O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


parta davlatining paydo bo‘lishi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Sparta davlatining paydo bo‘lishi. Qadimgi Yunoniston tarixiga katta 
ta’sir o‘tkazgan yana biri Spartadir. Sparta davlati Peloponnesning 
janubida joylashgan bo‘lib, uning poytaxti Sparta deb ataladi. Uning 
tashkil topishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Spartada miloddan avvalgi 
VIII–VII asrlarda davlatning vujudga kelishi asosida ibtidoiy jamoa 
tuzumining yemirilishining umumiy qonuniyatlari yotadi. Biroq 
davlatning shakllanishi jarayoni bilan birga urug‘doshlik tashkilotining 
ko‘pgina qoldiqlari saqlanib qolishda davom etgan. 
Ilgari axayya qabilalari tomonidan bosib olingan Peloponnes yarim 
orolidagi kichkinagina Lakonika viloyatiga miloddan avvalgi XII asrda 
doriy qabilalari bostirib kirgan. Qattiq urushlardan so‘ng axayyaliklar va 
doriylar o‘zaro ittifoq tuzib, Sparta jamoasini tashkil etganlar. O‘zlarini 
spartaliklar deb ataganlar. Ularga axayyaliklar va doriylardan bo‘lgan ikki 
podsho boshchilik qilgan. 
Kichkina Lakonika (300 kv. km.) yangi jamoaga torlik qilishi 
natijasida qo‘shni Messiniyani egallash uchun urush boshlangan. 100-
yilga cho‘zilgan bu urush natijasida Sparta g‘alabaga erishgan. Bosib 
olingan yerlar qabilalarning umumiy mulki bo‘lib, aholisi qullar – 
ilotlarga aylantirilgan. Quldorlar-hukmdorlar hamda qullar va to‘la 
huquqli bo‘lmagan fuqarolar tabaqasi tashkil etilgan. 
Spartaliklarda bu vaqtda ikki urug‘-qabila sardori (podshosi), 
oqsoqollar kengashi va xalq yig‘ini mavjud bo‘lgan. Bosib olingan aholi 
ularga nisbatan 20 baravar ko‘p bo‘lgan. Natijada yangi mustahkam 
siyosiy hokimiyat tashkil etish zarurati tug‘ilgan. Shu tariqa aytish 
mumkinki, Sparta davlatining tashkil topish jarayoni o‘zga xalqlar 
yerlarini bosib olish natijasida ancha tezlashgan.
Spartada hukmron sinfning qudratli harbiy tashkilotga aylangan 
yaxlit ijtimoiy tuzilishi uning yunon davlatlari ichida tez yuksalishiga 
ko‘maklashgan. Miloddan avvalgi V asrga kelib, u deyarli butun 
Peloponnes ustidan o‘z gegemonligini o‘rnatgan.
Miloddan avvalgi. V asrning oxirgi choragi va IV asr boshlariga kelib 
iqtisodiyotning yuksalishi, mulkiy tabaqalanishning kuchayishi natijasida 
siyosiy huquqsiz fuqarolar sonining oshishi va boshqa omillar hisobiga 
Sparta jamoasining birligiga putur yetgan. Harbiy qudrati pasaygan. 
Miloddan avvalgi IV asrda Yunoniston Makedoniya tomonidan bosib 
olinishi natijasida Messeniyaning qo‘ldan ketishi Sparta davlatining 
iqtisodiy asosini yemirgan. 
Miloddan avvalgi III asrda butun aholi ijtimoiy hayotini yaxshilash, 
harbiy qudratni tiklash, to‘la huquqli bo‘lmagan fuqarolarga huquqlar 


 65
berish yo‘li bilan eski tartiblarni qaytadan o‘rnatishga bo‘lgan urinish 
amalga oshmaydi. Quldorlik jamiyatining rivojlanishi ijtimoiy va siyosiy 
tartiblarni halokatga olib kelgan. Ichki kurashlar ta’sirida kuchsizlanib 
qolgan Sparta boshqa yunon davlatlari kabi miloddan avvalgi II asr 
o‘rtasida Rim davlati hokimiyati ostiga tushib qolgan. 
Qadimgi Rim davlatining tashkil topishi va rivojlanishi. Antik 
dunyodagi eng qudratli, yirik davlat – Italiyada tarkib topgan Rim 
respublikasi edi. U O‘rta yer dengiz davlatlari ichida eng kuchlisi bo‘lgan. 
Keyinchalik miloddan avvalgi I asr va milodning II asrida Rim quldorlari 
butun Shimoliy Afrikani, Yevropaning ancha qismini va Old Osiyo 
mamlakatlarini o‘z hukmronligi ostiga olgan va qariyb besh yuz yil hukm 
surgan g‘oyat katta davlatga aylangan. 
Qadimgi Rim davlati tarixini quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganamiz: 
– Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va quldorlik davlatining 
tashkil topishi davri. Bu miloddan avvalgi 753-yilda Rim shahriga asos 
solinishidan to miloddan avvalgi 509-yilda oxirgi Rim podshosi 
Tarkviniy Superbning Rim aholisi tomonidan haydab yuborilishigacha 
bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi; 
– Respublika davri. Miloddan avvalgi 509–27-yillar. Bu davrning 
o‘zi ham 2 bosqichga bo‘linadi: ilk respublika (mil. avv. V–III asrlar) va 
kechki respublika (mil. avv. III–I asrlar); 
– Monarxiya davri. Miloddan avvalgi 27-yildan milodning 476-
yiligacha. Bu davr ham 2 bosqichga: prinsipat (mil. avv. 27-yildan ɬɨ
milodning 284-yillarigacha) va dominat, ya’ni mutlaq yakka hokimlik 
(milodning 284–476-yillari)ga bo‘linadi.
Bundan keyingi davr Rim quldorlik davlatining inqirozi davri bo‘lib, 
milodning 476-yilida G‘arbiy Rimni franklar qabilalari bosib olganlar 
Rim Sharqiy Rim esa Vizantiya nomi bilan 1453-yilda usmonli turklar 
Konstantinopolni bosib olgunlariga qadar yashaydi. 
Miloddan avvalgi I asrga kelib Rimda ham polis tizimi tugagan. 
Qullar qo‘zg‘oloni natijasida miloddan avvalgi I asrda yirik 
davlatchilikka asoslangan imperiya vujudga kelgan. Lekin, uzoq 
vaqtlargacha polis tizimining ta’siri sezilib turgan. Keyingi davrlarda ham 
respublika polis institutlari byurokratik monarxiya tashkil etishga ta’sir 
ko‘rsatgan. Keyingi Rim imperatorlari hokimiyatining mustahkamlanishi 
va xristianlikning qabul qilinishi natijasida polis tartiblari batamom 
tugatilgan. 
Antik dunyo davlatlarida huquqing umumiy va o‘ziga xos xususiyat-
lari. Antik davrda huquq birdaniga shakllanmagan. U ishlab chiqilishi 


 66
bo‘yicha ilk bosqichlarda sharq mamlakatlari huquqiy tizimiga o‘xshash 
bo‘lgan. Antik yunoniston va Rimda huquqning rivojlanishi alohida 
polislar doirasida amalga oshirilgan. Shahar-davlatlarda demokratik 
institutlarning rivojlanishi huquqning diniy-mifologik jihatlardan xolos 
bo‘lishi natijasida tug‘ilgan. Yozilmagan odatlar o‘rniga yozma 
qonunchilik kelgan. Huquq, shunday qilib, antik dunyoda polis hayotini 
tartibga soluvchi nufuzli va majburiy me’yorlar majmuiga aylangan. 
Yunonistonda qonunlar huquq ijodkorligining asosiy shakli sifatida 
e’tirof etilgan. Rimda qonunlar huquqning muhim manbai sifatida 
o‘rnatilgan va odat huquqi kodifikatsiya qilingan. Yunon an’analariga 
asosan huquqning qadimiy kodifikatsiyalari Zalevka tomonidan Lokrada 
(Italiya), Xaronda tomonidan Katon (Sitsiliya) va boshqa yunon shahar-
davlatlarida o‘tkazilgan. Shunga o‘xshash huquqiy to‘plamlardan biri – 
Drakont qonunlari miloddan avvalgi VII asrning oxirida Afinada tuzilgan. 
Afinada xalq majlislari tomonidan yangi demokratik qonunlarning 
qabul qilinishi tartibi miloddan avvalgi VI asrda Solon va Klisfen 
islohotlari bilan joriy qilingan. Rimda esa an’anaviy huquqiy odatlar 
qayta ishlanib, XII jadval qonunlarida yozib qo‘yilgan. Bu qonunlarda 
shuningdek, xalq majlislarining qarorlari qonun hisoblanadi, degan qoida 
nazarda tutilgan. 
Yunon shahar-davlatlarida fuqarolar yoshliklaridanoq qonunlarga va 
polisda o‘rnatilgan tartiblarga bo‘ysunish va ularga hurmat ruhida 
tarbiyalangan. Afinada demokratik tizim o‘rnatilgan bo‘lsa-da, u qullar va 
chet elliklar uchun emas edi. Huquqqa sig‘inish va qonunlarni hurmat 
qilish nisbatan ko‘proq darajada Rim jamiyatida vudjudga kelgan. 
Qonunlarga so‘zsiz amal qilish yuridik majburiyat emas, balki sharafli ish 
hisoblangan. 
Yunonistonda Suqrot, Rimda esa mashhur yurist Sitsiron o‘z siyosiy-
huquqiy ta’limotlarini yaratganlar. Shu tariqa huquqiy davlat g‘oyasining 
ilk shakllanishi yuz bergan. 
Klassik Rim huquqi antik va butun qadimgi dunyo huquqi tarixidagi 
eng yuksak cho‘qqidir. Antik dunyoning eng buyuk yutuqlaridan biri – 
Rim xususiy huquqidir. Bu shakli, mazmuni, mantiqiy asoslanganligi, 
qat’iy va aniq bayon qilinganligi uchun uni keyingi davrlarda retsepsiya 
qilinishiga (andoza qilib olinishiga) sabab bo‘lgan. Rim huquqi bilan 
birga rim yurisprudensiyasi ham rivojlangan. Rim yurisprudensiyasi 
asosida yuridik kasb tug‘ilgan. Unga mos ravishda esa maxsus huquqiy 
ta’limga asos solingan. 


 67

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling