O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
VUJUDGA KELISHI VA HUQUQIY MUNOSABATLARNING
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
VUJUDGA KELISHI VA HUQUQIY MUNOSABATLARNING
SHAKLLANISHI 1-§. Eramizga qadar O‘zbekiston hududida davlat va huquq Davlat va huquq tarixi fanining asosiy vazifalaridan biri – bu mustaqil davlatchilik sharoitida O‘zbekiston hududida davlat va huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixini chuqur ilmiy va xolisona o‘rganish, tarixiy taraqqiyotning siyosiy-huquqiy yutuqlaridan mustaqil o‘zbek davlatchiligi va uning huquqiy tizimini takomillashtirishda foydalanish, qolaversa, boy va betakror tariximizni jahon jamoatchiligiga namoyish etishdir. Ushbu mavzu O‘zbekiston hududida davlatchilik va huquq tarixining ilk, o‘z navbatida, murakkab davriga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ushbu zaminda siyosiy-huquqiy institutlarning paydo bo‘lish shart-sharoitlari va sabablari, ilk davlat tuzilmalari, ularning siyosiy tuzumi, huquq manbalari, tarmoqlari va institutlari, O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishiga qadar bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalarga asosiy e’tibor qaratiladi. O‘zbek davlatchiligining tarixi xususida so‘z borganda, fanda u joylashgan muayyan hudud, ya’ni «O‘rta Osiyo» va «Movarounnahr» tushunchalariga murojaat etish lozim bo‘ladi. O‘rta Osiyo – g‘arbdan Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Eron, Afg‘oniston va Xitoy Xalq Respublikasi, shimoldan (45°/32' kenglik) shimoliy chegara bilan chegaralanuvchi ulkan hududda joylashgan bo‘lib, jami 1 mln. 984 ming kv.km.ni tashkil etadi. O‘rta Osiyo Qadimgi g‘arb va Qadimgi sharqni bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘tagan. O‘zbekistonda davlat va huquqning rivojlanishi o‘zining bir necha ming yillik tarixiga ega. Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida mamlakatimiz hududida ko‘plab davlatlarni qamrab olgan imperiyalar, tarqoqlik tufayli vujudga kelgan kichik-kichik davlatlar mavjud bo‘lgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida 20 ga yaqin qabilalar bo‘lib, ular bir necha qabilalar ittifoqiga birlashgan. Ular orasida bir necha sak qabilalarini birlashtiruvchi massagetlar ittifoqi boshqa qabilalar ittifoqi- dan alohida ajralib turgan. Binobarin, turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek 13 xalqining ildizlari ana shu massagetlarga borib taqaladi. Massaget qabilalari ittifoqiga quyidagi elatlar kirgan: qadimgi Sirdaryo havzasida, Amudaryoning sharqiy o‘zanlari bo‘yida va Qoraqumda yashovchi apasiaklar, Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan daxato‘ralar, taxminan Zarafshonning quyi qismi va Amudaryoning o‘rta oqimida yashagan derbiklar, Nurota tog‘larida o‘rnashgan sakavaraklar, Sirdaryoning o‘rta oqimidan Tyanshangacha cho‘zilgan usunlar ham antik davrlarda xorazmiylar tarkibiga kirgan. Qabilaga birlashgan urug‘ a’zolari umumiy mehnat bilan shug‘ullanganligi, mulkdan teng foydalanilgani, erkaklar bilan xotin- qizlarning teng huquqli bo‘lganligi, urushlarda erkaklar bilan bir qatorda xotin-qizlar ham ishtirok etganligi, har bir qabilaning o‘z boshlig‘i bo‘lganligi, ayrim qabilalarning boshliqlari ayollar bo‘lganligi, qabilaning umumiy manfaati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar qabila a’zolari yig‘ilishida muhokama qilinib hal etilganligi, har bir qabila, urug‘ning o‘z urf-odatlari, qoidalari bo‘lib, ularga qat’iy rioya qilinganligi haqida ayrim ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan 1 . Qadimgi xalqlarda davlatni boshqarish, sudlov ishlarini amalga oshirish, xalq bilan davlat boshlig‘i o‘rtasidagi munosabatlar haqida «Shajarayi turk» asarining muallifi Abulg‘ozi Bahodirxon quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: «Qadimgi xalq bu zamonning xalqindan yaxshi edi. Agar el va xalq yig‘ilib kishi ultura bilur bo‘lsa va yo gunohkor so‘ray bilar bo‘lsa va yo bir ish boshqarmoq qo‘lindan kelur bo‘lsa, ne uchun bir mardga podshoh ot quyub evining to‘rinda o‘lturib, barcha xalq ixtiyorlarini aning qo‘lina bera tururlar» 2 . Hozirgi kun ilm-fanida Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida qachon va qanday omillar ta’sirida davlat va huquq paydo bo‘lgan degan savolga aniq javob yo‘q. Bu to‘g‘rida ba’zi taxminlar mavjud, xolos. Hozirgi tarix fanida O‘zbekiston hududida miloddan avvalgi birinchi ming yillikda davlat birlashmalari bo‘lganligi, ular tashqi dushmanlarga qarshi urushlar olib borganligi, qo‘shni mamlakatlar bilan bordi-keldi qilganligi, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalari o‘rnatganligi ma’lum. Lekin bu davlat birlashmalarining tuzumi, boshqarish shakli, davlat organlari, mansabdor shaxslari, ularning vakolatlari, qonunlari, ularni 1 Qarang: Ԕɚɞɢɦɝɢ ɬɚɪɢɯɱɢɥɚɪ ȸɪɬɚ Ɉɫɢɺ ԟɚԕɢɞɚ / Ɇɚɫɴɭɥ ɦɭԟɚɪɪɢɪ Ɉ. Ⱥɛɞɭɥɥɚɟɜ. – Ɍ., 2008. – Ȼ. 6–51. 2 Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling