O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- QADIMGI SHARQ, YUNONISTON VA
Ⱥɡɚɦɚɬ Ɂɢɺ. ȸɡɛɟɤ ɞɚɜɥɚɬɱɢɥɢɝɢ ɬɚɪɢɯɢ: (ɗɧɝ ԕɚɞɢɦɝɢ ɞɚɜɪɞɚɧ Ɋɨɫɫɢɹ
ɛɨɫԕɢɧɢɝɚ ԕɚɞɚɪ). –Ɍ., 2000. – Ȼ. 76. 2 O‘sha manba. – Ȼ. 77. 27 VI asrning oxirgi choragida Turk xoqonligi davlatga asos solgan sulola namoyandalari o‘rtasidagi (asoschilar va davlat hududining kengayishida ulkan hissa qo‘shgan Ashina sulolasi namoyandalari – Bo‘min (Tuman), uning kichik o‘g‘li Mug‘anxon) kurash natijasida poytaxti Mongoliyada bo‘lgan Sharqiy Turk xoqonligi va markazi Yettisuvda bo‘lgan G‘arbiy Turk xoqonligiga bo‘linadi. O‘zbekiston hududi G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan. Turk xoqonligida hokimiyat tepasida urug‘, qabila boshliqlari qurultoyida saylanadigan xoqon turgan. Uning huzurida qabila, urug‘ boshliqlaridan iborat kengash bo‘lib, unda davlat ahamiyatiga molik masalalar muhokama qilinib tegishli qarorlar qabul qilingan. Bundan tashqari, davlat hayotida xoqon maslahatchilari, o‘lkalar hokimi, davlat arboblarining roli katta bo‘lgan. O‘lkalarda hokimiyat hokimlar qo‘lida to‘plangan. Hokimlik lavozimini o‘lkalardagi hukmron sulolalar vakillari egallagan. Hokimlarning bir necha muovinlari bo‘lgan. Har bir hokim huzurida hisob-kitob ishlarini olib boruvchilar, soliq yig‘uvchilar, qo‘riqchilar va boshqalardan iborat apparat bo‘lgan. Xoqon va alohida o‘lkalarning hokimlari otliqlar va piyodalardan iborat shaxsiy gvardiyasiga ega bo‘lganlar. Turk xoqonligi davlati O‘rta Osiyo hududlarining arablar tomonidan bosib olinishi bilan tugatildi. Xoqon hokimiyati meros tariqasida o‘tgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, ota doimo o‘z o‘g‘liga taxtni meros tariqasida qoldiravermay, balki undan kattaroq turgan qarindoshlariga qoldirishi lozim bo‘lgan. Bundan tashqari, shunday hollar bo‘lganki, taxt sohibini ulus oqsoqollari tayinlagan. Manbalarda xoqon tayinlashning alohida tartibi bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Xitoy manbalarida yozilishicha, yirik amaldorlar taxt vorisini kigizga o‘tqazib, quyosh harakati asosida, ya’ni sharqdan g‘arbga tomon to‘qqiz marta doira bo‘ylab aylantirganlar. To‘qqiz soni turkiy tilli xalqlarda aziz hisoblanadi. Har bir aylanishda marosimda ishtirok etuvchilar xoqonga ta’zim qilganlar va bu bilan o‘z itoatkorliklarini anglatganlar. Shundan so‘ng uni otga mindirib bo‘yni uzra ipak mato qattiq siqqanlar darhol bo‘shatib, undan necha yil hukmdor bo‘lishi haqida so‘raganlar. U necha yil xon bo‘lishini aytgan, shu muddat tugagandan keyin taxtdan ketgan. Tarixiy manbalarda Turk xoqonligining markaziy va mahalliy davlat organlarida xizmat qilgan ba’zi mansabdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, davlat boshqaruvida xoqondan keyin turuvchi mansabdor shaxs «Yabg‘u» (Bahodir) bo‘lgan (masalan, Istami yabg‘u). Ammo yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmagan. Taxt vorisi «tegin» 28 (shahzoda) deb atalgan. «Tudun» unvoni hukmdorning joylardagi noiblariga berilgan. Ular mahalliy hokimlar siyosatini, boj, soliq ishlarini nazorat qilganlar. Xitoy manbalarida Sharqiy turk xoqonligining quyidagi mansabdor shaxslari haqida ma’lumotlar keltiriladi: oliy martabalar orasida eng ulug‘i shexu (jabg‘u), keyin dele, uchinchisi esa silifa, to‘rtinchisi tumafa, (qolgan) kichikroq darajadagi mansablarda 20 kishi band. Ularning mansablari merosiydir... Qo‘riqchilarni esa fuli (bo‘ri) deb ataydilar. Turk xoqonligida, keyinchalik G‘arbiy Turk xoqonligida markaziy davlat hokimiyat va boshqaruv organlari ulkan hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, davlat soliq siyosatini amalga oshirish, mamlakatni tashqi dushmanlardan mudofaa qilish, ichki va tashqi savdoni rivojlantirish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish, mahalliy davlat organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish kabi vazifalarni bajarganlar. Eramizning boshlaridan VII asrga qadar bo‘lgan davrda, ya’ni arablar hukmronligi o‘rnatilgan davrga qadar O‘zbekiston hududida amal qilgan huquq manbalariga oid ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan tarixiy huquqiy manbalar bizgacha juda kam yetib kelgan yoki deyarli yetib kelmagan. Xususan, 1932–1933-yillarda Mug‘ tog‘idan topilgan So‘g‘d hujjatlari mavjud bo‘lib, u O‘zbekiston hududida amal qilgan 80 ta muhim tarixiy huquqiy hujjatlardan hisoblanadi. Ular orasida oila, nikoh, mulk huquqi, ijaraga berish, meros qoldirish bilan bog‘liq hujjatlar bor. Masalan, yerni sotish to‘g‘risidagi hujjatda shartnoma obyekti qayerda joylashgani, miqdori, oluvchi va sotuvchilar nomi, yerni sotib olgan shaxslarning yerdan foydalanish huquqi, shartnoma tuzishda ishtirok etgan shaxslar ko‘rsatilgan. Tegirmonni ijaraga berish haqidagi shartnomada uning joylashgan joyi, uni aylantiruvchi ariqlar, asbob-anjomlari, ijara muddati, sharti, ijaraga beruvchi va oluvchi, ularning huquq va majburiyatlari, shartnomani buzganlik uchun javobgarlik, shartnoma tuzish vaqtida qatnashgan guvohlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan. Hujjatlar orasida nikoh tuzish shartnomasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatlar qadim va ilk o‘rta asrlardagi O‘zbekiston xalqlarining oila-nikoh va shu bilan bog‘liq mulkchilik va boshqa ijtimoiy munosabatlari haqida hikoya qiluvchi muhim yodgorlikdir. Har ikki hujjat o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, birida turk zodagoni Uttakinning so‘g‘d ayoli bo‘lmish Dug‘dg‘unchaga uylanishi rasmiylashtirilsa, ikkinchisida kuyov Uttakinning Dug‘dg‘unchani turmushga berayotgan homiy otaxoni 29 Navekat shahrining (Yettisuv viloyatidagi qadimgi shahar) hokimi Cher oldidagi majburiyatlari bayon etilgan. Har ikkala hujjatning ilk o‘rta asr yuridik hujjati sifatidagi xususiyatlari mavjud deyish mumkin. Masalan, nikoh bitimi matnida: hujjat sanasi, kirish formulasi, ahdlashuvchi tomonlarning nomma-nom ta’kidlanishi; er-xotin bo‘lgach Uttakin va Dug‘dg‘unchaning birga yashashini ta’minlovchi shartlar bayoni, erga yuklangan majburiyatlar, xotin zimmasidagi vazifalar, erning o‘z majburiyatlarini bajargani chog‘ida xotin oldidagi javobgarligi; er tomonidan nikoh buzilgan holda xotinning mulkiy ta’minoti va erning boshqaga uylanish huquqi, nikoh xotin tomonidan buzilgan taqdirda erning mulkiy ta’minoti va xotinning boshqa er qilish huquqi; nikoh buzilgach xotin va uning bolalari erning sodir qilishi mumkin bo‘lgan jinoyati uchun, uning qullik va boshqa ijtimoiy tobe ahvolga tushib qolishi uchun javobgarlikdan ozod qilinishi; xotinning aybi bilan nikoh buzilsa er va uning bolalari xuddi shu kabi javobgarlik hamda tovonlardan ozod bo‘lishi; nikoh buzilgandan so‘ng har ikki tomon o‘zaro bir-birining taqdiri uchun javobgar emasligi haqida yana bir maxsus ta’kid; oxirgi bandda esa hujjatning qayerda tuzilgani, mansabdor shaxs, guvohlar va kotibning nomi aks etgan. Kuyovning majburiyatlari to‘g‘risidagi ikkinchi hujjatda ham xuddi shu kabi qator bandlar ko‘zda tutilgan: hujjat sanasi, kuyovning rasmiy majburiyatlari; turmushga uzatilayotgan qizning homiy otasi oldida kuyovning majburiyatlarini ifodalovchi bandlar; xotinni sotmaslik, boshqa yo‘l bilan uni qullik holatiga tushirmaslik, zodagonlik martabasidan mahrum etmaslik, agar xotin, kim tomonidan bo‘lmasin, tahqirlangan taqdirda ham uni homiy otaxoniga qaytarish; er yoki xotin tomonidan nikoh buzilgan taqdirda xotinni homiy otaxoniga qaytarish. Agar xotin o‘z homiy otaxoniga qaytarilmagan taqdirda ham kuyov to‘lashi lozim bo‘lgan tovonni, homiy otaxonning kuyov yoki uning vakilidan mazkur tovonni undirib olish huquqi; butun xonadon, jamoaning, hatto xonadon mehmonlarining ham kuyov majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifalari; hujjatning tuzilgan joyi, mansabdor shaxs, guvohlar ro‘yxati va kotibning nomi – bular barchasi har ikkala hujjatning uzoq va chuqur an’anaga ega bo‘lgan yuridik ish hujjatlarining o‘rta asrlardagi mukammal namunasi ekanidan dalolat beradi. O‘zbekiston hududida huquq tarixini o‘rganishda muhim man- balardan yana bir turkumi – turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, urf-odatlari va qoidalari aks ettirilgan turli yodnomalar hisoblanadi. Ularda 30 turkiylarning yurtni boshqarish, vorislik, taxtni egallash, mansab darajalari, xalq oldida xonlar va beklarning majburiyatlari, xoqonlarning huquqiy vakolat doiralari, adolat yuzasidan ish ko‘rishlari lozimligi, askarlik xizmati tartib-qoidalari, oila huquqi, uning axloqiy mezonlari, ayollar huquqini himoya qilish kabi holatlar o‘z aksini topgan. Shunday qilib, O‘zbekiston hududida qadimgi huquqiy manbalar o‘zining uzoq o‘tmishiga ega bo‘lib, ular orqali o‘sha davr ijtimoiy munosabatlari huquqiy tartibga solingan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling