O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov
Download 325.56 Kb. Pdf ko'rish
|
psixologiyapdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtiyorsiz xotira.
Ixtiyoriy xotira. Ixtiyoriy xotira deganda, ma’lum maqsadni
ro‘yobga chiqarish uchun, muayyan davrlarda aqliy xususiyatlarga suyangan holda amalga oshirishdan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odatda ong bevosita boshqaradi. Ko‘pincha psixologiya faniga ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo‘yiladi. Esda olib qolishni maqsad qilib qo‘yish esda olib qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Ixtiyorsiz xotira. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda katta o‘rin egallashini har kim o‘z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri maxsus mnemik maqsadsiz, aqliy, asabiy, irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, taassurotlar- ning ko‘pchilik qismini aks ettirishidir. Shunga qaramasdan, inson faoliyatining turli jabhalarida o‘z xotirasini boshqarish zarurati tug‘ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitda, holatlarda, vaziyatlarda, favqulodda kerakli narsalarni ixtiyoriy ravishda esda saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz. Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotida ikkita ketma-ket bosqichni tashkil etadi. Qisqa muddatli xotira materialni ko‘p martalab takrorlash va qayta esga tushirishlar orqali uzoq vaqt esda olib qolinishi bilan ajaralib turadigan uzoq muddatli xotiradan farqli o‘laroq, bir marta- 57 gina, juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu zahotiyoq qaytadan xotirlashdan so‘ng juda ham qisqa vaqt mobaynida esda qolishi bilan belgilanadi. Qisqa muddatli esda olib qolish sharoitlarida hal etilishi uchun avtomatlashtirilgan harakat usullari qo‘llaniladigan vazifalargina mahsuldor bo‘lishi aniqlandi. Materialni o‘zlashtirishning kengaytiril- gan usullarini qo‘llashni taqozo etadigan vazifalar qisqa muddat mobaynida taqdim qilingan sharoitda esda olib qolishning samarador- ligini pasaytirib yuboradi. Shunga asoslanib, qisqa muddatli esda olib qolishni ma’lum vaqt oralig‘ida kishining material bilan ishlash faoliyatida faqat avtomatlashtirilgan usullarni qo‘llab ishlash imkonini beruvchi esda olib qolish deb ta’riflash mumkin. Download 325.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling