O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/59
Sana24.07.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1661998
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
Bog'liq
Axborot xavfsizligi @informatika

Raqamli 
sertifikatlar. 
Ochiq 
kalitli 
shirflash 
sxemasidan 
foydalanganda ochiq kalitni mijozlarga tarqatish yoki tarmoqdagi serverga 
o‘rnatmoq kerak. Lekin raqib sizning nomingiz bilan o‘zini tanitishi va 
ochiq kalitni sizning nomingizdan tarqatishi mumkin. Ommaviy kalitni 
haqiqiy egasi kimligini aniqlash uchun, hamma korrespondentlar ishonch 
bildiradigan uchinchi tomonga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu masala 
sertifikatlashtirish markazlari (Certification Authority) orqali hal etiladi. 
Ular tomonidan sertifikatlar – egasini identifikatsiyalaydigan ochiq kalit va 
axborotning mosligini tasdiqlaydigan raqamli ma’lumotlar, kafolatchi 
imzolagan raqamli imzo beriladi. Sertifikatda ommaviy kalit, kalitning 
egasi haqidagi ma’lumot, sertifikatlashtirish markazining nomi, sertifikatni 
amal qilish muddati kabi ma’lumotlar bo‘ladi. Sertifikatning har bir 
nusxasiga sertifikat bergan tashkilotning raqamli imzosi biriktiriladi, 
shuning uchun kim sertifikat olgan bo‘lsa, uning haqiqiyligiga ishonch 
hosil qilishi mumkin. Sertifikat shaxsni kimligini tasdiqlovchi hujjatning 
analogidir. Shaxsni identifikatsiya qilish muammosi (pasport, haydovchilik 
guvohnomasi va hokazo) uchrashuv paytida yuzaga keladi. Tarmoqda 
sherikni ko‘rmasdan turib muloqot qilishda, shaxsning kimligini bilish 
yanada muhimroqdir.
Shifrlashning kriptografik mustahkamligi. Himoyalangan axborotning 
xavfsizligi birinchi navbatda kalit bilan aniqlanadi. Shifrga hujum 
1
Ўзбекистон Республикасининг «Электрон рақамли имзо тўғрисида»ги 
2003 йил 11 декабрь қонуни // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 
Ахборотномаси. – 2004. – № 1-2. – 12-м.


75 
(kriptotahlil) kalit va shifrlash algoritmi noma’lum bo‘lgan holatda 
shifrlangan axborotning shifrini yechish jarayonini bildiradi. Odatda, 
shifrlash algoritmi raqibga ma’lum va avvaldan tahlil etilishi mumkin deb 
hisoblanadi. Faqat shifrlashni amalga oshiruvchi kalit yashirin saqlanadi. 
Raqibning asosiy maqsadi bu kalitni qo‘lga kiritishdir. 
Kriptomustahkamlik shifrning tasnifi bo‘lib, u kalitni bilmasdan turib 
shifrni yechishga bo‘lgan mustahkamlikni bildiradi. Shifrlash orqali 
axborotni himoyalashning samaradorligi kalitning yashirin saqlanishiga va 
shifrning kriptomustahkamligiga bog‘liq. 
Shifrlashga qo‘yiladigan asosiy talablar. Zamonaviy shifrlash usullari 
quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: 
– shifrning mustahkamligi shifrlash algoritmining maxfiyligi bilan 
emas, kalitning sir saqlanishi bilan ta’minlanadi; 
– faqat barcha mumkin bo‘lgan kalitlarni birma-bir to‘liq ko‘rib 
chiqish orqaligina shifrni yechish mumkinligi; 
– kalitlarni birma-bir to‘liq ko‘rib chiqishdagi chekli amallar soniga 
zamonaviy kompyuterlarda erishib bo‘lmaslik; 
– shifrlangan matn hajm jihatdan berilgan matndan juda ham katta 
bo‘lmasligi; 
– shifrlash jarayonida ketma-ket ishlatilayotgan kalitlar oddiy va 
tezkor aniqlanadigan bog‘liqlikda bo‘lmasligi; 
– shifrlash jarayonidagi xatolik axborotning buzilishi va yo‘qolishiga 
olib kelmasligi kerak; 
– shifrlash juda ham ko‘p mehnat talab qilmasligi va uning qiymati 
himoyalanuvchi axborotning qiymati bilan mos kelishi kerak. 
Ushbu talablarga shifrlash usullaridan: o‘rinlarini almashtirish
almashtirish; gammalashtirish; analitik o‘zgartirish kabilari javob beradi. 
Keng tarqalgan shifrlash algoritmlari. Axborotni kriptografik 
himoyalash standartlari, xesh funksiya.
AES [advanced encryption standard (AES)] – AQShda ma’lumotlarni 
shifrlash standarti bo‘lib, simmetrik shifrtizimlarda foydalanish uchun 
qo‘llanadi. Blok o‘lchami 128 bit, kalit uzunligi 128, 192 yoki 256 bitdan 
iborat bo‘lgan bazaviy blokli shifrlash algoritmiga asoslagan. 2002-yildan 
beri amalda qo‘llanilmoqda.
DES [data encryption standard] shifrlash standarti Amerika standart 
shifrlash tizimi bo‘lib, simmetrik shifrtizimlarda foydalanish uchun 
mo‘ljallangan. Dunyoda shifrlashning birinchi ochiq rasmiy standarti 


76 
sifatida 1977-yildan 1997-yilgacha amal qilgan. Blok kattaligi 64 bit, kalit 
uzunligi 56 bitga teng bo‘lgan bazaviy blokli shifrlash algoritmi asosida 
qo‘llanilgan. Shifrlashning 4 rejimi va xabarni haqiqiyligini 
aniqlashtiruvchi kodni shakllantirishning 2 rejimiga ega.
DES-algoritmi qo‘llashining asosiy sohalari: 
1) kompyuterda ma’lumotlarni saqlash (parol va fayllarni shifrlash); 
2) xabarlarni autentifikatsiyalash (xabar va nazorat guruhiga ega 
bo‘lib, xabarni haqiqiyligiga ishonch hosil qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi); 
3) elektron to‘lov tizimlarida (ko‘p sonli mijozlar va banklar 
o‘rtasidagi operatsiyalarda); 
4) tijorat xabarlarni elektron almashinuvida (xaridor, sotuvchi va bank 
xodimi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvida o‘zgartirishlar kiritish va 
ushlab qolishlardan himoyalangan). 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling