-sekin ortadi 
va oqibatda jarohatning butun yuzasini qoplab oladi. Ayni vaqtda, kapillar 
qon tomirlarining ko‘plab o‘sishi amalga oshadi. Granulyatsiya o‘sishi 
bilan jarohat asta-sekin nekroz o‘choqlaridan tozalanadi, uning chekka-
laridan boshlab yoki ayrim orolchalar ko‘rinishida, jarohat yuzasida 
epiteliy o‘sishi kuzatiladi. Keyinchalik granulyatsiya to‘qimasi chandiqqa 
(fibroz va biriktiruvchi to‘qima elementlaridan tashkil topgan) aylanadi.  
Granulyatsiya to‘qimasi chuqur yotgan to‘qimalarni berkitib va ularni 
infeksiya tushishidan himoyalab, jarohatning bitishida katta ahamiyat kasb 
etadi. Jarohatdan ajraladigan suyuqlik bakteriotsidlik xususiyatiga ega. 
Shikastlanganda granulyatsiya to‘qimasi qontalashib qoladi va infeksiya 
chuqur yotgan to‘qimalarga o‘tib ketishi mumkin. Shuning uchun ham 
granulyatsiyalangan jarohatlarni bog‘lashda uni mexanik yoki kimyoviy 
shikastlab qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish va jarohatlarni bog‘lashni iloji 
boricha, kamroq bajarish kerak.  
Kichik va yuzaki jarohatlar – shilingan, tirnalgan, shuningdek 
kuyishlar ivigan qon va limfadan hosil bo‘ladigan po‘stloq ostida bitadi. 
Taxminan 5 sutkalardan keyin po‘stloq ostida epiteliylanish va jarohatning 
bitishi tugallanib, qoraqo‘tir tushib ketadi.  
Jarohat infeksiyasi 
Jarohat infeksiyasi – jarohatga mikroblarning kirib borishi, organizm 
to‘qimalariga tushgan mikroorganizmlar va ulardagi toksinlarning tarqalib, 
ta’sir etish natijasidir. Toza jarohatga ko‘payish xususiyatiga ega patogen 
bakteriyalar va zaharli moddalar tushib, uni ifloslasa (organizm reaksiyasi 
bo‘lmaganda), bakterial ifloslanish yuzaga keladi.  
Agar mikroblarning tushishiga organizm reaksiyasining sezilarli 
belgilari paydo bo‘lsa, bu narsa bakterial ifloslanishni aniq ifodalangan 
bakterial infeksiyaga o‘tganligini ko‘rsatadi. Bu jarayon, bir tomondan, 
mikroorganizmlar himoya reaksiyalarining holatiga, ikkinchi tomondan, 
jarohatga kirib borgan infeksiya qo‘zg‘atuvchisining miqdori va 
virulentligiga bog‘liq.  
Shu nuqtai nazardan jarohatlar aseptik, bakterial-ifloslangan, 
infeksiyalangan va yiringli turlarga bo‘linadi. Shartli ravishda aseptik 
jarohatlar deyilganda, rejali steril sharoitlarda o‘tkazilgan toza 
operatsiyalarda olingan jarohatlar tushunilib, ular ko‘p hollarda birlamchi 
bitish bilan tuzaladi.  
Boshqa hamma jarohatlarga paydo bo‘lish vaqtidan boshlab mikro-
organizmlar tushadi, demak, ular mikrobli yoki bakterial ifloslangan 
hisoblanadi. Birlamchi mikroblar bilan ifloslanish jarohatlanish vaqtida 
67

yuzaga kelsa, ikkilamchisi davolash jarayonida, ya’ni shifoxona ichidagi 
infeksiyalanish natijasida yuzaga keladi.  
Aseptika qoidalarining birlamchi yordam ko‘rsatish vaqtida va 
shikastlangan kishini davolash davomida buzilishi ikkilamchi 
infeksiyaning tushishiga sabab bo‘ladi.  
Jarohatga o‘z vaqtida birlamchi jarrohlik ishlovi berish, bunda hamma 
infeksiyalangan nekrotik to‘qimalarni olib tashlash va unga antiseptiklar 
bilan ishlov berish birlamchi infeksiyaning profilaktikasi bo‘lib 
hisoblanadi. Kasalni davolash davomida aseptikaning hamma qoidalariga 
qat’iy amal qilish ikkilamchi infeksiyaning tushishiga yo‘l qo‘ymaydi.  
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling