O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Partiyalar o‘zlarining «kokus», ya’ni nomzodlarni ilgari surish
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Partiyalar o‘zlarining «kokus», ya’ni nomzodlarni ilgari surish vakolatiga ega organ, boshqacha aytganda partiyaviy fraksiyaning yig‘ilishini tuzadilar. Kokuslar o‘rniga keyinchalik konvent (syezd)lar keladi. Daslabki ikki Prezident Jorj Vashington va Jon adams federalist- lardan, Tomas Jefferson (1800), Jems Medison (1809–1817-y.), Jems Monro va Jon Adams (1825–1829-y.) respublikachilar partiyasiga man- sub bo‘lgan. Avraam Linkoln (1862–1865-y.), Jonson (1865–1869-y.). 1820-yillarda respublikachilar partiyasidan ajralib chiqqan milliy respublikachilar partiyasi (1834-yildan boshlab ular o‘zlarini «viglar» deb ataydi), 1828-yilda respublikachilardan yana demokratlar partiyasi tashkil topadi. 1820–1830-yillarda mahalliy doiralarda faoliyat yurituvchi ishchilar partiyalari shakllanadi. Partiyalar ta’sirida partiyaviy mansubligi bo‘yicha Prezidentning saylanishi federal apparatning partiyaviy belgi bo‘yicha almashinuviga olib kelgan. 1840–1850-yillarda siyosiy partiyalarning qaytadan guruhlarga bo‘linishi sodir bo‘ladi. Bunga sabab, 1848-yilgi sulhga ko‘ra Meksika hududining 2/5 qismi AQSHga o‘tganligi va u yerlarda qulchilikni yoyish siyosatining kuchayishi bo‘lib hisoblanadi. 1840-yilda abolitsionistlarning «Ozodlik partiyasi» tashkil topadi. U qulchilikning taqiqlanishini himoya qilib chiqadi. 1848-yilda undan «ozod yer» (frisoylerlar) partiyasi ajralib chiqadi. Frisoylerlar partiyasi- ning asosiy ommasini fermerlar tashkil etgan. Ularni sanoat ishchilari qo‘llab-quvvatlagan va ularning «Milliy islohotlar assotsiatsiyasi» nomli ommaviy tashkiloti partiyaga qo‘shiladi. Shuningdek, viglar partiyasi tarqalib ketadi. 1854-yilda quldorchilik tizimini tanqid qilish bilan chiqqan Respublikachilar partiyasi tuziladi. Unga turli partiyalarning qismlari birlashadilar. Odatda, Amerikada ikki partiyaviylik – Respublikachilar va demokratlar partiyalari amal qilib, o‘zaro oppozitsiyada bo‘lib kelganlar. Umuman olganda, har ikkalasi ham burjua partiyalaridir. Ularning keng tashviqotlari boshqa uch partiyaning vujudga kelishiga to‘siq bo‘lib 224 keladi. Ular o‘z davrida AQSH siyosiy tizimida asosiy rol o‘ynab kelganlar. Keyingi davrlarda ularchalik ahamiyat kasb etgan faol Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling