O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/59
Sana24.07.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1661998
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
Axborot xavfsizligi @informatika

1.3. Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha 
me’yoriy huquqiy hujjatlar. Axborotni muhofaza qilish sohasida 
xalqaro standartlar 
Me’yoriy-huquqiy hujjat tushunchasi. Ma’lumki, huquq – bu hukumat 
tomonidan turmushning ma’lum bir sohalariga, davlat organlari, 
tashkilotlari yoki aholiga nisbatan o‘rnatilgan yoki sanksiyalangan 
umummajburiy qoidalar va me’yorlar to‘plamidir. 
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi «Normativ-
huquqiy hujjatlar to‘g‘risida (yangi tahriri)»gi qonunining
1
3-moddasiga 
asosan «Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, 
umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni 
belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy 
hujjatdir». 
Me’yoriy huquqiy hujjat – bu huquq ijodkorligi hujjati bo‘lib, ma’lum 
bir tartibda, qat’iy belgilangan subyektlar tomonidan qabul qilinadi va 
huquq me’yoriga ega bo‘ladi. 
Me’yoriy huquqiy hujjat huquqning asosiy manbai hisoblanadi. 
Me’yoriy huquqiy hujjat (boshqa huquq manbalariga nisbatan) kafolat 
doirasida faqat mas’ul davlat organlari tomonidan qabul qilinadi hamda 
ma’lum bir ko‘rinishga, hujjat shakliga ega bo‘ladi. Me’yoriy huquqiy 
hujjatlar mamlakat bo‘yicha amal qiladi va yagona tizimni hosil qiladi. 
Me’yoriy huquqiy hujjatlar belgilari: 
– me’yoriy xarakter 
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2012. – № 52.
– 583-м. 


24 
– huquqiy akt 
– huquq ijodkorligi natijasi hisoblanadi 
– umummajburiylik 
– rasmiy hujjat ko‘rinishida tuziladi 
– huquq me’yorlarini guruhlashda ma’lum bir tartibga rioya qilinadi. 
Me’yoriy huquqiy hujjatlar turlari. O‘zbekiston Respublikasining 
2012-yil 24-dekabrdagi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida (yangi 
tahriri)»gi qonunining 5-moddasi me’yoriy huquqiy hujjatlarning turlarini 
aniqlaydi: 
Quyidagilar me’yoriy huquqiy hujjat hisoblanadi: 
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari; 
– Vazirliklar, davlat komitetlari va tashkilotlari hujjatlari; 
– Davlat hokimiyatining joylardagi organlari qarorlari. 
Me’yoriy huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari hisoblanadi va 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari 
qonunchilik hujjatlari hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirliklar, davlat komitetlari 
va tashkilotlari aktlari, davlat hokimiyatining joylardagi organlari qarorlari 
qonunosti hujjatlari hisoblanadi (ushbu qonunning 6-moddasi). 
Axborot xavfsizligini ta’minlashda me’yoriy-huquqiy boshqaruvning 
zarurligi. Huquqiy baza axborotga egalik huquqiga va uni muhofaza 
qilishga oid vazifalarni yechish imkonini berishi zarur. Himoyalanayotgan 
axborotga tahdidni aniqlashi va uni himoyalash tartibini belgilashi kerak. 
Huquqiy davlatda barcha tashkilot va muassasalar, rahbar shaxslar va 
fuqarolar faoliyati amaldagi qonunlar doirasida tashkil etilishi lozim. 
Axborotni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda: 
– axborotni muhofaza qilish, uning maxfiyligi va himoya uchun 
o‘rnatilgan qoidalar sohasida turli subyektlarning huquqlari ifodalanishi; 
– himoyalanayotgan axborotga noqonuniy tahdid qilish yoki uning 
egasiga zarar yetkazuvchi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 
harakatlar uchun jinoiy, ma’muriy, moddiy va ma’naviy javobgarlik 
belgilanishi kerak. 


25 
O‘zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni 
himoyalash bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar. Axborotni huquqiy himoya-
lash zaxira sifatida davlat va xalqaro miqyosda tan olingan hamda xalqaro shart-
noma, konvensiya va deklaratsiyalarda aniqlanadi. Davlat miqyosida axborotni 
huquqiy himoyalash davlat va tashkilot hujjatlari orqali nazorat qilinadi. 
Bizning mamlakatimizda bunday me’yoriy hujjatlarga Konstitutsiya, 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumat qarorlari, fuqarolik, ma’muriy 
va jinoyat kodekslarida keltirilgan tegishli moddalar kiradi. Tashkilot 
me’yoriy hujjatlariga esa ushbu tashkilot doirasida amal qilinuvchi buyruq, 
yo‘riqnoma, ko‘rsatma kabilar kiradi. 
Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash sohasida me’yoriy 
huquqiy hujjatlarni qabul qilish va amal qilishda tizimli ketma-ketlik. 
Xavfsizlikni ta’minlash muammosi kompleks xarakterga ega. Uni hal 
qilish uchun huquqiy hamda tashkiliy choralar va dasturiy-texnik 
ta’minotni (identifikatsiya va autentifikatsiya; ruxsatni boshqarish; 
protokollashtirish va audit; kriptografiya) birgalikda ko‘rish talab etiladi 
(misol uchun, korxona boshqaruvi miqyosida uning kompyuter axborot 
tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun xavfsizlik siyosatini 
ishlab chiqish hamda kerakli resurslar talab etiladi). 
– 
bu huquqiy asosda axborotni muhofaza qilishni 
ta’minlovchi maxsus huquqiy aktlar, qoidalar
jarayonlar va tadbirlardir

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling