O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. IX–XIII asrlarda Movarounnahrda davlatchilikning rivojlanishi


Download 431.45 Kb.
bet28/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

1-§. IX–XIII asrlarda Movarounnahrda davlatchilikning rivojlanishi


VIII–IX asrlarda Arab xalifaligi o‘ndan ortiq mustaqil davlatlarga bo‘linib ketgan. Arab xalifaligining sharqiy noibligi bo‘lgan Xuroson IX asrning o‘rtalariga kelib qariyb mustaqil davlat sifatida boshqarilgan. O‘rta Osiyo xalqlarining arablar hukmronligiga qarshi kurashi kuchayishi natijasida o‘lkada mahalliy hukmdorlar hokimiyati o‘rnatildi.

Arablar xalifaligi davrlaridanoq ikki daryo oralig‘i Buxoro amirligi tomonidan boshqarila boshlagan. Bu yerda bir vaqtning o‘zida Xuroson noibi tomonidan tayinlangan amir va Buxoro podshosi faoliyat yuritgan.

Xuroson noibligi tarkibidagi Movarounnahrning barcha viloyatlari Bidun Buxorxudotning avlodlaridan mahalliy hukmdor sulolalar – Tohiriylar va Somoniylar1 tomonidan boshqarilgan. Ular Xuroson noibiga bo‘ysunuvchi ikkinchi darajali hokim – noiblar hisoblangan. Viloyatlar ularga sodiqligi uchun in’om qilingan mulk maqomida bo‘ladi. Hukmron sulola vakillari, ya’ni noiblar joylarda chaqa pul (fulus) zarb qilish huquqiga ega edilar.

Movarounnahrda Somoniylar vakillarining mamlakatni birlashtirish- ga qaratilgan harakatlari 856-yildan boshlandi. Xuroson noibiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan buxoroliklarning taklifiga binoan Ismoil Somoniy (874–907-y.) Buxoroga noib etib tayinlandi. U kumush dirhamlarni zarb qildirib, 888-yilda Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylandi.



Somoniylar davlati va huquqi, uning ijtimoiy-siyosiy tuzumi O‘zbekiston tarixida muhim davrlardan birini tashkil qilib, ko‘plab o‘zgarishlar shu davlat nomi bilan bog‘lanadi. Chunonchi, Somoniylar davridan keyin hozirgi O‘zbekiston hududida davlat va huquq masalalari Qoraxoniylar, Saljuqiylar va undan so‘ng Xorazmshohlar davlati bilan bevosita bog‘liqdir.




1 Izoh: Somoniylar xonadoni asoschisi Shimoliy Afg‘onistonning Balx viloyatidan bo‘lgan yer egasi, dehqon Samonxudot. Bu sulola o‘zini Eronning qadimgi podsholari Sosoniylardan kelib chiqqanligini da’vo qiladi. Qarang: bocbopm P.5. Mycyuamahckme Дmhactmm. M., 1971. C. 145.

Shu davrda arab xalifaligiga va Eronga mos bo‘lgan markaziy boshqaruv organlar hisoblangan mahkamalar, davlat idoralarining devonlar tizimi, organlariga ham kirib kelgan. Keyingi davrlarda, ya’ni XX asrga qadar bugungi O‘zbekiston hududida tashkil topgan davlatlarda mustahkam o‘rin olgan.

Davlatchilik an’analari singari islom huquqi ham yo‘q bo‘lib ketmadi. Aksincha, islom huquqi mahalliy sharoitdan kelib chiqib takomillashtirib borildi. Ko‘pgina munosabatlar aynan musulmon huquqi orqali tartibga solinib borilgan. Islom dini xalq tomonidan e’zozlanib kelgan.


Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling