O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
2-§. AQSH Konstitutsiyasi
Konfedratsiya shaklidagi shtatlar ittifoqi zaif, iqtisodiy va siyosiy jihatdan tarqoq bo‘lgan. Umumiy manfaatlarni himoya qiluvchi markazlashgan davlat apparati va yuksalish uchun yagona tartib bo‘lmagan. 1783-yilgi sulh tuzilishigacha Angliya bilan kechgan urushda ijtimoiy hayot og‘irlashgan. Natijada xalq qo‘zg‘olonlari boshlanib ketadi. Hukmron doiralar esa bu vaziyatdan chiqish yo‘lini axtaradi. Shunday qilib, yagona davlat barpo qilinishini iqtisodiy va siyosiy sabablar taqozo qilgan edi. Hukmron doiralarning fikricha, markazlashgan davlatning tashkil etilishi Shimoliy Amerika davlatlarining xalqaro obro‘sini ko‘tarishi lozim edi. Mana shunday sharoitda «konfederatsiya moddalari»ni qayta ko‘rib chiqish uchun Filadelfiyada Konvent chaqiriladi. U 1787-yil 25-maydan 17-sentabrgacha davom etadi va xalqdan yashirincha AQSHning yangi Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqadi. U 4 oy davomida muhokama qilinadi va so‘nggi loyiha ishlab chiqiladi. Muhokama qiluvchilar konstitutsion monarxiya, aristokratik monarxiya, burjuaziya va respublikani yoqlovchi rahnamolar ko‘rinishida fikr beradi. 1787-yil 17-sentabrda Konvent konstitutsiya loyihasini ma’qullaydi. 1789-yil 4-martdan kuchga kiradi. Konstitutsiya AQSH tarixida katta rol o‘ynadi. U yirik burjuaziya va quldorlar o‘rtasida murosasozlik rolini bajaradi. Konstitutsiyaga ko‘ra, AQSH davlatlar ittifoqidan (konfederat- siyadan) ittifoq davlatga – federatsiyaga aylandi. AQSH Konstitutsiyasi tuzilishiga ko‘ra pereambula, 7 moddadan iborat bo‘lib, ulardan faqat 4 tasi bo‘limlarga ajratilgan. Unga ko‘ra, qonun chiqarish hokimiyati – kongressga, ijro etish hokimiyati Prezidentga, sud hokimiyati Oliy sud va kongress tomonidan tashkil etiladigan quyi federal sudlarga tegishli bo‘ladi. Kongress ikki palata – Senat va Vakillar palatasi asosida tashkil qilinadi. Senat har bir shtatning qonun chiqaruvchi majlisi tomonidan 220 nafardan 6 yil muddatga saylanadigan senatorlardan iborat. Senatning 1/3 qismi har 2 yilda yangilanib turishi kerak. Vakillar palatasi proporsional saylov tizimi asosida – aholi soniga qarab xalq, ya’ni saylov korpusi tomonidan 2 yil muddatga saylanadi. Hamma saylovlar juft sonli yillarda o‘tkaziladi. Qonun avval vakillar palatasida qabul qilinadi va so‘ng senat tomonidan tasdiqlanadi. Senatning roziligisiz birorta ham qonun qabul qilinishi mumkin emas. Qabul qilingan qonun Prezident tomonidan imzo qo‘yilgandan keyin kuchga kiradi. Kongress federal mansabdor shaxslarni, jumladan, prezidentni ham impichment (parlament tomonidan davlat xizmatida turgan mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik qo‘zg‘ash) tartibida sud qilish huquqiga ega. Bunda tergov ishlarini vakillar palatasi olib boradi, senat esa sud qiladi. Federal kongress boj va soliqlarni belgilash, pul tamg‘alash va uning qiymatini belgilash, chet mamlakatlarga va ayrim shtatlarga qarz berish, tosh-tarozi, og‘irlik o‘lchov birliklarini o‘rnatish, ichki va tashqi savdoni tartibga solish, sudlarni tashkil etish, qo‘shma shtatlarning mudofaasini ta’minlash, urush e’lon qilish, armiya va flot tuzish va ta’minlash, federal qonunlarni ijro etish va qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun politsiyadan foydalanish kabi huquqlarga ega bo‘lgan. Amalda Kongress «qonunlar paketi», ya’ni bir vaqtda qabul qilinuvchi bir qancha qonunlarni chiqarishi mumkin bo‘lgan. Shuningdek, Konstitutsiyada kelajakda kongressning huquqlari kengaytirilishi mumkinligi nazarda tutildi. Konstitutsiyaga binoan federal kongressning tergovsiz sud qilish haqida, dvoryanlik imtiyozlarini joriy qilish haqida va boshqa shu kabi qonunlarni qabul qilishi qat’iyan taqiqlandi. Federal organlar xalqaro munosabatlarda AQSH nomidan harakat qilish va shartnomalar tuzish huquqiga ega. Konstitutsiyada ayrim shtatlarning huquqlari to‘la belgilanmadi. Lekin, shtatlar federal kongressga tegishli birorta ham masalani hal qilish huquqiga ega emas. Konstitutsiyaga ko‘ra shtatlar federatsiya ixtiyorida bo‘lmagan fuqarolik, jinoyat, mehnat, protsessual huquqlar sohasida qonunlar qabul qilish, Respublika tuzumini saqlab qolish sharti bilan o‘z Konstitutsiyalarini qabul qilish huquqiga egadirlar. AQSH Prezidenti ijroiya hokimiyat boshlig‘i bo‘lib, u ikki pog‘onali saylov tizimi asosida, ya’ni saylangan saylovchi vakillar tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Prezident davlat boshlig‘i, hukumat boshlig‘i hamda qurolli kuchlarning oliy bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Prezident va u tomonidan tayinlanadigan ministrlar (sekretarlar) Kongressga o‘z 221 faoliyatlari yuzasidan hisobot bermaydilar. Faqat xoinlikda, poraxo‘rlikda aybdor deb hisoblangandagina Prezident va ministrlar mansablaridan olinishlari mumkin. Konstitutsiyaga binoan Prezident senatning roziligi bilan xalqaro shartnomalarni imzolash, elchilar, konsullar, Oliy sud a’zolari va yuqori federal mansabdor shaxslarni tayinlash vakolatlariga ega. Shuningdek, Kongress qonunlariga veto qo‘yish huquqidan foydalanadi. Prezident vetosi Kongress palatalari deputatlarining 2/3 qismidan ko‘prog‘ining qarshiligi bilan bekor qilinishi mumkin. U vaqti- vaqti bilan qo‘shma shtatlarning ahvoli haqida Kongressga axborot berib turadi. Kongressning favqulodda sessiyalarini chaqirishi mumkin. Sud hokimiyati Oliy sud va Kongress tomonidan tashkil qilinadigan quyi federal sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Barcha sudyalar (oliy sud a’zolari ham) senatning roziligi va Prezident tomonidan tayinlanadi. Oliy sud barcha qonunlar va shartnomalarni ularning Konstitutsiyaga muvofiqligi nuqtai nazaridan sharhlash va ularni Konstitutsiya ruhiga munosib emas, deb bekor qilish huquqiga ega. Konstitutsiyani o‘zgartirish yoki unga qo‘shimcha kiritish uchun juda murakkab tartib o‘rnatilgan. Konstitutsiyaga qo‘shimcha faqat Kongressning har ikki palatasining yoki maxsus chaqirilgan Konvent a’zolarining 2/3 qismi ijobiy ovoz bersa va bu qo‘shimchalar shtatlarning 3/4 qismini qonun chiqarish majlislari tomonidan ma’qullangandagina qabul qilingan, deb hisoblangan. Saylov huquqi turli shtatlarda ularning Konstitutsiyalari bo‘yicha turlicha edi. Xotin-qizlar, negrlar va mahalliy indeyetslar saylov huquqlaridan mahrum etilgan. Unda yuqori mulk, o‘troqlik, ma’lumot senzi va boshqa cheklashlar mavjud edi. Konstitutsiyada mulk huquqi qattiq himoya qilingan. Unda qul savdosi va qochoq qullarni qaytarish haqida alohida modda bor edi. Demokratik huquq va erkinliklar, shtatlarning suveren huquqlari haqida hech narsa deyilmagan. Shuning uchun Konstitutsiya ayrim shtatlar tomonidan tasdiqlanishi davrida bu kamchiliklar ko‘rsatiladi. Konstitut- siya ko‘pchilik shtatlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa ham 1789-yilda federal Kongress unga «Huquqlar to‘g‘risidagi bill» (qonun) deb ataluvchi birinchi 10 ta tuzatish kiritli va bu tuzatishlar faqat 1791-yilda barcha shtatlar tomonidan tasdiqlangach kuchga kirdi. Konstitutsiyada demokratik xarakterdagi qoidalar aks ettirilmaganligi sababli 1789-yil sentabrda D. Medison tomonidan Konstitutsiyaga kiritiluvchi 10 ta tuzatish qabul qilinadi. Bu tuzatishlar 1791-yil dekabrda shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilinadi va kuchga kiradi. Mazkur 222 qo‘shimchalar «Huquqlar to‘g‘risidagi bill» deb nom oladi va konstitutsiyaning progressiv tomonini kuchaytiradi. Ularning yettitasi fuqarolarning siyosiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklariga bag‘ishlanadi. Sakkizinchi tuzatishda harbiy holat, to‘qqizinchida fuqaro- larning Konstitutsiyada ko‘rsatilmagan huquqlarining cheklanmasligi, o‘ninchi tuzatishda esa Konstitutsiya bilan Qo‘shma shtatlarga berilmagan vakolatlar tegishlicha shtatlar va xalq ixtiyorida qoldirilishi ko‘rsatilgan. Davlat apparatida dastlab faqat 672 ofitser va soldat ish olib borgan. Tashqi va ichki ahvol esa jiddiy holatda bo‘lgan. 1789-yil 30-apreldan boshlab AQSHning birinchi Prezidenti Jorj Vashington o‘z lavozimini amalga oshirishga kirishadi. So‘ng dastlabki departamentlar – davlat, harbiy va moliya departamentlarini tuzish haqida qonunlar qabul qilinadi. Bosh attorney (Adliya vaziri) lavozimi ta’sis etilib, 1789-yilgi qonun asosida adliya xizmatiga asos solinadi. 1790- yilda Oliy sud o‘zining birinchi majlisiga yig‘iladi. Sud tizimining huquqiy asosi 1789-yil Kongress tomonidan qabul qilingan «Sud tuzilishi haqida»gi qonun bo‘lib qoladi. Ushbu qonunga binoan Oliy sud – bosh sudya va beshta assotsiatsiyalangan sudyalardan iborat tartibda tashkil qilindi (keyinchalik ularning soni bir necha marta o‘zgaradi va 1869-yildan e’tiboran 9 ta sudyadan iborat tartibda o‘zgarmas qilib o‘rnatildi). AQSH 13 ta sud rayonlariga bo‘linib, Men va Kentukidan tashqari uchta sud okrugiga birlashtirildi. Shunday qilib, uch pog‘onali federal sud tizimi ta’sis etilgan. XIX asr boshida «Konstitutsiyaga zid keladigan har qanday qonun ahamiyatsiz» degan prinsip shakllanadi va u konstitutsionalizm uchun asos qilib olinadi. Dastlabki 30 yil ichida federatsiyaning statut huquqi asoslari yaratiladi. Dastlabki 20 yil ichida Konstitutsiyaga XI va XII tuzatishlar kiritiladi. 1795-yilda kiritilgan XI tuzatish shtatlarning boshqa shtat fuqarolari yoki chet elliklar tomonidan sud qilinishidan daxlsizlik huquqini o‘rnatadi. 1804-yildagi XII tuzatish prezident va vitse-prezident nomzodlari uchun alohida-alohida ovoz berishni joriy qilib, prezidentni saylash protsedurasini yangi qoida bilan to‘ldirdi. Siyosiy partiyalarning shakllanishi va rasmiylashtirilishi masalasida AQSH konstitutsiyasi partiyalar mavjudligini to‘la inkor qiladi. Dastlab fraksiya deb atalgan partiyalarga nisbatan ham juda sovuq fikrlar mavjud bo‘lgan. Partiyalar shakllanishi oliy ma’muriyat vakillarining ajralishi va nisbatan qarama-qarshi bo‘lgan o‘z tarafdorlarini yuzaga kelishiga borib taqaladi. 223 Dastavval ikki partiya – konstitutsion monarxiyani yoqlovchi federalistlar va antifederalistlar, ya’ni respublikachilar partiyalari shakllanadi. Federalistlar burjuaziya – savdogarlar, manufakturachilar, kema va bank egalari, yer olib-sotarlar, katta plantatorlar partiyasi edi. Respublikachilar esa maydaroq plantatorlar, fermerlar, mayda burjuaziya va hunarmandlar partiyasi bo‘lgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling