O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

HUDUDIDA DAVLAT VA HUQUQ 
1-§. IX–XIII asrlarda Movarounnahrda davlatchilikning 
 rivojlanishi 
VIII–IX asrlarda Arab xalifaligi o‘ndan ortiq mustaqil davlatlarga 
bo‘linib ketgan. Arab xalifaligining sharqiy noibligi bo‘lgan Xuroson IX 
asrning o‘rtalariga kelib qariyb mustaqil davlat sifatida boshqarilgan. 
O‘rta Osiyo xalqlarining arablar hukmronligiga qarshi kurashi kuchayishi 
natijasida o‘lkada mahalliy hukmdorlar hokimiyati o‘rnatildi. 
Arablar xalifaligi davrlaridanoq ikki daryo oralig‘i Buxoro amirligi 
tomonidan boshqarila boshlagan. Bu yerda bir vaqtning o‘zida Xuroson 
noibi tomonidan tayinlangan amir va Buxoro podshosi faoliyat yuritgan. 
Xuroson noibligi tarkibidagi Movarounnahrning barcha viloyatlari 
Bidun Buxorxudotning avlodlaridan mahalliy hukmdor sulolalar – 
Tohiriylar va Somoniylar
1
tomonidan boshqarilgan. Ular Xuroson noibiga 
bo‘ysunuvchi ikkinchi darajali hokim – noiblar hisoblangan. Viloyatlar 
ularga sodiqligi uchun in’om qilingan mulk maqomida bo‘ladi. Hukmron 
sulola vakillari, ya’ni noiblar joylarda chaqa pul (fulus) zarb qilish 
huquqiga ega edilar. 
Movarounnahrda Somoniylar vakillarining mamlakatni birlashtirish-
ga qaratilgan harakatlari 856-yildan boshlandi. Xuroson noibiga qarshi 
qo‘zg‘olon ko‘targan buxoroliklarning taklifiga binoan Ismoil Somoniy 
(874–907-y.) Buxoroga noib etib tayinlandi. U kumush dirhamlarni zarb 
qildirib, 888-yilda Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylandi.
Somoniylar davlati va huquqi, uning ijtimoiy-siyosiy tuzumi 
O‘zbekiston tarixida muhim davrlardan birini tashkil qilib, ko‘plab 
o‘zgarishlar shu davlat nomi bilan bog‘lanadi. Chunonchi, Somoniylar 
davridan keyin hozirgi O‘zbekiston hududida davlat va huquq masalalari 
Qoraxoniylar, Saljuqiylar va undan so‘ng Xorazmshohlar davlati bilan 
bevosita bog‘liqdir. 
1
Izoh: Somoniylar xonadoni asoschisi Shimoliy Afg‘onistonning Balx 
viloyatidan bo‘lgan yer egasi, dehqon Samonxudot. Bu sulola o‘zini Eronning 
qadimgi podsholari Sosoniylardan kelib chiqqanligini da’vo qiladi. Qarang: 
Ȼɨɫɜɨɪɬ Ʉ.ɗ. Ɇɭɫɭɥɶɦɚɧɫɤɢɟ ɞɢɧɚɫɬɢɢ. – Ɇ., 1971. – ɋ. 145.


 101
Shu davrda arab xalifaligiga va Eronga mos bo‘lgan markaziy 
boshqaruv organlar hisoblangan mahkamalar, davlat idoralarining 
devonlar tizimi, organlariga ham kirib kelgan. Keyingi davrlarda, ya’ni 
XX asrga qadar bugungi O‘zbekiston hududida tashkil topgan davlatlarda 
mustahkam o‘rin olgan. 
Davlatchilik an’analari singari islom huquqi ham yo‘q bo‘lib 
ketmadi. Aksincha, islom huquqi mahalliy sharoitdan kelib chiqib 
takomillashtirib borildi. Ko‘pgina munosabatlar aynan musulmon huquqi 
orqali tartibga solinib borilgan. Islom dini xalq tomonidan e’zozlanib 
kelgan. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling