O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
-§.Qadimgi Yunoniston va Rim huquqining
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
4-§.Qadimgi Yunoniston va Rim huquqining
rivojlanish xususiyatlari Afina va Spartada huquqning asosiy belgilari. Afina va Spartaning huquq tizimi o‘xshash bo‘lib, ularda huquqning qadimgi manbai odat hisoblangan. Ayniqsa, Spartada yozilmagan odat huquqi muhim o‘rin tutgan. Spartada yozma qonunchilikning shakllanishi ilotlar va spartaliklarning huquqiy holatini mustahkamlash bilan bog‘liq holda shakllandi. Bu afsonaviy qonun ijodkori Likurg nomi bilan bog‘liq. Uning qonunchiligi «Retra» deb atalgan hujjatlarda keltirilgan. O‘sha davrning tarixchisi Ksenofont ma’lumotlariga qaraganda, Likurg spartaliklarning savdo bilan shug‘ullanishlarini taqiqlash to‘g‘risida qonunlar chiqargan. Afinada miloddan avvalgi 611-yilda arxont Drakont davrida birinchi yozma qonunchilik tarkib topgan. Ular bizgacha yetib kelmagan, u o‘zining qattiq jazo tizimi bilan mashhur bo‘lgan. Miloddan avvalgi VI asrda Solon davrida ham ko‘plab qonunlar qabul qilingan. U o‘z qonunlarini 16 yog‘och taxtaga yozib qo‘ydirgan. Ammo bu ham bizgacha yetib kelmagan. Miloddan avvalgi V–IV asrlarda qonunchilik faoliyati kengayib, xalq majlisining umumiy ahamiyatga ega qarorlari qonun kuchiga ega bo‘lgan. Spartada uzoq vaqtlargacha jamoa yer egaligi saqlangan. Miloddan avvalgi IV asrning birinchi yarmida uy va yer bilan bog‘liq hadya, vasiyatga oid shaxsiy mulk huquqlari joriy etilgan. Afinada esa xususiy mulkchilik rivojlangan. Ular turli da’volar bilan himoya qilingan. Lekin, mulk huquqi shakllanmagan. Fuqarolik huquqi yerga, qulga, ish hayvonlariga nisbatan xususiy mulkchilikning rivojlanganligi bilan 79 xarakterlanadi. Shuningdek, davlat mulkchiligi ham mavjud bo‘lib, uning obyekti turli ashyolar bo‘lgan. Spartada majburiyat huquqi uncha rivojlanmagan, Afinada esa majburiyatlar keng tarqalgan. Ularning shartnomalardan va deliktlar (beruxsat harakat natijasida zarar yetkazish)dan kelib chiqadigan turlari ajratib ko‘rsatilgan. Jumladan, zakalat, garov, kafillik, oldi-sotdi, ijara, ssuda, shaxsiy ijara, pudrat, qarz, omonat, sherikchilik, topshiriq, vositachilik kabi shartnomalar amal qilgan. Ko‘chmas mulklar yozma shartnoma predmeti bo‘lishi mumkin edi. Afinada nikohga kirish majburiy, ajralish erkaklar uchun erkin bo‘lgan. Bir nikohlik oila amalda bo‘lgan. Afinada nikoh tuzishning ikki shakli ajratilgan: kuyovning kelin otasi yoki homiysi bilan tuzadigan oddiy shartnomasi va mansabdor shaxslar yoki sud oldida nikoh tuzish. Ikkinchi turi merosxo‘rlar yoki olib saqlangan farzandlarga nisbatan amal qilgan. Ota oilada juda katta hokimiyatga ega bo‘lgan. Bolalar ota-onasini hurmat qilish, ularni qariganda boqishga majbur bo‘lgan. Spartada ayollar jamiyat va oilada katta mavqega ega bo‘lishgan. Nikoh asosan juft (monogomiya) shaklida bo‘lgan. Lekin, guruhiy oila qoldiqlari ham saqlangan. Masalan, aka-ukalar bitta xotinga ega bo‘lishgan. Afinada meros qonuniy va vasiyat bo‘yicha qoldirilishi mumkin bo‘lgan. O‘g‘illar bo‘lsa qizlar merosxo‘r bo‘la olmagan. Meros o‘g‘illar o‘rtasida teng taqsimlangan. Agar merosxo‘rlar bo‘lmasa avval ota tomon qarindoshlar, so‘ngra ona tomon qarindoshlar merosga taklif etilgan. Solon davridan boshlab vasiyat bo‘yicha meros paydo bo‘lgan. Buning uchun o‘g‘li bo‘lmagan vasiyat qoldiruvchi sog‘lom bo‘lishi va mustaqil hal etishi shart bo‘lgan. Afina huquqida jinoyat va jazo ibtidoiy jamoa tuzumining ko‘pgina qoldiqlarini saqlab qolgan. Jinoyat faqat jabrlanuvchini qiziqtirgan. Ayblov jabrlanuvchi tomonidan qo‘zg‘atilgan va qo‘llangan. Aybdor jarima to‘lagan yoki jazolangan. Jinoyatlar xususiy da’vo tartibida ko‘rilgan. Jinoyat huquqida faqat davlatga qarshi, dinga qarshi, oilaga qarshi, shaxsga va mulkka qarshi jinoyatlar turlari uchun javobgarliklar o‘rnatilgan. Jazolarning o‘lim, mol-mulkni musodara etib mamlakatdan haydash, tan jazolari, sharmanda qilish, siyosiy huquqlardan mahrum qilish va boshqa turlari amal qilgan. Jinoyat jamoat joyida sodir etilsa aybdor aniq jazolangan, kechasi sodir etilsa o‘ldirilgan. Ehtiyot chorasi sifatida ozodlikdan mahrum etish chorasi qo‘llanilgan. Spartada ham shu turdagi jinoyatlar va jazolar tizimi mavjud bo‘lgan. 80 Afinada sud ishlarini faqat to‘la huquqli fuqarolar tashabbusi bilan boshlangan. Ba’zi kishilar maxsus xabar beruvchilar – sikofontlar vazifasini o‘taganlar va ayblovni qo‘llaganlar. Alohida sud organlari – maxsus mansabdor shaxslar faoliyat ko‘rsatgan. Sud jarayoni muayyan tartibga bo‘ysungan. Sud majlisi sudyalarning yashirin ovoz berish yo‘li orqali chiqarilgan qarorlari bilan tugagan. Sud qarorlari va hukmlari ustidan gelieyaga apellatsiya tartibida shikoyat qilish mumkin edi. Gelieyaga, hatto xalq yig‘inida ko‘rilgan sud ishlari yuzasidan chiqarilgan qarorlar ustidan ham apelyatsion shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan. Gelieyaning qarori qat’iy bo‘lib, shikoyatga o‘rin bo‘lmagan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling