O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi



1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
A K A D E M I YA 
H. ODILQORIYEV, N. AZIZOV, X. MADIRIMOV 
DAVLAT VA HUQUQ
TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan Vazirlik oliy ta’lim
muassasalari uchun darslik sifatida foydalanishga ruxsat etilgan
Toshkent 2012 


2
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 
Tahririyat-noshirlik hay’atida maqullangan
T a q r i z c h i l a r :
yuridik fanlar doktori, professor J. TOSHQULOV; 
tarix fanlar nomzodi, dotsent D. RAZZOQOV 
O-42 
Davlat va huquq tarixi: IIV oliy ta’lim muassasalari 
uchun darslik // H. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov. – 
T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 345 b.
Darslik davlat va huquq tarixi sohasidagi hozirgi zamon ilmiy 
konsepsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlangan bo‘lib, uning mavzulari 
Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi asosida yoritilgan. Unda 
O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar davlatchilik va huquq tarixida katta iz 
qoldirgan davlat tuzilmalari, huquq manbalari tahlil etilgan. Mamlakatda 
shakllanayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim 
xususiyatlariga oid xulosalar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, davlat va huquqning 
jamiyatni modernizatsiyalash davridagi roli bayon etilgan. 
Yuridik oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, muta-
xassislar, tadqiqotchilar, magistrlar hamda davlat va huquq tarixi masalalariga 
qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.
BBK 67.(5U)ya73
j O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012


3
KIRISH
Davlat va huquq ijtimoiy hodisalar bo‘lib, jamiyatning muhim
ajralmas tarkibiy qismini tashkil qiladi. Jamiyat tarixi va unga mos holda 
davlat va huquq tarixi uzluksiz rivojlanish jarayonidan iborat.
Davlat va huquq tarixini o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega 
masalalardan biridir. O‘zbekiston Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich 
Karimov ushbu masalaning naqadar dolzarb ekanligiga e’tiborni qaratib 
shunday deydi: «Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo‘lib 
turibdi. Nega deganda, O‘zbekistonda davlatchilik bo‘lmagan, deb 
orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi 
bo‘layotgan, kerak bo‘lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga 
urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g‘alamislarning orasida qanday 
qilib bo‘lsa ham bizni yana sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar 
yo‘q, deysizmi? O‘zbek tarixchilarining asosiy vazifasi mana shu 
da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai 
nazardan asoslangan tarixini yaratishdir»
1
.
Tarix o‘tmishning yig‘ilgan tajribalarini saqlovchi, uni avlodlarga 
asrab yetkazib keluvchidir. Hozirgi zamonning har bir yirik masalasi 
hayotning qaysi sohasida bo‘lmasin, jumladan, davlat va huquqiy 
tajribalarni hisobga olmasdan, chuqur o‘rganmasdan hamda unumli 
foydalanmasdan, samarali hal etilishi mumkin emas. Binobarin, 
davlatimiz rahbari I.A. 
Karimov ta’kidlaganidek: «O‘zlikni anglash 
tarixni bilishdan boshlanadi... Tarix saboqlari insonni hushyorlikka 
o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi... Inson uchun tarixdan judo bo‘lish – 
hayotdan judo bo‘lish demakdir»
2
.
Ma’lumki, O‘zbekiston 1991-yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kirit-
ganidan so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, 
rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, «o‘zbek modeli» deb nom olgan o‘z 
taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Ushbu modelning ma’no-mazmuni – davlat 
qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o‘zgartirish va yangilash, 
iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, uning siyosatdan ustunligini 
ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ȼɢɡ ɤɟɥɚɠɚɝɢɦɢɡɧɢ ʆɡ ԕʆɥɢɦɢɡ ɛɢɥɚɧ ԕɭɪɚɦɢɡ. Ɍ.7. – Ɍ.,
1999. – Ȼ. 139. 
2
O‘sha manba. – Ȼ. 137.


4
tashabbuskori bo‘lishi ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini 
ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-
bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tarixiy xotirasiz – kelajak 
yo‘q», «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» va shu kabi 
boshqa asarlari davlat va huquq tarixini o‘rganishda, davlatchilik 
taraqqiyotiga xolisona baho berishda muhim metodologik asos bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Ichki ishlar idoralari xodimlari avvalo inson, fuqaro sifatida o‘z 
mamlakatining tarixi, milliy davlatchilik tarixi, huquqiy taraqqiyot 
bosqichlari va tajribalarini mukammal bilishi zarur. Qolaversa, har bir 
huquqshunos davlat va yuridik muassasalar, huquqiy institutlar murakkab 
tizimining vujudga kelishi va taraqqiy etishi jarayonini mukammal bilishi 
muhimdir. 


5
I BOB. DAVLAT VA HUQUQ TARIXI FANINING PREDMETI,

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling