O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ARAB XALIFALIGINING DAVLATI VA HUQUQI
Eng qadimgi davrda Rim huquqi. Miloddan avvalgi III asrning
o‘rtalariga qadar kvirit – tub aholi uchun fuqarolik huquqi tanho hukmron huquqiy tizim bo‘lib kelgan. Shu davrlardayoq mansipatsiya – ashyolarga bo‘lgan huquq ashyolar turlariga ko‘ra ajralib turgan. Servitut – odatlar yoki qonunda mustahkamlangan va qattiq cheklab qo‘yilgan begona ashyolardan foydalanish huquqi shakllangan. Shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar amal qilgan. Shuningdek, delikt (xususiy va ommaviy – davlat foydasiga) – huquqbuzarlik natijasida kelib chiqadigan majburiyatlar ham mavjud bo‘lgan. XII jadval qonunlariga asosan qadimgi rim huquqi patriarxal oilani mustahkamlaydi. Oilada erning xotin va bolalari ustidan to‘la va kuchli hokimiyati o‘rnatilgan. Nikoh yoshi ayollar uchun 12 yosh bo‘lgan, erkaklar uchun ko‘rik-tekshiruv yo‘li bilan o‘rnatilgan. Turli toifadagi shaxslarning nikohga kirishi taqiqlangan. Nikoh turli shakllarda tuzilishi mumkin bo‘lgan. Jumladan, bir yil birga yashash bilan yoki diniy marosimlar yo‘li bilan soxta sotib olish ko‘rinishida tuzilgan. Yosh bolalar va erga chiqmagan ayollar ustidan homiylik, aqldan ozganlar va isrofgarlar ustidan vasiylik o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan. Meros huquqida umumiy qoidaga ko‘ra meros o‘lgan kishining bolalari yoki nabiralari yoxud yaqin tug‘ishgan agnatlarga o‘tgan. Vasiyat bo‘yicha meros qoldirish ham juda erta shakllangan. Legasaksion (harakat, imo-ishora va so‘zlar) jarayon. Ko‘p sud ishlari xususiy (fuqarolik) tartibida ko‘rilgan. Eng qadimgi davrdan boshlab sud tizimi va jarayonini tashkil etishning ikkita bosqichi amalda bo‘lgan. Birinchi bosqichda ish magistratlar tomonidan ko‘rilgan. Unda tomonlar kelishsa ish tugagan. Ikkinchi bosqich esa tomonlar o‘rnatilgan tartibga rioya qilsa, pretor tomonidan tayinlangan sudya yoki sudyalar hay’ati tomonidan olib borilgan. Sudlarning qarori qat’iy bo‘lgan va shikoyatga yo‘l qo‘yilmagan. Jinoyat ishlarida ish yurituvchi magistrat vahshiyona tartibdan foydalangan. Butun protsess davomida u ayblovni qo‘llab, so‘roq qilgan. Agar konsul o‘lim jazosi haqida hukm chiqarsa, buni xalq majlisi ma’qullagandan so‘nggina ijro etish mumkin edi. Klassik va postklassik davrlarda rim huquqi. Klassik davrda xalqlar huquqi va xususiy huquqqa bo‘linish ishlab chiqilgan. Xalqlar huquqi 83 hokimiyat, bo‘ysunish xarakterida, xususiy huquq rasman tenglik xarakterida bo‘lgan. Mulkiy munosabatlarni tartibga solish rim xususiy huquqida markaziy o‘rin egallaydi. Ashyolar xarakteriga ko‘ra turlarga ajratilgan. Bu davrda mulk huquqiga ega bo‘lish usullariga katta e’tibor berilgan. Xalqlar huquqi va xususiy huquqda ham uning turlari batafsil ishlab chiqilgan. Xususiy mulkni himoya qilinishi uchun mulkdan foydalanishga to‘sqinlik uchun progibator, begona mulkka asossiz qilingan da’voga qarshi negator da’volardan ham foydalanilgan. Xususiy mulk egasi vindikatsion da’vo natijasida o‘z mulkini isbotlasa, u egasiga qaytarilgan. Mulkdan foydalanish, unga egalik qilish va uni oddiy ushlab turish bir- biridan farqlangan. Klassik davrda garov huquqi ham keng rivojlangan. Qarz summasidan qat’i nazar u qaytarilmasa, garovdagi ashyo umrbod kreditorda qolgan. Imperatorlik davrida yunon huquqining ta’siri ostida impoteka degan garov shakli ham rivojlangan. Bunda garov qo‘yilgan ashyo (odatda yer) qarzdorning o‘zida qolgan, kreditor esa ashyo huquqiga – qarzdor tomonidan garovga qo‘yilgan yerning sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik va majburiyatlar bajarilmagan holda talab qilib olish huquqiga ega bo‘lgan. Majburiyat huquqi instituti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan klassik davrda ancha taraqqiy etgan. Ayniqsa, shartnoma (kontrakt) va bitim (pakt)lar ancha batafsil va aniq ishlab chiqilgan. Shartnomalar verbal (og‘zaki), literal (yozma), real (ashyo zarur) va konsensual (bitim) kabi guruhlarga ajratilgan. Klassik davrda er hokimiyatisiz nikohning yangi shakli keng tarqala boshlangan. Ayol ko‘pgina huquqlarga (qarindoshlari bilan aloqa qilish va h.k.), mulkiy mustaqillikka va bolalariga nisbatan ba’zi huquqlarga ega bo‘lgan. Oilaviy munosabatlar kuchsizlangan. Postklassik davrda ayollarning muomala layoqati amalda erkaklarning muomala layoqati bilan tenglashtirilgan. Oilada kuchli ota hokimiyatining yumshatilishi meros huquqida ham ba’zi o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Merosxo‘rlar doirasi kengayib, ular qatoriga xotinining qarindoshlari ham kirgan. Fuqarolik jarayoni shakllaridagi o‘zgarishlar natijasida fuqarolik ishlari endi boshidan oxirigacha bitta magistrat tomonidan ko‘riladigan bo‘lgan. Fuqarolik ishlarini ko‘rish uchun boj olish tartibi joriy etilgan. Tomonlarning bayonotlari sud qaydnomalariga yozib borilgan, bu yozma sud ishlarini yuritishga asos solgan. Magistrat chiqargan sud qarori ustidan apellatsiya bosqichi joriy etilgan. Biroq oliy apellatsiyaga bergan shaxslar ishda ikkinchi marta ham yutqazsa, juda katta jarima to‘lagan. 84 Bu davrda rim jinoyat huquqi butun imperiya hududi va aholiga taalluqli bo‘lgan. Xususiy delikt (huquqbuzarlik) ham jinoiy jazolana- digan bo‘lgan. Bu davrda juda ko‘p yangi jinoyatlar paydo bo‘lgan. Jumladan, davlat asoslariga xavfli tajovuz sifatida ko‘riladigan jinoyatlar. Doimiy armiya o‘sishi bilan harbiy jinoyatlar ham o‘sgan. Imperiya davrida tan jarohati yetkazish jinoyatlari uchun javobgarning ijtimoiy mavqeiga qarab javobgarlik belgilangan. Oila va axloq sohasiga taalluqli jinoyatlar doirasi ham kengaygan. Shuningdek, jazolarning turlari ham birdaniga o‘sgan, jazoni qo‘llashning yangi usullari amal qilgan. Agar jazo dastlabki vaqtlarda yetkazilgan zararni undirish tamoyili asosiga qurilgan bo‘lsa, dominat davrida esa u borgan sari ko‘proq qo‘rqitish maqsadini ko‘zlagan. Bu davrda sudyalar sud tizimi va jarayonining qayta tuzilishi munosabati bilan katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Sudda jinoyat ishlari yopiq holda ko‘rib chiqilgan. Jinoyat jarayoni shafqatsiz xarakter kasb etgan. Sudya ham ayblov ham sudlov funk- siyasini amalga oshirgan. ayblanuvchi huquq yordam huquqidan mahrum etilgan. Respublika davridagi mavjud kafolatlar ham yo‘qotilgan. Uchta instansiyaga yo‘l qo‘yilmagan. Klassik davrning Rim jinoyat huquqida yuridik texnika sohasida ba’zi ilg‘or natijalar ko‘zga tashlanadi. Masalan, ayb, ishtirokchilik, suiqasd va boshqa tushunchalar ishlab chiqilgan. Ular keyinchalik G‘arbiy Yevropaning o‘rta asrlardagi jinoyat huquqi rivojlanishiga ma’lum ta’sir o‘tkazgan. Xulosa sifatida aytish mumkinki, antik dunyo davlatlarining monarxik xususiyatlari, ularda yirik davlat-ehrom xo‘jaligining hamda jamoa yerlarining mavjudligi ularning tipik Sharq monarxiya davlatlariga o‘xshashligidan dalolat beradi. Yunonistonning tabiiy sharoitlari bu yerda davlat hokimiyatining tashkil etilishiga boshqa jihatdan ham ta’sir etgan. Polis tuzumi faqat Yunonistongagina emas, balki butun antik dunyoga xos bo‘lgan davlatchilikning muhim va o‘ziga xos belgisi hisoblanadi. O‘z navbatida huquq ham alohida polislar doirasida taraqqiy etgan va alohida shahar-davlatlar demokratik institutlar taraqqiyot darajasi huquqda ham o‘z aksini topgan. Darhaqiqat, rim huquqi antik dunyoda klassik quldorlik tuzumi eng avjiga chiqqan bir sharoitda vujudga kelgan. Barcha qadimgi sharq mamlakatlarida jinoiy jazo aybdorning ijtimoiy mavqeiga qarab turlicha qo‘llanilgan. Dastlabki davrlarda hatto Rimda ham jinoyat huquqi hukmron tabaqalar manfaatiga xizmat qilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling