O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Musulmon huquqiy tizimining xususiyatlari


Download 431.45 Kb.
bet26/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

2-§. Musulmon huquqiy tizimining xususiyatlari


Arab xalifaligida O‘rta asr Sharqining eng muhim huquqiy tizim- laridan biri hisoblangan musulmon huquqi (shariat) vujudga keldi va shakllandi. Shariatning ta’siri va faoliyat doirasi faqat Arabiston hududida cheklanib qolmasdan, balki undan tashqari mintaqalarda ham keng quloch yoydi. Islom dini bilan birga shariat normalari Old va O‘rta Osiyoda, Shimoliy Kavkaz va Kavkazorti, Sharqiy va G‘arbiy Afrika hamda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning qator mamlakatlarida keng tarqaldi. Uning barcha tarmoqlari va muassasalari Arab xalifaligining barcha mintaqalaridagi singari amalga kiritildi va shariat asosiy huquqiy norma tusini oldi.

Islom huquqi o‘zidan oldingi Sharq mamlakatlari huquqining ko‘pgina unsur va jihatlarini, jumladan islomgacha bo‘lgan Arabiston va bosib olingan hududlarda mavjud huquqiy odat va an’analarni o‘zida mujassamlashtirdi. Arab xalifaligining dastlabki o‘n yilligida, ya’ni shakllanish davrida shariat qabila va davlatning o‘ziga xos jihatlarini, mazmun va mohiyat jihatidan qator odatlar va huquqiy normalarni o‘zida aks ettirgan.

Shariat – to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l, qonunchilik ma’nolarini anglatib, islom diniy huquq tizimidir. Unda sof huquqiy masalalardan tashqari, axloqiy normalar va amaliy diniy talablarga ham qonuniy ruh singdirilgan. Shariat bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish Qur’on asosida amalga oshirilgan.

VIII asrdan e’tiboran turli musulmon huquqiy maktablari shakllana boshlagan. XII asrga kelib musulmon huquqi nazariyasining to‘la shakllanishi ushbu huquq tizimini tarkibiy qismlarga bo‘lish, uning normalarini tasniflash masalalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Amaliyotda u yoki bu masalani hal qilishda asosiy manbalarda tegishli qoida bo‘lmasa, masala hal qilinayotgan hududda hukmronlik qilayotgan musulmon huquqi maktabi ta’limotiga, yirik huquqshunos olimlarning asarlariga shu mintaqada keng tarqalgan tayanib hukm yoki qaror chiqarish qoidaga aylandi.

Musulmon huquqi tuzilishini tavsiflashda uning normalarini tahlil etish muhim ahamiyatga ega. Musulmon huquqshunoslari musulmon huquqi normalariga shunday ta’rif beradilar, ya’ni musulmon huquqi normasi bu e’tiqod etuvchilar uchun bevosita Olloh tomonidan vahiy yuborish yo‘li bilan, yoki Olloh irodasini yirik shariat peshvolari tomonidan sharhlash orqali chiqarilgan xulosadan iborat. Har qanday norma ko‘rsatib o‘tilgan manbalardan biriga asoslanishi lozim.

Musulmon huquqining boshqa huquqiy tizimlardan, jumladan roman- german huquqiy tizimidan muhim farqi shundaki, uni sohalarga bo‘lish manbalarga bog‘liq emas. Bitta manba musulmon huquqining bir necha sohasi uchun asos, zamin sifatida xizmat qilishi mumkin. Musulmon huquqining shakllanish davrida uni sohalarga bo‘lish masalasi ko‘tarilmagan. Dastlab huquq normalarini mazmuniga qarab guruhlashga harakat qilingan. Musulmon huquqi nazariyasining to‘la shakllanishi davriga kelib uning normalarini sohalarga bo‘lish boshlandi. Lekin musulmon huquqi normalarini alohida sohalarga taqsimlash borasida yakdillik bo‘lmagan. Bu hol hozirgacha saqlanib qolmoqda. Bir qator tadqiqotchilar musulmon huquqi normalarini uchta katta guruhga

bo‘ladilar, yoki musulmon huquq tizimi o‘z ichiga musulmonlarning uch asosiy hayot tarzini tartibga soladigan norma va tamoyillarni qamrab oladi: 1) musulmonlar bilan Olloh o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar; 2) kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi normalar; 3) davlatlar yoki dinlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalar.

Musulmon huquqining manbalarini Qur’oni karim, sunnat, ijmo‘ hamda qiyos tashkil etadi. Qur’ondagi 6200 ta oyatning aksariyati diniy- axloqiy masalalarga taalluqli, ma’lumotlarga ko‘ra 300 dan ortiqrog‘i huquqiy xarakterga ega. Musulmon faqihlari huquq sohasidagi bahslar yuzasidan kelishilgan fikr (oldin Qur’onga tavsir beriladi, so‘ng esa ijmo)ni bera boshlaganlar. Qiyos yoki taqqoslash bo‘yicha xulosa chiqarish usuli ma’lum me’yorni, agar taqqoslashning maqsadi va asosi mazkur me’yor maqsadi va asosiga mos tushsa, o‘zi bevosita nazarda tutgan hodisaga nisbatan qo‘llash imkonini beradi.

Musulmon huquqining Sunniylik mazhabi va uning maktablari quyidagicha: xanafiylik, molikiy, shofi’iylar, xanbaliylar. Shia mazhabi va maktablari esa imomat, ismoiliylar va zaydiylardan iborat.

Musulmon huquqi maktablarining dastlabki soni besh yuzga yaqin bo‘lib, ular huquqiy manbadan foydalanish darajasi, shart-sharoit va sharhlanishi hamda joylardagi urf-odatlarning hisobga olinishiga ko‘ra bo‘lingan.

Musulmon huquqi normalarini turlash, sohalarga bo‘lish eng muammoli masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois ushbu masalalarga yondashish va hal qilish turli davrlarda har xil oqimga mansub olimlar tomonidan turlicha bo‘lgan. Musulmon huquqshunoslari huquq normalarini manbalariga qarab ikkita katta guruhga bo‘ladilar.

Birinchi guruh – Qur’oni Karim va hadislar normalari. Ushbu guruhga mansub normalar eng ishonchli, haqiqiy normalar sifatida qaraladi.




Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling