O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Rim huquqi. Rim huquqi, avvalo, juda xilma-xil hayotiy munosa-
batlarni va vaziyatlarni keng darajada keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Unda ayniqsa xususiy mulk bilan bog‘liq masalalar puxtalik bilan ishlab chiqilgan. Rim huquqining tarixini quyidagi davrlarga bo‘linishi maqsadga muvofiqdir: – eng qadimgi davri (mil. avv. VI asr–III asrning o‘rtasi). Bu davrda polischa diniy xarakterdagi huquq amal qilgan. Rimning tub fuqarolari huquqi paydo bo‘lgan. Odat huquqi uning manbai bo‘lgan. Miloddan avvalgi 451–450-yillarda huquq manbai sifatida XII jadval qonunlari vujudga kelgan; – klassik davri (mil. avv. III asr o‘rtasi – milodning III asri oxiri). Mazkur davrda rim huquqi mukammal dunyoviy yuridik tizimga aylanadi. Pretor huquqi – xalqlar huquq ham vujudga keladi. M.a. huquqning bunday ikkiga bo‘linishi imperator Karalla edikti (farmoni) bilan bekor qilingan; – postklassik, yangi klassik davri (IV–VI asrlar). Bu vaqtda rim huquqi quldorlik jamiyati va davlatining yemirilishi bilan harakatdan to‘xtaydi. Unda yuz bergan o‘zgarishlar asosan uning tizimlashtirilishi va vujudga kelayotgan yangi feodal munosabatlarga asta-sekin moslashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu davrda qonun chiqarish hokimiyati to‘la imperatorlar qo‘liga o‘tib, rim huquqining to‘plamlari tuziladi va kodifikatsiya qilinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish lozimki, Rim huquqining alohida jihatlari, sohalari va institutlari bilan bog‘liq masalalar eng qadimgi, klassik va postklassik davrlarga ajratilgan holda o‘rganiladi. Rim huquqi manbalarining rivojlanishi. Qadimgi davrda rim huquqiy an’analarining vujudga kelishida kohinlar juda katta mavqega ega edilar. 81 Rim huquqi ularning alohida toifasi – pontifiklar tomonidan tuzilgan va sharhlangan. Ular butun yuridik faoliyat nazorat qilgan. Rimda huquqning eng qadimgi manbai huquqiy odatlar (mores majorum) bo‘lgan. An’anaga ko‘ra huquqning boshqa manbai Rim podsholarining qonunlari (leges regiae) hisoblangan. XII jadval qonunlari dastlab 10 ta jadval asosida tuzilgan. Ikkinchi maxsus komissiya tomonidan esa dastlabki ikkita jadval bilan to‘ldirilgan. U birinchi rim yozma qonunlari bo‘lib, krivit – tub Rim fuqarolari uchun mo‘ljallangan. 12 ta mis lavhalarga yozilib, hamma ko‘rishi uchun Rim siyosiy hayotining markazi – forumga osib qo‘yilgan. Uni bilish hamma uchun majburiy bo‘lgan. XII jadval qonunlarining asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning mazmuni XVI–XVII asrlarda huquqshunoslarning asarlari asosida tiklangan. Hozirgacha ham uning matni to‘liq bo‘lmasdan qolgan. Hatto ayrim mualliflar (YE. Pais, E. Lamber, R. Shuls va boshqalar)ning ishlarida uning mavjudligi ham shubha ostiga olinadi. Eng qadimgi davrda senat qarorlari (senatus – konsultlar), ayrim hollarda magistratlarning qarorlari ham huquqiy kuchga ega bo‘lgan. Miloddan avvalgi III asr va milodning III asrida XII jadval qonunlari rasman amalda bo‘lgan. IV asrga kelib huquqning ancha muhim manbai pretorlarning ediktlari bo‘lib qolgan. Pretor huquqi o‘zgaruvchan va moslashuvchan bo‘lishi bilan birga, meros tariqasida o‘tishi hamda barqarorligi bilan ajralib turgan. Imperiya o‘rnatilishi bilan imperatorlar qonunlari (konstitutsiyalari) asosiy huquq manbai bo‘lib qolgan. Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan: ediktlar, reskriptlar (imperator maslahatlari), dekretlar (imperatorning sud ishlari qarorlari), mandatlar (hokimlarga jo‘natilgan yo‘l-yo‘riqlar, qo‘llanmalar). Klassik va postklassik davrlarning huquq manbalari ichida taniqli huquqshunoslarning fikrlari, asarlari (degistalar), o‘quv maqsadlarida bayon qilinuvchi institutsiyalari (darslik), shuningdek ularning berilgan savollarga javoblari – konsultatsiyalari ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bundan tashqari, shu davrda imperatorlar ediktlarini tizimlashtirilgan kodekslar ham tuzilgan. Ular mashhur yuristlar yoki ularning jamoasi tomonidan yaratilib, ularning yoki imperatorlarning nomi bilan atalgan hamda huquq manbai tarzida tayanilgan. Masalan, 529 va 534-yillarda Yustinian kodeksi ikki marta nashr qilingan. U 12 kitobdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga imperatorlar konstitutsiya (qonun – novella)larini olgan qonunlar to‘plami hisoblangan. Unga kiritilmagani o‘z kuchini yo‘qotgan. 82 Imperator Yustinian 150000 ga yaqin misrali degistlar hamda mukammal institutsiyalarni ham tizimlashtirishni tashkil qilgan. Aynan Yustinian kodifikatsiyasi rim huquqining butun o‘tgan tarixini bir joyga to‘plovchi manba bo‘lib, uning ko‘p asrlardan buyon rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda chegara qo‘ygan. U o‘z asosi bilan rim huquqining manbai hisoblanadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling