O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi farg‘ona akademik litseyi 3-18 guruh o‘quvchisi akramov ro‘zimuhammadning ‘‘pul muomalasining huquqiy asoslari’’ mavzusida tayyorlagan taqd


Download 493.56 Kb.
bet11/13
Sana09.01.2022
Hajmi493.56 Kb.
#257479
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
pul muomalasi SLAYD

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining milliy valutasini «SO‘M»ni joriy etdi va xorij valutasi ishtirokida operatsiyalarni mustaqil ravishda amalga oshira boshladi. Shu o‘rindavalutaning o‘zi nima degan savol tug‘ilishi tabiiyki; Valuta tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi, ya’ni: birinchidan, valuta davlatning pul birligi hisoblanadi; ikkinchidan, valuta xorij davlatlarining pul birligi, shuningdek xalqaro hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan va xorij pul birligida ifodalangan kredit va to‘lov hujjatlari hisoblanadi. Moliyada, shuningdek moliya huquqida «valuta» tushunchasi ko‘pincha ikkinchi (xorij davlatlarining pul birligi) ma’nosida ishlatiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda valutani ichki va tashki valutaga bo‘lishimiz mumkin. Ichki va tashqi valuta o‘rtasidagi farqni ochib berish uchun: a) bitta davlat hududida foydalaniladigan va konvertatsiya qilinmaydigan valuta; b) xorij valutasiga almashtiriladigan va xalqaro bozorda to‘lov vositasi hisoblanadigan konvertatsiya qilinadigan valuta; d) tashqi valuta operatsiyalarida va ba’zi bir subyektlar o‘rtasida qisman foydalaniladigan valuta qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunda ilk bor «valuta» haqida tushuncha berildi. Mazkur qonunning 1-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining pul birligi «SO‘M» hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida yagona qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi pul birligining xarid qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan yagona pul-kredit siyosati o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining valutasi – bu: – muomilada bo‘lgan, shuningdek muomiladan chiqarilgan yoki chiqariladigan, lekin tegishli banknotlar va tangalar bilan almashtiriladigan so‘m hisoblanadi; – O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlarda saqlanadigan pul mablag‘lari hisoblanadi; – O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bank va kredit muassasalaridagi hisob raqamlarda saqlanadigan pul mablag‘lari


Download 493.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling