O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi farg‘ona akademik litseyi 3-18 guruh o‘quvchisi akramov ro‘zimuhammadning ‘‘pul muomalasining huquqiy asoslari’’ mavzusida tayyorlagan taqd
Download 493.56 Kb.
|
pul muomalasi SLAYD
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tushunchasi va ularni tashkil etish asoslari. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank hisobvaraqlarida tegishli summalarni yozib borish vositasida, ya’ni to‘lovchining hisobvarag‘idan oluvchining hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazish yoki o‘zaro talablarni qarz surishish yo‘li bilan amalga oshiriladigan to‘lovlar majmuidir. Naqd pulsiz hisob-kitoblar korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida quyidagi o‘zaro munosabatlarni yuzaga keltiruvchi vositadir: a) o‘zaro munosabatlar (realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash); b) moliya tizimi bilan munosabatlar (soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash); d) kredit tizimi bilan munosabatlar (bank kreditlarini olish va qaytarish); e) yuqori boshqaruv organlari bilan munosabatlar (mablag‘larni idora ichida taqsimlash va qayta taqsimlash). Naqd pulsiz hisob-kitoblar qisman aholi daromadlarini tashkil etish va ulardan foydalanishga xizmat ko‘rsatadi (daromadlarning bir qismini omonatlarga o‘tkazish, tovarlarga to‘lov uchun cheklardan foydalanish va h.k.). Naqd pulsiz hisob-kitoblarni keng qo‘llash mamlakat moliya tizimi asosiy bo‘g‘inlarining normal ishlashi uchun katta ahamiyatga ega, chunki pul hisob-kitoblari orqali davlat pul mablag‘larining turli jamg‘armalarini tashkil etish, ularni taqsimlash va foydalanish hisobini yuritadi va nazorat qiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning to‘g‘ri tashkil etilishi korxona, tashkilot va aholi pul daromadlari bir qismining budjetga kelib tushishi hamda budjet hisobidan uzluksiz moliyalashtirish uchun yordam beradi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning banklar orqali amalga oshirilishi majburiyligi banklarda kredit resurslari hosil bo‘lishini ta’minlaydi, pul muomalasini tezlashtiradi, naqd pul muomalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mablag‘lar quyidagi to‘lovlarni nazarda tutuvchi to‘lov hujjatlari bo‘yicha hisobdan chiqariladi: a) budjetga to‘lovlar (davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, jarima sanksiyalari va davlat bojidan tushgan mablag‘lar, respublika va mahalliy budjetlarda to‘planadigan mablag‘lar ham shunga kiradi); b) budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar; d) mehnat huquqiy munosabatlari va ularga tenglashtirilgan to‘lovlardan kelib chiqadigan talablarni qondirish uchun to‘lovlar. Bunda ushbu majburiyatlar teng darajada bajarilishi ta’minlanishi kerakDownload 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling