O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Saljuqiylar davlatining ijtimoiy tuzumi asosan ruhoniylar, chorva-
dorlar, hunarmandlar, harbiy xizmatchilar, shuningdek dehqon (jamoachi, 
sulton mulkida ishlovchi – barzigor, ijarachi dehqon)lar, savdogarlar va 
davlat xizmatchilaridan iborat bo‘lgan. Suvga egalik huquqi qattiq 
tartibga solingan bo‘lib, o‘tkazilishi taqiqlangan va faqatgina vorislik 
asosida o‘tishi mumkin bo‘lgan. Yerga egalikning muqto va iqta shakllari 
ham amal qilgan. 
Saljuqiylar kuchli markazlashgan davlat tuzganlar. Oliy hokimiyat 
egasi sulton hisoblangan. Sulton mutlaq hokimiyatga ega bo‘lib, 
lavozimni xalifaning yorlig‘i asosida egallagan. U muhim davlat ishlarini 
hal etishda kengash chaqirgan. Fuqaroviy va harbiy mansabdorlarni 
tayinlagan. Farmon (tauke) chiqarish orqali viloyatlarni shartsiz asosda 
yirik harbiylar va amaldorlarga berish vakolatiga ega bo‘lgan. Muayyan 
vaqtlarda shaxsan fuqarolarni qabul qilib, nizo va janjallarni hal etgan. 
Mansabdor shaxslar ichida ulug‘i vazir bo‘lib, u butun ma’muriy 
idoraga rahbarlik qilgan. Vazirga Nizom al-mulk (davlatning tartibot-
chisi), iliq (bayg‘u, sag‘un), ota xo‘ja kabi faxriy unvonlar berilishi 
mumkin bo‘lgan. Vazir huzurida markaziy hokimiyatning oliy organi – 
devoni a’lo mavjud bo‘lgan. U o‘z navbatida barcha devonlar ishiga 
bevosita rahbarlik qilgan. Xazina ustidan nazorat olib borgan. O‘ziga 
bo‘ysungan mahkamalarga mansabdorlarni tayinlash, ishdan bo‘shatish, 
maosh berish, tashqi siyosatni olib borish bilan shug‘ullangan. O‘z 
noibiga ega bo‘lib, u yo‘qligida noibi sulton vaziri hisoblangan. 
Saljuqiylarda otabek mansabi ham joriy etilgan bo‘lib, u bosib 
olingan mamlakatlardagi vazirlik mansabiga deyarli to‘g‘ri keladi. 
Odatda, yosh sulola vakili ustidan umumiy boshqaruv yuzasidan otabek 
(vazir) tayinlangan. Keyingi davrlarda Saljuqiylar davlatining parchalanib 
ketgan bo‘laklari otabeklik deb yuritilgan. 


 107
Markaziy hokimiyat organlari devonlar shaklida tuzilgan. Markaziy 
hokimiyatning oliy organi – devoni a’la bo‘lib, vazir tomonidan 
boshqarilgan. U bo‘lim va devonlardan iborat edi. Unga davlat 
mirzaxonasi devoni (insho, tug‘ro), moliya devoni (divani istifayi), oliy 
nazorat va hisob organi (devoni ashraf), harbiy devon (divani arz al-
jayni), davlat yerlari devoni (devoni amloki xos), vaqf devoni (devoni 
avqofi mamolik) va boshqa devonlar kirgan.
Davlat devonxonasi Saljuqiylar imperiyasidan oldin devoni rasoil, 
devoni insho deb yuritilgan. Saljuqiylar uni to‘liq isloh qilib, devoni 
tug‘ro deb ataydi. Tug‘ro – Saljuqiy hukmdorining emblemasi bo‘lib, u 
bilan hujjatlar tasdiqlangan. Uning asosiy vazifasi davlat hujjatlarini 
yuritishdan iborat bo‘lgan.
Sulton devonxonasida bosh munshi lavozimi muhim o‘rin tutgan. U 
«tug‘roi» yoki «munshiyi mamalik» deb atalgan. Uning nomzodini vazir 
kiritgan, lekin hukmdor tomonidan tasdiqlangan. Bosh munshi bir vaqtda 
vazirning noibi hisoblangan. U bevosita hukmdorga bo‘ysungan. Munshii 
mamalik ko‘p hollarda diplomatik topshiriqlarni ham bajargan. Mamlakat 
ichki va tashqi holati, hamda qo‘shni davlatlarning holatlari bilan tanish 
bo‘lgan. Favqulodda hollarda devon boshlig‘i maxsus vakolatlarga ega 
bo‘lib, sulton nomidan ish yuritgan. Munshi (xirfat, sinoat) lavozimi 
ko‘pchilik hollarda meros tariqasida qoldirilgan.
Devoni istifa (devoni istifayi mamluk) devoni a’la qoshidagi 
davlatning bosh moliya devoni edi. Mustaufi al-mamluk ushbu devonga 
rahbarlik qilgan. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, mustuafi vazirdan 
keyin ikkinchi o‘rinda turadigan mansabdor shaxs hisoblangan. Unga 
davlatning moliya ishlari bo‘yicha amaldorlari, shu jumladan ushbu 
idoraning moliyaviy faoliyati uchun javob beradigan devoni xos 
xizmatchilari ham bo‘ysunganlar. Mustaufi boshqa yirik amaldorlar kabi 
o‘ziga noib tayinlagan. Devonda kotiblar (muharriran), hisobchilar 
(muhtasiban) va boshqa xizmatchilar bo‘lgan. Devoni mustaufining 
boshlig‘i barcha shahar va viloyatlarga o‘zining vakillari (nuvvablari) va 
xizmatchilarni yuborgan. Ular mahalliy xazinalarga rahbarlik qilganlar.
Saljuqiylar davlatida devoni ishraf bosh nazorat – kuzatuv organi 
vazifasini bajargan. Uning asosiy vazifasi davlat xazinasiga kelib tushgan 
mablag‘lar ustidan nazorat olib borish hisoblangan. Ushbu devonning 
joylardagi vakillari soliq to‘lovlarning aniq va o‘z vaqtida mahalliy 
muassasalarga kelib tushishi ustidan nazorat olib borganlar.
Devoni arz qo‘shinga umumiy rahbarlik qilgan, qo‘shin hisobini 
yuritgan va uning to‘ldirilishi ustidan nazorat olib borgan. Uning moddiy 


 108
ta’minoti uchun javob bergan. Devon boshlig‘i sohibi divani arz deb 
yuritilgan. O‘lkalarda uning vakillari ariz deb atalgan.
Mahalliy boshqaruv tizimida viloyatlarga voliylar tayinlangan. Vali 
lavozimi meros tariqasida ham qoldirilishi mumkin edi. Viloyatga valilari 
sifatida shahzodalar, turk amirlari va yirik harbiy qo‘mondonlar 
tayinlangan. Taxt vorisi hisoblangan shahzoda esa eng yirik va muhim 
viloyatlarga vali qilib tayinlangan. Voliylar huzurida uning noiblari, soliq 
yig‘uvchilari, jamoat tartibini qo‘riqlovchi shihne va boshqa 
mansabdorlar mavjud bo‘lgan. 
Valilar viloyatlardagi barcha fuqaro va harbiylarni, qal’alarni bosh-
qargan. Viloyat aholisining tinchligini ta’minlash bilan shug‘ullangan, 
sud ishlarini olib borgan. Taxt vorisi bo‘lgan vakilning qarorlari bosh 
hukmdorlarning qaroriga teng bo‘lgan.
Markaziy hokimiyatning shahardagi vakili rais bo‘lgan. U markaziy 
devon tomonidan tayinlangan va muayyan majburiyatlarni bajargan. 
Shahar raislari validan keyin muhim lavozim bo‘lib, sultonga bo‘ysungan. 
Rais o‘z devonxonasi (divani riyasat)ga ega bo‘lgan. Shahar boshqaruvi 
va tartibotini amalga oshirgan.
Saljuqiylar davrida shixne tartib va xavfsizlik qo‘riqchilari 
hisoblangan. Ular sulton farmoni bilan shahar, o‘lka va viloyatlarga 
tayinlangan. Shahne lavozimi meros tariqasida o‘tishi mumkin bo‘lgan. 
Ular qonunbuzarlarni jazolash vakolatiga ega bo‘lgan. Shixne o‘zining 
boshqarmasi va amaldorlariga ega bo‘lgan. Uning ixtiyoriga harbiy 
qismlar ham berilgan. U ham o‘troq aholi orasida ham ko‘chmanchi aholi 
orasida tayinlangan.
Davlatda bosh dunyoviy qozi – oliy hukmdor hisoblangan. U vaqti 
bilan divani mazalimda kengash olib borgan yoki sud ishini olib borishni 
vazirga topshirgan. Qozilar faoliyati ustidan bosh qozi – qozi ul-quzzot 
rahbarlik qilgan. Viloyatlarda bosh qozi – voliylar hisoblangan. Joylarda 
jinoyat va fuqarolik ishlarini qozi ko‘rib chiqqan. U shariat qoidalariga 
asoslanib ish yuritgan, qo‘shimcha tarzda notarial vazifalarni ham 
bajargan. Harbiy qozi harbiylar orasida vujudga keladigan nizolarni hal 
etgan. Qozilar va ularning noiblari vaqf devoniga tegishli mulklarni 
nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lgan.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling