O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/59
Sana24.07.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1661998
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
Axborot xavfsizligi @informatika

 
5.1. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi 
 
Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni muhofaza qilish 
sohasida tashkilotlar faoliyatini litsenziyalash nimtizimini, axborotni 
muhofaza qilish vositalarini sertifikatsiyasini va axborot xavfsizligi 
talablari bo‘yicha axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyasini, kadrlarni 
tayyorlash, maxsus aloqa tizimlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
ishlarini tashkillashtirish tizimlarini o‘z ichiga oluvchi murakkab tizimdir. 
Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi ish yuritishi quyidagi 
qonun, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi: 
– O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; 
– «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonun; 
– «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun; 
– «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonun; 
– «Faoliyat ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonun; 
– «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonun; 
– «Aloqa to‘g‘risida»gi qonun; 
– «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun; 
– «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi qonun; 
– «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun; 


97 
– «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonun; 
– «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun; 
– «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun; 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 
– Axborotni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik, muassasa, agentlik 
va xo‘jaliklarning boshqa huquqiy aktlari. 
Davlat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon 
beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik 
taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilish usul va 
vositalarini qo‘llab, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga bo‘lgan zararni jiddiy 
kamaytirish – bularning barchasi axborotni muhofaza qilishning davlat 
tizimida ko‘zlangan maqsad bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun quyidagi 
vazifalarni bajarish kerak:
– yagona texnik siyosatni o‘tkazish, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va 
boshqa sohalar faoliyatlarida axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni 
muvofiqlash va tashkil etish; 
– razvedkaning texnik vositalar yordamida axborotni qo‘lga kiritishni 
jiddiy qiyinlashtirish yoki yo‘l qo‘ymaslik; 
– axborotni muhofaza qilish sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi 
huquqiy hujjatlarni qabul qilish; 
– axborotni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ularning 
samaradorligini nazorat qilish kuchlarini tashkil etish; 
– davlat idoralari va tashkilotlarida axborotni muhofaza qilish holatini 
nazorat qilish; 
– axborotni muhofaza qilish sohasidagi davlat tizimi holatini tahlil 
qilish, asosiy muammolarni aniqlash; 
– axborotni muhofaza qilishni davlat tizimining muhim yo‘nalishlarini 
aniqlash; 
– axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni me’yoriy-metodik va 
axboriy ta’minlash. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling