O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Parfiya podsholigi tashkil topdi. Keyinchalik Parfiya jahondagi eng 
qudratli davlatlardan biriga aylanadi. Uning ijtimoiy tuzumi zodagon 
jangchilar, yengil qurollangan suvoriylar; erkin jamoachi dehqonlar va 
qullardan iborat bo‘lgan. Davlat boshlig‘i podshoh bo‘lib, uning 
hokimiyati ikkita kengash bilan cheklangan edi. Birinchi kengash urug‘ 
zadogonlari, ikkinchisi kohinlar kengashi. Bu ikki kengash birgalikda 
avvalgi davlat boshlig‘ining merosxo‘r haqidagi vasiyatini hisobga olgan 
holda yangi podshohni saylagan. Parfiya davlati bir necha kichik 
podsholiklarga bo‘lingan bo‘lib, ularning hukmdorlari o‘zlarining 
tangalarini zarb etish huquqidan foydalangan. Bu kichik podsholiklar 
satrapliklarga, ular gipaxariylarga, ular esa statmilarga bo‘lingan. Bir 
guruh satraplarga marzpanlar boshchilik qilgan.
Har bir qishloq alohida qal’ani tashkil qilib, dizpat nomi bilan 
yuritilgan qal’a boshlig‘i tomonidan boshqarilgan. Dizpatlar satrapga 
bo‘ysungan. Otliq qo‘shin boshlig‘i Tiridat. Bir necha xazinachilar 
bo‘lgan. Soliqlarni yig‘ish, yig‘ilgan mahsulotlarni saqlash bilan 
shug‘ullanuvchi, mirza, muhrdor, hisobchi kabi mansabdor shaxslar 
faoliyat ko‘rsatgan. Mahalliy ma’murlarning asosiy vazifasi soliqlarni 
yig‘ish, xalqni mavjud tartiblarga itoatda tutib turish bo‘lgan. Ayrim 
ma’lumotlarga qaraganda yirik shaharlarda o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari bo‘lgan, shaharlarning tanga pullari bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oxiri va milodning birinchi 
ming yilligi boshlarida Osiyoda katta mavqega ega bo‘lgan davlatlardan 
biri – Xunnlar davlatidir. Uyg‘urlar va boshqa turkiy xalqlarning 
ajdodlari bo‘lmish xunlar miloddan burungi 209-yiligacha 500 yil hukm 
surgan qudratli Xun Tangriqutligi (imperiyasi)ni vujudga keltirdilar. 
Mazkur imperiyaning hududi kunchiqarda ulug‘ okean 
qirg‘oqlarigacha borib tutashgan, shimolda Lena daryosi, Boyko‘l 
(Baykal ko‘li), Yansi daryosining o‘rta iqlimlarigacha, janubda Xitoy 
devorigacha, g‘arbi janubda Hindiston (Sind)ning shimoligacha, 
yaksartlar, abinlar, assionlar va boshqa qabilalar istiqomat qiluvchi 
Sirdaryoning shimoliy va shimoliy sharqiy qismlari, g‘arbda Kaspiy 
dengizining sohillarigacha cho‘zilgan. 
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, xunlar qo‘shni davlatlarga 
tez-tez hujumlar uyushtirib turganlar. Bu hujumlar ko‘pchilik hollarda 
ularga muvaffaqiyat keltirgan. Lekin ko‘p o‘tmay, xunnlar o‘rtasida nizo 
vujudga kelib, janubiy xunnlar (Oq xunnlar) va shimoliy xunnlar (Ko‘k 
xunnlar)ga bo‘linish yuz bergan. Ana shunday urushlardan birida 
Kushonlar–Oq xunnlar Ko‘k xunnlardan yengilib Qoshg‘ardan siqib 


 21
chiqariladi va Farg‘ona orqali Baqtriyaga o‘tib, uni bosib oladilar. Xunnu 
qabilalarining bir qismi miloddan avvalgi III–II asrlarda Sibirda qo‘nim 
topgan. Miloddan avvalgi II asrda Xunnular Markaziy Osiyodan Ural oldi 
rayonlariga ko‘chib o‘tgan. Ularning mahalliy sarmatlar bilan qo‘shilib-
chatishib ketishlari natijasida xunn qabilalari (Gunlar) paydo bo‘lgan. 
Xun qabila ittifoqining bir qismi Yettisuv va Sirdaryo bo‘ylaridagi 
poyonsiz cho‘llarga ko‘chib o‘tadilar va bu yerli sak, massaget qabilalari 
bilan aralashib ketadilar. 
Xunnlar davlati tepasida shanyuy (ulug‘ azim) turgan. Shanyuy 
lavozimini xunnlar qabilasiga kiruvchi 24 ta urug‘ boshliqlaridan eng 
ulug‘i egallagan. U katta vakolatlarga ega bo‘lsa-da, uning hokimiyati 
mutlaq emas edi. Shanyuy hokimiyati har biri 2 mingdan 10 minggacha 
otliq qo‘shinga ega bo‘lgan urug‘ boshliqlari tomonidan cheklangan edi. 
Dastlabki davrlarda Shanyuy urug‘ boshliqlari tomonidan saylangan, 
keyinchalik esa saylov o‘rnini taxtga o‘tqazish marosimi egallagan. 
Xunnlar davlatining so‘nggi davriga kelib davlat boshlig‘ining hokimiyati 
vasiyat asosida meros tariqasida otadan o‘g‘ilga o‘tadigan bo‘lgan. Davlat 
boshlig‘i – shanyuy harbiy, diplomatik va diniy sohalarga boshchilik 
qilgan. Qonunchilik hokimiyati ham uning qo‘lida bo‘lgan. 
Xunnlar qabilasidagi urug‘lardan Xuyan, Lan va Syuybu urug‘lari 
asilzoda urug‘lar hisoblanib, davlat idoralaridagi yuqori mansablarga 
ularning vakillari tayinlangan. Masalan, sudya lavozimiga Syuybu urug‘i 
vakili tayinlangan. Boshqa urug‘lar asilzoda urug‘lar foydalangan 
imtiyozlardan mahrum etilgan bo‘lsalarda, biroq ular o‘zlarining ichki 
ishlari borasida mustaqil bo‘lganlar. Ularning o‘z hukmdorlari bo‘lib, 
ularning hokimiyati meros tariqasida o‘g‘illariga o‘tgan. 
Xunnlar davlatining markaziy boshqaruv devonida asosiy vazifalar 
shahzodalar, xizmatchi asilzodalar va urug‘ zodagonlari o‘rtasida 
taqsimlangan. 
Qadimgi davr davlatchiligi va huquq tarixini o‘rganishda diniy, 
tarixiy, huquqiy hujjatlarning ahamiyati beqiyosdir. 
Ahamoniylar davlatining turli mintaqalarida huquq tizimi va 
institutlari har xil bo‘lgan. Doro davrida yagona huquq tizimini tashkil 
qilish maqsadida qonunlar qabul qilinganligi haqida ma’lumotlar bor. 
Lekin bu qonunlar bizgacha yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan 
ma’lumotlarga ko‘ra, Ahamoniylar davlatida podshohning fikri, xulosasi, 
qarori hal qiluvchi rol o‘ynagan. Uning qarori qat’iy bo‘lib, o‘zgartirilishi 
mumkin bo‘lmagan. Lekin podshoh davlatni boshqarishda forslarning 
an’analarini hurmat qilish, yettita asilzodalar urug‘larining vakillari bilan 
maslahatlashib ish ko‘rishi lozim edi. 


 22
Doro I ayrim ishlarni shaxsan o‘zi ko‘rib hal qilgan alohida ishlarni 
ko‘rish uchun sudyalar tayinlagan. Oddiy jinoyatlar podshoh tomonidan 
tayinlanadigan sudyalar tomonidan ko‘rilgan. Sudyalik lavozimi meros 
tariqasida farzandga o‘tgan. Podshohga, uning oila a’zolariga qarshi 
qaratilgan jinoyatlar eng og‘ir jinoyatlar hisoblanib, o‘lim jazosi bilan 
jazolangan. Ko‘pchilik hollarda butun oila a’zolari o‘limga hukm 
qilingan. Boshqa jinoyatlar birinchi marta sodir etilganda o‘lim jazosi 
qo‘llanilmagan, faqat bir necha jinoyatlarni sodir qilganligi uchun o‘lim 
jazosi qo‘llanilgan. 
Qadimgi davr huquq manbalaridan biri «Avesto»dir. Miloddan 
avvalgi IX asrlarda mazdaparastlik va bu dinning muqaddas kitobi 
«Avesto» yuzaga keldi. Tadqiqotlarga ko‘ra, «Avesto» taxminan 
Miloddan avvalgi IX asrdan IV asrgacha tuzilgan. Bu nodir kitob shu 
zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, 
tarixiy merosdir. «Avesto» kitobi ayni zamonda bu o‘lkada buyuk davlat, 
buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi 
tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi. Manbalarda 
ko‘rsatilishicha, Avesto 21 kitob (nasx)dan, gatlar (eng qadimgi qismlar), 
yashtlar, urf-odat hamda marosimlar bayoni iborat. Uning matni o‘n ikki 
ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan. Bu nusxa to 
Iskandar zamonasiga qadar Istahr shahrida saqlangan. Iskandar bu yurtni 
bosib olgach, uni yo‘q qilib yuborgan. 
Avesto 348 bobdan iborat bo‘lgan, unda 345700 so‘z bo‘lgan. 
Avestoning Vendidot
1
kitobida huquqiy qoidalar o‘z aksini topgan. U 
qadimiy mug‘larning odat va an’analari, rasm-rusumlari, axloq-odob, 
madaniyat va maorifini, qonunlarini o‘z ichiga olgan.
Avestoda jinoyat, oila-nikoh, fuqarolik, harbiy, sud huquqi normalari 
mavjud. Vandidodda mehnat, yaratuvchilik, saxiylik, ezgulik, poklik, 
yaxshi niyat va yaxshi so‘z ulug‘lanadi. Uning 13, 14-boblarida suvning 
qadriga yetish, undan unumli foydalanish haqida, har kuni ekinni ikki 
marta sug‘orish mumkinligi, har kishi «bir belkurak» kenglikda va 
chuqurlikda ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash 
bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni ifloslantirmaslik, yerga ishlov berish, 
bug‘doy, giyoh va mevali daraxt ekish to‘g‘risidagi normalar bor. Bu 
normalarni buzganlik uchun majburiy mehnatga jalb qilish jazosi 
belgilangan. 
1
Izoh: «Viydayevaodatem» yoki «vaydaivodata» – «devlarni uzoqlashtiruvchi 
qonun» yoxud «Devlarga qarshi nizom (qonun)» degan ma’nolarni anglatadi. 


 23
Tozalikka rioya qilmaganlarga nisbatan qattiq jazo belgilangan. 
O‘lgan odamni yoki itni yerga ko‘mib 6 oygacha qazib olmasa besh yuz 
qamchin «aspahih-ashatra», besh yuz qamchi «saravushu-charana» bilan 
jazolangan. Agar bir yilgacha qazib olmasa, 2000 darra urish bilan 
jazolangan. Kim o‘likni yoqsa o‘lim jazosiga hukm qilingan. 
Oila-nikoh borasida oilani mustahkamlash va bola tarbiyasi bilan 
bog‘liq masalalarga alohida e’tibor berilgan. Er-xotinning bir-biriga 
xiyonat qilganligi, nikohsiz er-xotinlik munosabatida bo‘lganlik uchun 
tan jazosi belgilangan. 
Qadimgi davrlarda mansabdorlik jinoyatlari – mansabni suiiste’mol 
qilish, poraxo‘rlik, adolatsiz hukm chiqarish, xudolarga va kohinlarga 
qarshi, shaxsga qarshi (odam o‘ldirish, tan jarohati yetkazish, urish, zahar 
va nasha tayyorlash), mulkiy (o‘g‘irlik, mulklarni yoqib yuborish, chegara 
belgilarini yo‘q qilish) uchun ham jazo borligi haqida ma’lumotlar bor. 
Jinoyatchilarga nisbatan o‘lim jazosi, tan jazosi, mol-mulkni musodara 
qilish, pul jarimasi, qamoq jazosi qo‘llanilgan. Dalil sifatida sudda 
aybdorning o‘z aybini bo‘yniga olish, guvohlarning ko‘rsatmalari, qasam 
ichish kabilar tan olingan. Sud jarayonida olov, qizdirilgan temirni bosish, 
eritilgan qo‘rg‘oshinni ko‘krakka quyish kabi turli qiynoqlar qo‘llanilgan. 
Shunday qilib, Avesto va uning huquqiy qismi bo‘lgan Vandidod 
jamiyatni pok saqlash, ezgulikni ulug‘lash, yomon illatlarni bartaraf etish, 
xalqni farovon va yaxshi turmush kechirishini ta’minlashga xizmat 
qilgan. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling