O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


-§. Musulmon huquqiy tizimining xususiyatlari


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

2-§. Musulmon huquqiy tizimining xususiyatlari 
Arab xalifaligida O‘rta asr Sharqining eng muhim huquqiy tizim-
laridan biri hisoblangan musulmon huquqi (shariat) vujudga keldi va 
shakllandi. Shariatning ta’siri va faoliyat doirasi faqat Arabiston hududida 
cheklanib qolmasdan, balki undan tashqari mintaqalarda ham keng quloch 
yoydi. Islom dini bilan birga shariat normalari Old va O‘rta Osiyoda, 
Shimoliy Kavkaz va Kavkazorti, Sharqiy va G‘arbiy Afrika hamda 
Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning qator mamlakatlarida keng tarqaldi. 
Uning barcha tarmoqlari va muassasalari Arab xalifaligining barcha 
mintaqalaridagi singari amalga kiritildi va shariat asosiy huquqiy norma 
tusini oldi. 


 93
Islom huquqi o‘zidan oldingi Sharq mamlakatlari huquqining 
ko‘pgina unsur va jihatlarini, jumladan islomgacha bo‘lgan Arabiston va 
bosib olingan hududlarda mavjud huquqiy odat va an’analarni o‘zida 
mujassamlashtirdi. Arab xalifaligining dastlabki o‘n yilligida, ya’ni 
shakllanish davrida shariat qabila va davlatning o‘ziga xos jihatlarini, 
mazmun va mohiyat jihatidan qator odatlar va huquqiy normalarni o‘zida 
aks ettirgan. 
Shariat – to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilik ma’nolarini anglatib, 
islom diniy huquq tizimidir. Unda sof huquqiy masalalardan tashqari, 
axloqiy normalar va amaliy diniy talablarga ham qonuniy ruh 
singdirilgan. Shariat bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga 
solish Qur’on asosida amalga oshirilgan. 
VIII asrdan e’tiboran turli musulmon huquqiy maktablari shakllana 
boshlagan. XII asrga kelib musulmon huquqi nazariyasining to‘la 
shakllanishi ushbu huquq tizimini tarkibiy qismlarga bo‘lish, uning 
normalarini tasniflash masalalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 
Amaliyotda u yoki bu masalani hal qilishda asosiy manbalarda tegishli 
qoida bo‘lmasa, masala hal qilinayotgan hududda hukmronlik qilayotgan 
musulmon huquqi maktabi ta’limotiga, yirik huquqshunos olimlarning 
asarlariga shu mintaqada keng tarqalgan tayanib hukm yoki qaror 
chiqarish qoidaga aylandi. 
Musulmon huquqi tuzilishini tavsiflashda uning normalarini tahlil 
etish muhim ahamiyatga ega. Musulmon huquqshunoslari musulmon 
huquqi normalariga shunday ta’rif beradilar, ya’ni musulmon huquqi 
normasi bu e’tiqod etuvchilar uchun bevosita Olloh tomonidan vahiy 
yuborish yo‘li bilan, yoki Olloh irodasini yirik shariat peshvolari 
tomonidan sharhlash orqali chiqarilgan xulosadan iborat. Har qanday 
norma ko‘rsatib o‘tilgan manbalardan biriga asoslanishi lozim. 
Musulmon huquqining boshqa huquqiy tizimlardan, jumladan roman-
german huquqiy tizimidan muhim farqi shundaki, uni sohalarga bo‘lish 
manbalarga bog‘liq emas. Bitta manba musulmon huquqining bir necha 
sohasi uchun asos, zamin sifatida xizmat qilishi mumkin. Musulmon 
huquqining shakllanish davrida uni sohalarga bo‘lish masalasi 
ko‘tarilmagan. Dastlab huquq normalarini mazmuniga qarab guruhlashga 
harakat qilingan. Musulmon huquqi nazariyasining to‘la shakllanishi 
davriga kelib uning normalarini sohalarga bo‘lish boshlandi. Lekin 
musulmon huquqi normalarini alohida sohalarga taqsimlash borasida 
yakdillik bo‘lmagan. Bu hol hozirgacha saqlanib qolmoqda. Bir qator 
tadqiqotchilar musulmon huquqi normalarini uchta katta guruhga 


 94
bo‘ladilar, yoki musulmon huquq tizimi o‘z ichiga musulmonlarning uch 
asosiy hayot tarzini tartibga soladigan norma va tamoyillarni qamrab 
oladi: 1) musulmonlar bilan Olloh o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga 
soluvchi normalar; 2) kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga 
soluvchi normalar; 3) davlatlar yoki dinlar o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga soluvchi normalar. 
Musulmon huquqining manbalarini Qur’oni karim, sunnat, ijmo‘ 
hamda qiyos tashkil etadi. Qur’ondagi 6200 ta oyatning aksariyati diniy-
axloqiy masalalarga taalluqli, ma’lumotlarga ko‘ra 300 dan ortiqrog‘i 
huquqiy xarakterga ega. Musulmon faqihlari huquq sohasidagi bahslar 
yuzasidan kelishilgan fikr (oldin Qur’onga tavsir beriladi, so‘ng esa 
ijmo)ni bera boshlaganlar. Qiyos yoki taqqoslash bo‘yicha xulosa 
chiqarish usuli ma’lum me’yorni, agar taqqoslashning maqsadi va asosi 
mazkur me’yor maqsadi va asosiga mos tushsa, o‘zi bevosita nazarda 
tutgan hodisaga nisbatan qo‘llash imkonini beradi. 
Musulmon huquqining Sunniylik mazhabi va uning maktablari 
quyidagicha: xanafiylik, molikiy, shofi’iylar, xanbaliylar. Shia mazhabi 
va maktablari esa imomat, ismoiliylar va zaydiylardan iborat. 
Musulmon huquqi maktablarining dastlabki soni besh yuzga yaqin 
bo‘lib, ular huquqiy manbadan foydalanish darajasi, shart-sharoit va 
sharhlanishi hamda joylardagi urf-odatlarning hisobga olinishiga ko‘ra 
bo‘lingan.
Musulmon huquqi normalarini turlash, sohalarga bo‘lish eng 
muammoli masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ushbu masalalarga 
yondashish va hal qilish turli davrlarda har xil oqimga mansub olimlar 
tomonidan turlicha bo‘lgan. Musulmon huquqshunoslari huquq 
normalarini manbalariga qarab ikkita katta guruhga bo‘ladilar. 
Birinchi guruh – Qur’oni Karim va hadislar normalari. Ushbu 
guruhga mansub normalar eng ishonchli, haqiqiy normalar sifatida 
qaraladi. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling