O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Qadimgi Hindiston huquqining asosiy belgilari. Qadimgi Hindiston 
davlati va huquqi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari avvalo huquq 
manbalarida o‘z aksini topgan. Qadimgi Hindistonning huquq manbalari 
sifatida vedalarni, dxarmashastralar, artxashastralarni, Manu qonunlarini 
va podsholar ediktlarini ko‘rsatish kerak. 
Qadimgi Hindiston huquqi manbalari vedalar, dxarmashastra (diniy-
huquqiy, axloqiy yo‘l-yo‘riq)lar, artxashastralar (siyosat va huquq 
haqidagi asarlar) hisoblanadi. 
Artxashastra o‘ziga xos yozma yodgorlik bo‘lib, uni Iskandar 
Maqduniyning zamondoshi mashhur mansabdor shaxs jamlagan. Davlatni 


 51
idora qilish to‘g‘risidagi bu ajoyib asarda mamlakatning 
markazlashtirilgan va byurokratlashtirilgan davrining sharoitini aks 
ettiradigan bir qancha muhim maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar, farmoyishlar 
mavjud. 
Dxarmashastralar dastlab braxmanlar tomonidan shogirdlari uchun 
qo‘llanma sifatida tuzilgan. Keyinchalik u artxashastralardan ham muhim 
huquq manbaiga aylangan. Eng qadimgi dxarmashastralar bo‘lmish 
Gautama, Baudxayana, Apastamba va Vasishtxa «dxarmasutralar» 
(sutratizma) degan nom bilan yuritilgan. Ular taxminan miloddan avvalgi 
I ming yillikning ikkinchi yarmida va yangi era oralig‘ida paydo bo‘lgan. 
Ana shu dxarmashastra asosida miloddan avvalgi II asr va milodning II 
asrida vujudga kelgan Manu qonunlari
1
qadimgi hind qonunchiligida 
alohida o‘rin tutadi. U braxmanizm maktablaridan biri tomonidan tuzilgan 
bo‘lib, diniy kuch berish maqsadida afsonaviy podsho Manu nomi bilan 
atalgan. 
Manu qonunlari tuzilishiga ko‘ra 12 ta bob, 2685 ta moddadan iborat. 
Undagi me’yorlar 2 misrali she’riy shaklda yozilgan. U mazmuniga ko‘ra 
diniy, axloqiy va huquqiy me’yorlar yig‘indisidan iborat. Huquqiy 
me’yorlar ko‘proq IV, VII, VIII va X boblarda belgilangan. 
Huquq manbalari ichida odat huquqi ham muhim o‘rin tutgan. Hatto 
dxarmashastralarda urf-odatlarga ko‘plab havolalar uchraydi. 
Bundan tashqari, hind huquqi rivojlanishining turli bosqichlarida 
podsholarning ediktlari – amr-buyruqlari ham huquqning muhim 
manbaini tashkil etgan. Ularning sudlar uchun qonuniy-majburiy kuchi 
artxashastralarda mustahkamlangan. 
Qadimgi Hindiston huquq tizimi va institutlarini o‘rganish borasida 
Manu qonunlariga murojaat etish lozim bo‘ladi. 
Mazkur huquqda mulk, mulkka egalik qilish shakllari, mulkiy 
huquqning tugash hollari belgilab qo‘yilgan. Mulkning asosiy turi yer 
bo‘lib, harakatdagi mulklar ham himoya qilingan. Mulkka egalik qilishda 
ayollar, bolalar hamda qullarning huquqi cheklab qo‘yilgan. 
Fuqarolik huquqining majburiyatlarga oid munosabatlari Manu 
qonunlarida ancha batafsil ishlab chiqilgan. Qonunlarda asosan 
shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar haqida gapiriladi. 
1
Izoh: Bu qonunlarning paydo bo‘lish vaqti hali to‘liq aniqlanmagan. Ko‘pgina 
olimlar ularni miloddan avvalgi II asr va milodning II asri oralig‘ida paydo 
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Huquqshunos olim H. Muhamedov ushbu fikr haqiqatga 
yaqinligi ta’kidlaydi.


 52
Shartnomalarning qarz, oldi-sotdi, saqlab turish, ijara va boshqa turlari 
mavjud bo‘lgan. Shartnomalar uchun umumiy tamoyillar o‘rnatilgan. 
Shuningdek, shartnomalar yozma shaklda tuzilib, unda tuzilgan vaqti va 
joyi, tomonlarning turar joyi, urug‘ va kastaga mansubligi aniq 
ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan. Aks holda ular haqiqiy hisoblanmagan. 
Ularning bajarilishi tomonlar va davlat tomonidan tartibga solingan. 
Qonunlarda shartnomalarning amal qilish muddatlari va bajarilish 
vositalari ko‘rsatilgan. Oldi-sotdi shartnomalarini tuzishda guvohlar talab 
qilingan. Ayollarning, oilaning moddiy qaram a’zolarining huquqiy 
layoqati cheklab qo‘yilgan. 
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha zarar 
to‘la qoplangan va ustiga podsho foydasiga teng miqdorda jarima 
to‘langan. 
Nikoh-oila munosabatlari. Manu qonunlaridagi me’yorlar oilaviy 
munosabatlarni mustahkamlashga ham qaratilgan. Ota xotini va 
farzandlari ustidan to‘la hukmron bo‘lgan. Nikoh mulkiy bitim 
hisoblangan. Uning natijasida xotin sotib olingan va erning mulkiga 
aylangan. Erkaklar 24 yoshdan ayollar 8 yoshdan nikohga kirishi 
mumkinligi belgilangan. Ayollar mustaqil bo‘lishga layoqatli emas, deb 
qaralgan. Ayollar o‘z erlarini yomon bo‘lsa ham xudo deb hisoblashi 
qattiq talab qilingan. Er bir nechta xotin olishi va ajrashishi mumkin 
bo‘lgan. Ayollarga esa bu taqiqlangan. 
Meros barcha o‘g‘illar o‘rtasida teng taqsimlangan. Qizlar merosdan 
chetlashtirilgan, aka-ukalar o‘z ulushlaridan ¼ qismini ularga sep-sidirg‘a 
sifatida ajratishi lozim bo‘lgan. Vasiyat bo‘yicha me’yorlar belgilan-
magan. 
Qadimgi hind jinoyat huquqida ibtidoiy jamoa tuzumiga xos ordaliya, 
jamoaviy javobgarlik saqlangan. Talion prinsipi qo‘llanilmagan. 
Jinoyatlar subyektiv tomoni, ijtimoiy xavfliligi va takroriy sodir etilishiga 
qarab turlarga ajratilgan. Jinoyatlar orasida davlatga, shaxsga, mulkka va 
oilaga qarshi jinoyatlarga alohida e’tibor berilib, ularga og‘ir jazo 
tayinlangan. 
Huquq, din va axloqning chambarchas bog‘liqligi natijasida jinoyat 
va gunoh o‘rtasida aniq farq bo‘lmagan. Jazo tayinlashda ishtirokchilik va 
varnaga mansublik inobatga olingan. Zaruriy mudofaa holatida jinoyat 
sodir etilsa, oqibatidan qat’i nazar javobgarlik belgilanmagan. Yuqori 
varnaga mansub kishi aybdor bo‘lsa, odatda, jarima jazosi tayinlangan. 
Davlatga qarshi jinoyatlarga – o‘z mamlakatini yoki qishlog‘ini 
qattiq ovoz chiqarib so‘kkanlik uchun eng yuqori jarima belgilangan. 


 53
Manu qonunlari shaxsga qarshi har qanday zo‘rlikni qoralagan. Quyi 
varnadagi shaxs yuqori varna vakilining sog‘lig‘iga ziyon yetkazsa, shu 
a’zosi kastratsiya qilingan. O‘lim kelib chiqsa, u ham qatl etilgan. 
Manu qonunlarida mulkiy jinoyatlarga katta o‘rin ajratilgan. Unda 
o‘g‘rilikka alohida e’tibor berilgan. Mulkni yashirincha egallash, oshkora 
(talonchilik) va zo‘rlik yo‘li bilan egallash (bosqinchilik)dan aniq 
ajratilgan. O‘g‘rilikni ko‘rib bu haqda xabar bermagan shaxs ham 
javobgarlikka tortilgan. 
Qonunlarga binoan jazolarning xilma-xil turlari qo‘llanilgan. Ularga 
oddiy va murakkab turdagi o‘lim jazosi, barmoqlarni, oyoqlarni, jinsiy va 
tanadagi boshqa a’zolarni kesish kabi tan jazosi turlari qo‘llanilgan. 
Ulardan tashqari jarima, haydab yuborish, qamoq kabi jazolar 
belgilangan. Mamlakatdan, kastadan, oiladan haydab yuborish kabi 
jazolar hamda sharmanda qiluvchi jazolardan – tamg‘a bosish, sochini 
olib tashlash singari jazolar ham amal qilgan. 
Huquq manbalarida sud ishlarini yuritish haqida batafsil bayon 
etilgan. Fuqarolik va jinoyat ishlari bir xil tartibda yuritilgan. Sud 
ma’muriyatdan ajratilmagan. Sud ishlari tomonlarning arizasi asosida 
qo‘zg‘atilgan. Manu qonunlarida da’volarning 18 ta turi ko‘rsatilgan. 
Tergov sud majlisidagina amalga oshirilgan. Protsessual huquqda alohida 
hollarda, tomonlarning roziligi bilan muhim dalillar bo‘lmaganda va 
guvohlar bo‘lmasa, ordaliyadan foydalanilgan. Uning 5 ta sinash usuli 
tarozi, olov, suv, zahar va qasam ichish bilan amalga oshirilgan. 
Sudda ashyoviy dalillarga ham e’tibor berilgan. Adolatli podsho 
o‘g‘rilangan narsani topmay turib o‘g‘rini qatl etmasligi Manu 
qonunlarining IX bobi 270-moddasida ta’kidlangan. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling