O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Mustaqil tayyorgarlik uchun savollar


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/59
Sana24.07.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1661998
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
Bog'liq
Axborot xavfsizligi @informatika

Mustaqil tayyorgarlik uchun savollar 
1. Kriptografiya nima? 
2. Kriptografiya rivojlanishining qanday bosqichlari mavjud? 
3. Zamonaviy kriptografiya qanaqa muammolarni hal etuvchi bilim sohasi 
hisoblanadi?
4. Axborotlarni sodda shifrlashni qanday usullari bor? 
5. Sezarning shifrlash usuli qanday amalga oshiriladi? 
6. Vijinerning shifrlash tizimi nima? 
7. Kalit deganda nima tushuniladi? 
8. Simmetrik shifrlash qanday amalga oshiriladi? 
9. Asimmetrik shifrlash nima? 
10. Simmetrik va asimmetrik kalit yordamida shifrlash qanday amalga 
oshiriladi? 
11. Raqamli sertifikatlar nima? 
12. Kriptotomustahkamlik nimani bildiradi? 
13. Shifrlashga qanaqa talablar qo‘yiladi? 
14. Qaysi shifrlash algoritmlari keng tarqalgan? 
15. Elektron raqamli imzo nima maqsadda ishlatiladi? 


79 
 
IV. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING
APPARAT-DASTURIY VOSITALARI 
4.1. Asosiy tushunchalar. Foydalanish huquqini cheklashning usul va 
vositalari. 
4.2. Dasturlarni o‘zgartirishlardan himoyalash va butunlikning 
nazorati. 
4.3. Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida axborot xavfsizligining 
apparat-dasturiy vositalari. 
 
Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni 
muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va 
autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni 
qayd qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan 
(mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar 
va maxsus dasturlardir. 
Axborotni muhofaza qilishning apparat vositasi – bu, maxsus himoya 
qurilmasi yoki axborotni qayta ishlash texnik vositasining komplektiga 
kiruvchi moslama. 
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar 
xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining 
dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir.
Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgar-
tirishlardan himoyalanish, kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta 
ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan hisoblanadi. 
Ushbu xavfga yetarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari 
uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq 
qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-
bir tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni 
obro‘sizlantirishi mumkin. 
Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni 
blokirovkalash uchun «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi 
dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling