O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


-§. Eramizning boshlaridan VII asrga qadar bo‘lgan davrda


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

2-§. Eramizning boshlaridan VII asrga qadar bo‘lgan davrda 
O‘zbekiston hududida davlat va huquq 
Tarixda Kushon podsholigi nomi bilan o‘chmas iz qoldirgan yirik 
davlatning paydo bo‘lishi Xitoy manbalarida yuechjilar nomi bilan 
yuritilgan massaget qabilalari bilan bog‘liq. Miloddan avvalgi ikkinchi asr 
o‘rtalarida inqirozga yuz tutgan Yunon-Baqtriya davlatining 
kuchsizligidan foydalangan yuechjilar miloddan avvalgi 140-yilda So‘g‘d 
yerlari orqali Baqtriyaga hujum qiladilar va Shimoliy Baqtriyani ishg‘ol 
qiladilar. Ular ushbu hududda bir asr mobaynida yashaganlar. Yuechjilar 
beshta qabiladan iborat bo‘lib, ular orasida Guyshuan (Kushon) qabilasi 
o‘z mavqei bilan boshqalardan ajralib turgan. Milodning birinchi asri 
boshlarida kushon qabilasi mavqei yanada kuchayib, boshqa qabilalar 
ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatgan. Shu vaqtdan e’tiboran Kushon 
podsholigi tashkil topgan. 


 24
Eramizning birinchi asri birinchi choragiga kelib mavjud 
podsholiklar orasida Kushon podsholigi alohida o‘rin tuta boshlaydi. 
Keyinchalik bu podsholik qariyb butun O‘rta Osiyoni o‘z ichiga olgan 
yirik imperiyaga aylandi. Uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, 
Marg‘iyona, Hindistonning shimoliy qismi kirgan. Shuningdek, 
So‘g‘diyona orqali Farg‘ona, Sharqiy Turkiston ham Kushonlar 
saltanatiga bo‘ysungan. Kushonlar shimolda Shosh, sharqda Sharqiy 
Turkiston, g‘arbda Eron, janubda Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan ulkan 
hududni birlashtirishga erishganlar. Uning poytaxti dastlab (So‘g‘diyona) 
Kattaqo‘rg‘onda bo‘lgan, keyinchalik poytaxt Hindistonga ko‘chirilgan. 
Kushon podsholigida sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va 
tashqi savdo, fan va madaniyat, qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalar 
rivojlanganligi haqida ko‘pgina ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. 
Afsuski, bizgacha bu davlatning boshqarish tizimi, ichki ma’muriy 
tuzilishi, huquq manbalari haqidagi ma’lumotlar to‘liq yetib kelmagan. 
Ba’zi bir manbalarda Kushon davlatida kuchli markaziy davlat apparati 
tashkil etilganligi, uning tepasida podsho turgani, ma’muriy-hududiy 
jihatdan viloyatlarga bo‘linganligi, pul va din sohalarida islohotlar 
o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar uchraydi. 
Tarixchi olim Azamat Ziyoning yozishicha, «Saltanatga asos 
solinganidan so‘ng mintaqa uchun an’anaviy satrapiyalar tizimidan keng 
foydalana boshlangan. Satraplar oliy hukmdor tomonidan uning ishon-
chini qozongan, chamasi o‘z doirasi namoyandalari orasidan tanlangan. 
Shu bilan birga, satraplik lavozimiga harbiy yurishlarda jonbozlik 
ko‘rsatgan lashkarboshilar ham lozim topilgan. Umuman olganda esa 
satraplar baqtriyaliklar orasidan bo‘lishi shart bo‘lgan»
1
.
Shuningdek, adabiyotlarda Kushon podsholigining asosiy tayanchi 
harbiy qo‘shin bo‘lib, lashkarlarning umumiy soni 150–200 ming atrofida 
bo‘lgani, qo‘shin otliq va piyodalardan tashkil topgani haqida 
ma’lumotlar uchraydi. 
Ayrim manbalarda qayd qilinishicha, davlat boshlig‘i mamlakatni 
boshqarishda ko‘p tarmoqli davlat apparatiga tayangan davlat organlarida 
turli unvonlar va darajalarga ega mansabdorlar xizmat qilgan, «buyuk 
satrap», «oddiy satrap», «chegara boshliqlari» kabi unvonlar bo‘lgan, 
shaharlar podshohning noiblari tomonidan boshqarilgan. 
1
Ⱥɡɚɦɚɬ Ɂɢɺ. ȸɡɛɟɤ ɞɚɜɥɚɬɱɢɥɢɝɢ ɬɚɪɢɯɢ: (ɗɧɝ ԕɚɞɢɦɝɢ ɞɚɜɪɞɚɧ Ɋɨɫɫɢɹ
ɛɨɫԕɢɧɢɝɚ ԕɚɞɚɪ). –Ɍ., 2000. – Ȼ. 67.


 25
Kushon podsholigi, Rim imperiyasi va Sosoniylar davlati o‘rtasidagi 
munosabatlarning beqarorligi kuchlar nisbatining Sosoniylar foydasiga 
hal bo‘lishiga olib keldi. IV asrning 70–80-yillarida Kushon 
podsholigining g‘arbiy qismi Sosoniylar tomonidan bosib olinadi va 
Shimoliy Hindistondagi Kushan Gupta davlati tarkibiga qo‘shib olindi. 
O‘rta Osiyo hududida kichik-kichik davlatlar tashkil topdi. Bular 
Panjakentdan Karmanagacha bo‘lgan hududdagi So‘g‘d davlati, 
Zarafshon vodiysining g‘arbidagi Buxoro boshchiligidagi shahar davlatlar 
ittifoqi, Samarqand yaqinidagi Maymurg‘, Ishtixon va Kushaniya 
davlatlari, Farg‘onadagi shahar-davlatlar ittifoqi edi. Bu davlatlarda butun 
hokimiyatni o‘z qo‘lida to‘plagan podsho boshchilik qilgan. Podshohning 
shaxsi ilohiylashtirilgan bo‘lib, hokimiyat unga xudo tomonidan ato 
etilgan degan tasavvur keng tarqalgan. Podshoh huzurida oqsoqollar 
kengashi bo‘lgan. Shahar-davlatlari boshliqlari o‘z tanga pulini zarb etish 
huquqiga ega bo‘lgan. Shahar davlatlar otliq qo‘shin va qullardan tashkil 
topgan qurolli bo‘linmalarga ega bo‘lgan. 
Aytish kerakki, Kushon podsholigi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida 
o‘chmas iz qoldirgan davlatlardan biri bo‘lib, tarixning ochilmagan bu 
qirrasi o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. Gap shundaki, qariyb 400 yil umr 
ko‘rgan, ulkan hududda o‘z hukmronligini o‘rnatgan Kushon podsholigi 
o‘z davri uchun mukammal, kuchli markazlashgan davlat organlari tizimi, 
huquq manbalariga ega bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Chunki ulkan 
hududni boshqarish, o‘sha davrdagi murakkab jarayonlardagi ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solish tegishli siyosiy-huquqiy institutlarsiz amri 
mahol edi. 
IV asrning oxiri va V asr boshlarida orol bo‘yida istiqomat qiluvchi 
ko‘chmanchi massagetlar o‘zlarining Eftalitlar davlati nomi bilan tarixga 
kirgan davlatini tashkil qiladi. V asrning o‘rtalariga kelib butun O‘rta 
Osiyoda eftalitlar hukmronligi o‘rnatiladi. Keyinchalik O‘rta Osiyoni, 
Sharqiy Eron viloyatlarini, Hindistonning shimoliy qismini va Sharqiy 
Turkistonni birlashtiruvchi yirik davlatni barpo etishga muvaffaq 
bo‘ladilar. 
Eftalitlar davlatining tuzilishi, markaziy va mahalliy davlat organlari, 
sudi va harbiy qo‘shini haqidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan. 
Ixtiyorimizda bo‘lgan manbalardagi ayrim ma’lumotlarga tayangan holda 
eftalitlar davlat tuzumi va huquqi haqida umumiy tasavvurga ega 
bo‘lishimiz mumkin. Vizantiyalik tarixchi Prokopiyning (VI asr) 
yozishicha, «Eftalitlarni bir shoh boshqargan, ular qonuniy davlatga ega 
bo‘lganlar va o‘zlari bilan qo‘shnilari o‘rtasida romeylar (vizantiyaliklar) 


 26
va Forslarda mavjud bo‘lgan adolatdan zarracha kam bo‘lmagan adolatga 
amal qilganlar»
1
. Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, Eftalitlar davlatida 
taxt otadan bolaga o‘tmagan, shu suloladan kim davlat boshlig‘i 
lavozimiga loyiq topilsa, o‘sha kishi taxtni egallagan. Aynan kimning 
ushbu lavozimga loyiqligini aniqlash vakolatiga maxsus kengash ega 
bo‘lgan. 
Prokopiyning guvohlik berishicha, eftalitlar davlatni qonunlar asosida 
boshqarganlar. Ba’zi manbalarda qayd qilinishicha, eftalitlar davlatida 
podsho hokimiyati unchalik kuchli bo‘lmasdan, mahalliy hokimlarning 
mavqei yuqori bo‘lgan. Joylarda hokimiyat yirik yer egalari qo‘lida 
bo‘lib, ular katta mulkka, qal’a va harbiy qo‘shinga ega edi.
Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida shaharlarning o‘rni katta 
bo‘lgan. Vizantiya hukmdori Yustin II 
ning «Eftalitlar shaharda 
yashaydilarmi yoki qishloqdami» degan savoliga ashinaliylarning elchisi 
«A’lo hazrat, ular shaharlik sulolalardan»
2
, degan javobi fikrimiz dalilidir. 
Eftalitlar davlatida yirik shaharlar hokimlar tomonidan boshqarilgan. 
Ushbu hokimlar ham o‘z harbiy kuchlariga, o‘z tangalarini zarb qilish 
huquqiga ega bo‘lganlar. Ichki savdo munosabatlarida tangalar 
ayirboshlash vositasi vazifasini bajargan.
Eftalitlar kuchli harbiy qo‘shinga ega bo‘lishgan, qo‘shinning asosiy 
qismini otliq lashkar tashkil qilgan. Ayrim manbalarda yozilishicha, 
eftaliylar davlatida jinoyat sodir qilganlik uchun qattiq jazo choralari 
qo‘llanilgan. Masalan, o‘g‘irlik uchun bo‘ynini kesib qatl etish yoki 
o‘g‘irlab ketgan mulkni o‘n barobar miqdorida undirib berish jazosi 
qo‘llanilgan. 
Asta-sekinlik bilan markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi, mahalliy 
hokimlarning mustaqillikka intilishining kuchayishi va ular o‘rtasidagi 
raqobat VI asrning o‘rtalariga kelib Eftalitlar davlatining yemirila 
boshlashiga olib keldi. 
VI asr o‘rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli 
qabila va xalqlarni birlashtiruvchi, katta davlat – Turk hoqonligi tashkil 
topadi. Hozirgi O‘zbekiston hududi Turk hoqonligi tomonidan bosib 
olinadi. Keyinchalik hoqonlik hududi Xitoy va Mo‘g‘ilistonning bir qismi 
hisobiga yanada kengaytirildi. 
1

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling