O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

METODI VA VAZIFALARI
1-§. Davlat va huquq tarixi fanining predmeti,
metodlari va vazifalari
Davlat va huquq tarixi fani tarixiy-yuridik fan hisoblanadi. U alohida 
fan sifatida XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida shakllangan. Ilk davrlarda 
asosan Butundunyo huquqi tarixi, Butundunyo davlati va huquqi tarixi 
deb yuritilgan. Ushbu o‘quv kursi doirasida dastlab Rim huquqining tarixi 
o‘rganilgan. Uning alohida fan sifatida rivojlanishida G‘arbiy Yevropa 
davlatlaridan Germaniya, Fransiya, Angliya va Rossiya olimlarining 
hissasi katta.
Davlat va huquq tarixi fanini bilish, xorijiy mamlakatlar va 
O‘zbekiston hududida o‘tmishda mavjud bo‘lib, davlatchilik va huquqiy 
taraqqiyotda chuqur iz qoldirgan davlat va huquq institutlarini o‘rganish, 
shuningdek, o‘zbek davlatchiligi asoslari, rivojlanish jarayonlari va 
yutuqlarining mohiyatini chuqur anglab yetish hozirgi kunda oldimizga 
qo‘yilayotgan murakkab vazifalarni hal qilishda qo‘l keladi. 
Fanni o‘qitishdan maqsad – O‘zbekiston va jahonning boshqa qator 
mamlakatlari davlat va huquqiy taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari, 
mohiyati, rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarni uzviy shakllan-
tirishdan iborat. 
Fanning bosh vazifasi – davlat va huquq rivojlanishining umumiy 
qonuniyatlarini, o‘zbek milliy davlatchiligining alohida siyosiy va 
huquqiy tizimlariga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Umuman olganda, davlat va huquq tarixi fanining vazifalari davlat va 
huquqning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog‘liq eng muhim 
ma’lumotlarni tahlil etish, tarixiy jarayonning asosiy qonuniyatlarini 
chuqur anglab yetish, tarixiy tajribalarni ijodiy yondashuv asosida idrok 
etishga qaratilgan. 
Davlat va huquq tarixi fani tarix fanidan farq qilgan holda jamiyatni 
to‘la va butunligicha o‘rganmaydi, balki davlat va yuridik muassasalar 
murakkab tizimining tarixiy rivojlanish jarayonini hamda huquq, uning 
alohida sohalari va institutlarining kelib chiqishi, rivojlanish jarayonini 
hamda mazmunini o‘rganadi.


6
Davlat va huquq tarixi fanining predmeti – muayyan tarixiy sharoitda 
davlat va huquqiy institutlarning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayoni 
hamda uning tarixiy-nazariy qonuniyatlaridan iborat.
O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan davlat tuzilmalari va huquq 
tizimlarini o‘rganish, ota-bobolarimizning ilg‘or va dono fikrlari, 
tajribalari hozirgi davr davlatchiligi haqidagi qarashlarni boyitishga 
xizmat qiladi.
O‘zbekiston davlati hozirgi hududiy va davlat ko‘rinishi olguncha bir 
necha ming yillik taraqqiyot davrini bosib o‘tdi. Shu davr oralig‘ida 
markazi O‘zbekiston hududida joylashgan, chegaralari Yevropa, 
Hindiston, Xitoyga borib taqaladigan buyuk imperiyalar (Parfiya, 
Xorazmshohlar davlati, Temur saltanati) vujudga keldi. Shu bilan birga, 
ushbu hudud qayta-qayta boshqa kuchli imperiyalar uchun tobe mamlakat 
ham bo‘lib keldi. Lekin shunisi aniqki, O‘zbekistonda davlatchilik ming 
yillar davomida shakllanib kelgan. Hozirgi mustaqil O‘zbekiston davlati 
tarixan mustahkam davlatchilik poydevorlari ustida qurilgan. 
Har qanday fanning asosiy vazifasi o‘rganilayotgan narsa va 
hodisalarning taraqqiyot qonunlarini ochib berishdan iborat. Bu borada 
har bir fan o‘z tadqiqot uslublariga ega. Har bir fan nazariy jihatdan 
tizimlashgan bilimlar yig‘indisi sifatida tadqiqot jarayonida turli 
metodlardan foydalanadi.
Davlat va huquqning murakkab, xilma-xil, rang-barang hodisalarning 
haqiqiy mazmunini, yuridik tabiatini, mohiyatini, rivojlanish qonunlarini 
bilishning aniq uslublari bo‘lib, ular ilmiy tadqiqot va izlanishning 
yo‘nalishini ifodalaydi. Bu o‘rinda, birinchi navbatda, muayyan-tarixiy, 
davlat-huquqiy hodisalarni, keng ma’noda esa tarixiy-huquqiy fanning 
poydevori hisoblangan tarixiy faktlarni bilish vositalari, uslublari nazarda 
tutiladi.
Ilmiy tadqiqot jarayonida bilishning aniq shakli va usullaridan 
foydalanish orqali ilmiy bilimlar vujudga keladi va rivojlantiriladi. Ta’lim 
tizimida ilmiy tadqiqot jarayonida kelib chiqqan muammo yoki 
masalaning qo‘yilishi va hal qilinishida maxsus uslublardan foydalaniladi.
Fanning metodlari tizimida xususiy, umumiy ilmiy va eng umumiy 
metodlar mavjud. Ular o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. 
Dialektik usul real olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bo‘lib, 
u barcha fanlar uchun, jumladan tarixiy-huquqiy fanlar uchun ham 
metodologik ahamiyat kasb etadi. Dialektik usul xususiy fanlar erishgan 
yutuqlardan foydalanib, ularning usullari bilan birgalikda rivojlanadi, ular 
bir-birini to‘ldiradi va boyitadi. Davlat va huquq tarixini o‘rganishdagi 


7
bunday usul davlat va huquq kabi ijtimoiy hodisalarning mohiyatini 
jamiyat moddiy shart-sharoitlari, iqtisodiy negiz bilan bog‘lab o‘rganishni 
ta’minlaydi. 
Dialektik usul – davlat va huquq doimo rivojlanadi, o‘zgaradi, bir 
shakldan ikkinchi shaklga o‘tadi, deb qaraydi. Dialektika hodisalarni 
rivojlanishda, boshqa hodisalar bilan aloqadorlikda, bir-biri bilan bog‘liq 
holda, harakatda, miqdoriy va sifat o‘zgarishida, deb o‘rganadi. 
Binobarin, ularni tushunish uchun mazkur hodisalarni vujudga keltirgan 
sharoitni, mavjud bo‘lgan va yashayotgan davrni bilish kerak. 
Umumiy ilmiy metodlardan biri bo‘lgan tahlil (analiz) usuli orqali 
o‘rganilayotgan narsa va hodisalar mayda bo‘laklarga, ya’ni elementlarga 
ajratilib, ular o‘rtasidagi bog‘lanish, o‘zaro munosabati va ta’siri 
o‘rganiladi.
Sintez o‘z navbatida analiz usulining natijalariga tayanib, davlat va 
huquqning butun sifatini, mavjud bo‘lgan davlat va huquq tizimlarining 
o‘ziga xos xususiyatlari asnosida muayyan jihatlarni ochib beradi. Sintez 
analiz natijasida fikran bo‘lingan elementlarni qaytadan tiklash, ularni 
birlashtirish, yaxlitlikni tafakkur darajasida vujudga keltirish usulidir. 
Qiyosiy usul orqali davlat va huquqning avvalgi bosqichlardagi va 
hozirgi rivojlanishidagi xususiyatlarning o‘xshashligi hamda o‘zaro 
farqlari mukammal ko‘rib chiqiladi. 
Tarixiylik usuli davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlanib 
borishi vaqtini, davrini aniqlashtirish usulidir. Har bir davlat va huquqiy 
hodisa tarixiy nuqtai nazardan, aniq tajribaga bog‘lab o‘rganilishi zarur. 
Davlat va huquq tarixini yoritish uning taraqqiyotidagi asosiy tarixiy 
bosqichlar, ularning sababiy bog‘liqliklarini ko‘rsatishni talab qiladi.
Mantiqiylik usuli fan predmetini mushohada yordamida nazariy 
shaklda tadqiq qilish usuli hisoblanadi. U tadqiqot obyektining eng 
muhim aloqalarini bilishga imkon beradi. Davlat va huquqning tarixan 
obyektiv mavjudligini, ularning o‘zaro aloqalarining turli-tumanligini aks 
ettirish vazifasini bajaradi. Qarama-qarshi fikrlar va xulosalarni bartaraf 
etishga ko‘maklashadi. 
Umumiy ilmiy usullardan biri tizimli tahlil usulidir. U murakkab 
obyektlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladi. Davlat va huquq o‘z 
rivojlanishining dastlabki bosqichlaridanoq ancha murakkab ijtimoiy 
qurilmalar bo‘lganligi bois, tarixiy-huquqiy izlanishlarda ularni tizimli 
yondashuv usuli bilan tahlil qilish samarali hisoblanadi. Tizimli tahlil 
usuli muayyan tarzda o‘zaro bog‘langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil 
etadigan unsurlar majmuini yaratishni ta’minlaydi. Mazkur usul asosida 


8
o‘rganilayotgan obyektning boshqa obyekt bilan umumiy bog‘lanishi va 
o‘zaro munosabatlari ochiladi. Bu uslub yordamida davlat va huquqning 
o‘zaro bog‘liq murakkab butun tuzilishidan alohida, o‘ziga xos, 
takrorlanmas, shuningdek, umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan tarkibiy 
qismlarini ajratib olish mumkin bo‘ladi. 
Davlat va huquq tarixi fanini o‘rganishda juda muhim bo‘lgan 
xususiy ilmiy metodlar ham mavjud. Ular muayyan-tarixiy, qiyosiy-
huquqiy, statistik metodlardir.
Davlat va huquq tarixi fani davriy va hududiy jihatdan umum-
lashtirish va tizimlashtirishga asoslanib, xronologik izchillikda quyidagi 
davrlarga ajratib o‘rganiladi: 
– Qadimgi dunyo mamlakatlari davlati va huquqi tarixi
– O‘rta asrlar davlati va huquqi tarixi; 
– Yangi davrda davlat va huquq tarixi; 
– Eng yangi davrda davlat va huquq tarixi. 
Davrlarga bo‘lish shartli qabul qilingan bo‘lib, u davlat va huquq 
tarixining rivojlanish bosqichlari, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan 
hodisalariga tayanadi. Davrlarga bo‘lib o‘rganish fanni mukammal 
o‘rganishga, chuqurroq qabul qilishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston davlati va huquqi tarixining davrlarga bo‘linishi ham 
shartli bo‘lib, uni quyidagi davrlarga ajratish mumkin: 
– Markaziy Osiyo arablar tomonidan bosib olingunga qadar 
O‘zbekiston hududida davlat va huquq tarixi; 
– Markaziy Osiyo arablar tomonidan bosib olingan davrda 
O‘zbekiston hududida davlat va huquq tarixi; 
– mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘zbekiston hududida davlat va 
huquq tarixi; 
– Temur saltanatining davlati va huquqi tarixi;
– ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati hamda o‘zbek xonliklarining davlati 
va huquqi tarixi; 
– Chor Rossiyasi hukmronligi davrida O‘zbekiston hududida davlat 
va huquq tarixi; 
– Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston hududida davlat va huquq tarixi; 
– Mustaqil O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi (hozirgi davrga 
qadar). 
Fanda davlat va huquq masalalari quyidagi tizimga asoslanib 
o‘rganiladi: 
– o‘rganilayotgan davlatning tashkil topishi; 
– jamiyatning ijtimoiy tuzumi; 


9
– davlat tuzumi – davlat hokimiyatining markaziy va mahalliy 
organlari tizimi; 
– huquqning asosiy tavsifi – huquq tizimi, uning xususiyatlari, huquq 
manbalari, sohalari, institutlari va normalari. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling