O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Download 20.71 Kb.
|
GAI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaz direktori Sh. Sodikov
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi Sizning 2023-yil 19-maydagi 24/10-4263-sonli murojaatingizni ko‘rib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi. Elektron kooperatsiya portali o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonun hujjatlari asosida o‘z faoliyatini olib boradi. Murojaatingizda keltirilgan savollar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq Davlat buyurtmachisi Portaldagi elektron tijorat platformasida yetkazib beruvchilarning ofertalarini o‘rganish yo‘li bilan o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni tanlaydi va tovar tanlanganidan keyin narxlar so‘rovi mexanizmidan foydalanadi. Buyurtmachi tomonidan hujjatlar tayyorlanishi nazarda tutilmagan. IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va “Viva universal line” MChJ o‘rtasida 2022-yil 5-dekabr kuni tuzilgan 0150435-sonli, 2023-yil 29-yanvar kuni tuzilgan 0157394-sonli hamda “Alp texno servis” XK bilan 2023-yil 5-fevral kuni tuzilgan 0158322-sonli shartnomalar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq qonuniy tuzilgan. Yuqoridagi Nizomning 5-bobida (Elektron kooperatsiya portali orqali xaridlarni amalga oshirish tartibi) buyurtmachi boshlang‘ich narx ko‘rsatgan holda savdoda qatnashishi belgilanmagan. Mazkur Nizom talabalariga ko‘ra buyurtmachi tomonidan tizimdagi boshlang‘ich narxlarni o‘zgartirish imkoni berilmagan, ya’ni faqat yetkazib beruvachilar taklif etayotgan narxlardan foydalaniladi. Nizomning 5-bobiga asosan barcha operatsiyalar elektron tarzda inson omilisiz bajariladi va shartnomalarning shakllantirish jarayonida ishtirok etayotgan yetkazib beruvchilarni buyurtmachi tomonidan kuzatish imkoniyati yaratilmagan. Nizomning 23-bandi talablariga ko‘ra shartnomalar yetkazib beruvchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda elektron tarzda inson omilsiz shakllantiriladi. “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 33-moddasida Davlat xaridlari qiymatining bozor narxlariga muvofiqligini baholash uchun davlat buyurtmachisi ochiq axborot manbalaridagi axborotlardan yoki boshqa ishonchli manbalardan foydalanilishi belgilangan. Mazkur Qonuning 21-moddasi talablariga ko‘ra bozor narxlarini o‘rganish yuzasidan davlat byurtmachisi ixtisoslashgan tashkilot (konsalting korxonalari) xizmatlaridan foydalanish mumkin. Yuqoridagi qonunning 71-moddasida agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berilsa, shartnoma va shartnomaga oid qo‘shimcha kelishuvlar Kompleks ekspertiza qilish markazida kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozimligi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno ekanligi belgilangan. Elektron kooperatsiya portali orqali shakllangan shartnomalar narx so‘rovi mexanizmi asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilmagan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda Elektron kooperatsiya portali orqali tuziladigan shartnomalarning minimal yoki maksimal qiymati belgilanmagan. Mazkur Nizom va davlat xaridlari sohasidagi boshqa hujjatlarda byudjet tashkilotlari uchun Elektron kooperatsiya portali orqali davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha cheklovlar belgilanmagan. Elektron kooperatsiya portali orqali qilingan xaridlar “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 30-moddasiga muvofiq xaridlarning boshqa raqobatli turi hisoblanadi, elektron tender emas. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga ko‘ra Elektron kooperatsiya portali orqali bir tashkilot bir nechta savdolarda qatnashgan bo‘lsa, bunday tashkilot bilan bir nechta shartnoma tuzish yuzasidan hech ta’qiq mavjud emas. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Raqamli transformatsiya markazining +998 71 203 25 55 telefon raqami bilan bog‘lanishingiz mumkin. Markaz direktori Sh. Sodikov Ijr.: H. Xudoyqulov Tel.: 71-203-25-55 Download 20.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling