O’zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiya m. A. Rustamov ingliz tili darslik
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
M.A.Rustamov Ingliz tili 2010
SO‘Z BOSHI Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida ingliz tilini o‘rganayotgan tinglovchilar va amaliyot xodimlari uchun mo‘ljallangan. Darslikni yaratishdan asosiy maqsad undan o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida tinglovchi va kursanlarning ingliz tili bo‘yicha ta’limning avvalgi bosqichlarida egallagan tayanch bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va kasbga yo‘naltirgan holda rivojlantirish yo‘lida amalda foydalanishdir. U tinglovchilarni ingliz tili fonetikasi, orfografiyasi, grammatikasi va leksikasi asoslari bilan tanishtirish, inglizcha nutq tovushlari va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, urg‘u va intonatsiyani to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, so‘z boyligini doimo oshirib borish, inglizcha yozma manbalarni ovoz chiqarib va ichda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini takomillashtirish, og‘zaki erkin muloqat ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, bo‘lajak kasblariga aloqador original matnlar mazmunini o‘qib tushunish va ulardan kerakli ma’lumotlarni ajratib olish kabi malakalarni egallashlariga yaqindan yordam beradi. Darslikdan o‘rin olgan grammatik material avvalgi bosqichlarda o‘tilgan mavzularni takrorlash va ularni qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Leksik materialning asosiy qismi kundalik turmushda keng qo‘llanuvchi grammatik qoliplar, so‘z va iboralar, huquqshunoslikka oid ommalashgan atamalar va kasb-hunar leksikasini aks ettirgan. O‘quv qo‘lanmada berilgan matn va topshriqlar tinglovchilarni inglizcha og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlariga o‘rgatish maqsadidan kelib chiqib tanlab olingan. Matnlar, dialoglar, og‘zaki va yozma mashqlar hamda boshqa ijodiy ishlar uchun berilgan topshiriqlarning mazmuni maishiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarni qamrab olgan. Ingliz tilini o‘rganishda tinglovchilar oldiga ingliz tilining fonetik va grammatik xususiyatlarini, og‘zaki va rasmiy til uslublari xususiyatlarini, tarjima nazariyasiga oid zarur ma’lumotlarni, mutaxassislik tilining atamalar qatlamini va kasb-hunar leksikasini, lug‘atlardan to‘g‘ri foydalanishni, inglizcha matnni eshitib tushunishni, sohaga oid inglizcha manbalarni o‘qish va ulardagi ma’lumotlarni tahlil qilishni, o‘z xizmat faoliyatida inglizcha manbalardagi ma’lumotlardan foydalanishni, ingliz tilidan ona tiliga va ona - 4 - tilidan ingliz tiliga tarjima qilishni o‘rganish vazifalari qo‘yiladi. Mashg‘ulotlarda ingliz tilining fonetikasi, grammatikasi va leksikasiga oid mavzularni darslikda berilgan izchillikda tushuntirib borish va o‘quv mavzularini mustahkamlash uchun berilgan mashq va topshiriqlarni to‘liq bajarish tavsiya etiladi. Har bir mashg‘ulotda nutq faoliyatining barcha turlari, ya’ni o‘qish, yozish, gapirish va eshitishga o‘rin berilishi maqsadga muvofiq. Barcha mavzular bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar ushbu darslik va «Ingliz tili» fani bo‘yicha o‘quv dasturida tavsiya etilgan. Tilni yanada chuqurroq o‘rganish uchun mo‘ljallangan boshqa adabiyotlardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Darslik mazkur ixtisoslik bo‘yicha o‘zbek tilida ilk marotaba tayorlanlganligi bois unda muayyan kamchiliklar uchrashi tabiiy. Shu bois muallif ushbu o‘quv qo‘llanma yuzasidan bildirilgan tanqidiy fikr-mulohazalar va takliflarni mamnuniyat bilan qabul qiladi va kelgusi ishlarida ulardan foydalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling