O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Xorazmshohlar davlatining


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy tuzumi haqida ma’lumot 
beruvchi xatlar va yorliqlar tarixchilarning asarlari orqali bizgacha yetib 
kelgan. Ijtimoiy tuzumda ruhoniylar, harbiy va fuqarolik boshqaruvidagi 
amaldorlar, hunarmandlar va dehqonlarga alohida e’tibor berilgan. 
Hunarmandlar va dehqonlarning jamiyatdagi o‘rniga yuksak baho 
berilgan.


 109
Xorazmshohlar davlati siyosiy tuzumiga ko‘ra, G‘aznaviylar va 
Saljuqiylar davlatlarida bo‘lgan mansablarning deyarli barchasi 
saqlangan, bo‘lib ularning nomlari arab tilida yuritilgan. Davlat feodal 
davlat bo‘lib, davlat boshlig‘i shoh deb atalgan. Shoh hokimiyati 
cheklanmagan bo‘lib, keyingi davrlarda kelib uning mavqei zaiflashadi. U 
o‘zining shaxsiy qo‘riqchilari – xarosga ega bo‘lgan. Oliy hukmdorning 
shaxsiy gvardiyasi bo‘lib, uning soni o‘n mingdan ortiq edi. U birinchi 
bor Xorazmshoh Takash davrida tuzilgan. Asosan mamlyuklar (urush 
vaqtida asir tushgan harbiylar)dan iborat bo‘lgan. 
Mamlakat boshqaruvida markazlashgan davlat boshqaruv mansab va 
idoralari tizimi tashkil etilgan. Davlat boshqaruvi dargoh va devonlar 
tizimi orqali olib borilgan. Oliy boshqaruvda dargoh mahkamasi katta 
vakolatlarga ega bo‘lib, sulton tomonidan idora etilgan. Markaziy davlat 
boshqaruvi (devonlar boshqaruvi) «Al – majlis ul oliy al fahri at – toji» 
deb nomlangan bo‘lib, unga vazir raislik qilgan. 
Vazirlik lavozimi Sulton Otsiz davrida ta’sis qilingan. U davlat 
boshlig‘ining birinchi maslahatchisi hisoblangan. Vazir lavozimiga 
tayinlanuvchiga aniq mezonlar o‘rnatilgan. Xorazmshohlarning vazirlari 
odatda fors va arab xizmatchi amaldorlaridan, arab va fors tillarini 
mukammal bilgan, bilimli, dono, tadbirkor shaxslardan tanlab qo‘yilgan. 
Vazir hukmdorning yaqin kishilaridan bo‘lib, bevosita unga bo‘ysungan 
va uning topshiriqlarini so‘zsiz bajargan. Qabul marosimlarida vazir 
Xorazmshohning o‘ng tomonida o‘tirgan. Vazir sadr, dastur, xo‘jai 
buzrug kabi unvonlar bilan atalgan. Nizom al-mulk unvonini olgan vazir 
nihoyatda obro‘li hisoblanib, shahzodalar oldida ham o‘rnidan turmagan. 
U tashqi va ichki siyosatni, qo‘shinni va yurishlarni boshqargan. U barcha 
mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan chetlatish, ular faoliyatini 
nazorat qilish vakolatiga ega edi. Davlatning barcha amaldorlari, mahalliy 
boshqaruv beklari va harbiy qo‘mondonlar ham vazirga bo‘ysungan. 
Amaldorlarga nafaqa va turli to‘lovlar belgilagan, xazina ustidan nazorat 
olib borgan. Hukmdorni xalqaro aloqalar, rasmiy marosimlarda rasmiy 
ravishda tanishtirish, uning nomidan ish tutish, mahalliy vazirlar 
hisobotini olib turish; hukmdorga muntazam hamrohlik, zarur paytlarda 
qo‘shin yuborish va unga boshchilik qilish kabi vazifalarni bajargan.
Bundan tashqari, xos jihatlardan biri shuki, viloyatlar, o‘lkalar va 
shaharlarga vazirlar tayinlangan. Masalan, Sayfiddin al-Akra sultonning 
O‘trordagi vaziri qilib tayinlangan. Sulton Jaloliddin davriga kelib, 
shaharlarni ham vazirlar boshqargan. Ular o‘lkada adolat o‘rnatish, soliq 
undirish ustidan nazorat etish kabilarni bajargan. 


 110
Mo‘g‘ullar bosqiniga yaqin vaqtda Muhammad Xorazmshoh vazir 
xizmatidan voz kechib, nazorat uchun mo‘ljallangan masalalarni olti nafar 
vakildorga topshirgan. Ular kengashi biror masala bo‘yicha bir qarorga 
kelsa va shoh buni ma’qullasa, u kuchga kirgan. 
Davlatda muhim lavozimlardan biri hojiblik va ulug‘ hojib 
mansablari bo‘lgan. Bosh (buyuk) hojib hukmdorning yaqin va ishonchli 
kishilaridan hisoblanib, shohning muhim topshiriqlarini bajargan. 
Mamlakatlarning ishlari va hukmdorning o‘ziga taalluqli ishlar bo‘yicha 
ma’lumotlar yetkazib turgan. Unga saroyda o‘tkaziladigan turli 
marosimlarni nazorat qilish, vazirlar faoliyatini taftish qilish, maxsus 
muzokaralar olib borish, viloyatlardan biriga noiblik qilish va hokazo 
vazifalar topshirilgan. Hojiblar odatda turkiy qavm vakillaridan 
tayinlangan. Alouddin Muhammad Xorazmshohning bir qancha hojiblari 
bo‘lib, ular hukmdorning turli muhim topshiriqlarini bajarish bilan bir 
qatorda uni hamma joyda kuzatib yurganlar. 
Ustozdor deb ataluvchi mansabdor shaxs saroy xo‘jaligini 
boshqargan va saroy hujjatlarini yuritgan. Oshxonalar, novvoyxonalar, 
turli ichimliklar saqlanadigan omborxonalar, seysxonalar (otlar turadigan 
xona) uning ixtiyorida bo‘lgan. Undan tashqari saroyda yashovchi shoh 
oilasi a’zolarini ta’minlash vazifasi ham ustozdor zimmasiga yuklatilgan. 
Xorazmshohlar xazinasiga tushadigan daromadlarning bir qismi ustozdor 
ixtiyoriga berilib, oshxona, novvoyxona, seysxona, saroyda yashovchi 
hukmdor va amaldorlar oila a’zolari xarajatlari uchun sarflangan. 
Tarqatilgan pul, qimmatbaho buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari uchun 
vazir va uning muovinlari tomonidan muhr bosilgan tilxat olingan. 
Qissador saroy xizmatchisi bo‘lib, sulton nomiga tushgan 
iltimosnoma va shikoyatlarni jamlab, ularni hukmdorga topshirgan va 
javobini manfaatdor kishilarga yetkazgan. 
Bundan tashqari, saroyda turli vakolatlarni amalga oshiruvchi 
lavozimlar ham joriy etilgan. Bular: Davatdor – sultonning shaxsiy kotibi; 
Amir axir-seys – ot boqar yoki seysxona boshlig‘i; Alamdor (amir-alam) 
hukmdorning bayroqdori; Amiri shikor  sulton shikorining boshlig‘i, 
ovga chiqish ishlarini tashkil qiluvchi; Tashtdor – sulton va uning oila 
a’zolarini yuvintirish, cho‘miltirish ishlarini tashkil qilish bilan 
shug‘ullangan. Unga hukmdorning o‘ta nozik ishlari ishonib topshirilgan. 
Ular hukmdorning hurmatida bo‘lib, Malik unvoniga ham sazovor
bo‘lganlar. Undan tashqari sultonning shaxsiy elchisi vazifalarini ham 
bajarganlar. Ayrim tashtdorlar hatto o‘n ming askarga boshchilik qilib
harbiy yurishlarda ham qatnashganlar; Sharobdor  turli ichimliklar 
saqlanadigan omborxona boshlig‘i; Jashnigir – sulton va uning oila 


 111
a’zolariga beriladigan taomlar va ichimliklarni tatib tekshirib ko‘ruvchi. 
U taom va ichimliklarning zaharlanmaganligi va buzilmaganligiga 
ishonch hosil qilgandan keyin ularni iste’mol qilishga ruxsat bergan.
Markaziy boshqaruv tizimida quyidagi devonlar faoliyat yuritgan: 
– Insho yoki tug‘ro devoni. Bu devon rasmiy hujjatlar, yozishmalarni 
tuzish bilan shug‘ullangan; 
– Istifo devoni – moliya ishlari bilan yuritgan; 
– Ishrof devoni – davlat nazorati ishlari bilan shug‘ullangan;
– Al-ard (al-jaysh) devoni – harbiylar soni va ta’minotini ro‘yxatga 
olish hamda nazorat etish, harbiy ko‘riklarni o‘tkazish, qo‘shinni qurol-
aslaha bilan ta’minlash, harbiylarga ajratilgan yer-suv masalalarini 
nazorat qilish ishlari bilan shug‘ullangan. Uning boshlig‘i sohibi divani al 
ard deb atalgan.
Joylarda mirshablik va jazolash vazifalarini amalga oshiruvchi – 
shixne deb ataladigan mansabdor shaxslar faoliyat olib borgan. Ular 
hokimiyatga aralashuvchi barcha ishlarga aralashishi mumkin bo‘lgan. 
Davlatda sud ishlari qozilar tomonidan olib borilgan. Harbiy ishlarni 
esa qozi askar – harbiy qozilar ko‘rib chiqqan. 
Qo‘shinning o‘rtacha soni 400–600 minggacha bo‘lib, shundan 
taxminan 300 mingga yaqini otliq askarlar bo‘lgan. Turli harbiy unvonlar 
ham ta’sis qilinib, u harbiy boshliqlarga, amaldorlarga berilar edi. Shular 
jumlasidan yuqori unvon amir – Isfaxsalar, Soib al – Jaysh, Amir al-
umaro, Malik va hokazolar kirgan. Qo‘shinlar qo‘mondoni qoid 
(muqaddam) deb atalgan. Qo‘shin amirlari ustidan amirlar amiri 
tayinlangan. Malik harbiy unvoni 10 kishilik otliq qo‘shin boshlig‘iga 
berilgan. Urushlarda jasorat ko‘rsatgan maliklar xon unvonini olgan. 
Qo‘shinda harbiy qismlarga xabar yetkazib turuvchi qismlar – chovush, 
dushman qo‘shinlari holatini kuzatib ma’lumot beruvchi josuslar va 
boshqalar mavjud bo‘lgan. 
Davlat ma’muriy-hududiy jihatdan vassal davlatlar, qaram otabek-
liklar (Iroq, Ozarbayjon)ga bo‘lingan. Viloyatlar noib hisoblanuvchi 
hokimlar va shahzoda (sulton)lar tomonidan idora etilgan. 
Yuqorida keltirilganidek, Somoniylar davlati va huquqi, uning ijtimoiy-
siyosiy tuzumi O‘zbekiston tarixida muhim davrlardan birida amal qilgan. 
Saljuqiylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davlatlari harbiy demokratiyaga 
tayangan imperiya ko‘rinishidagi musulmon davlatlari bo‘lgan. 
Mapzkur davrda musulmon diniy g‘oyaviyligiga asoslangan shariat 
huquqning asosiy manbai bo‘lib, davlat va qo‘shin, qisman oila-nikoh 
masalalarida odat huquqiga tayanilgan.


 112
VI BOB. O‘RTA ASRLARDA YEVROPA MAMLAKATLARI 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling