O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 431.45 Kb.
|
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
BBK 67.(5U)ya73 O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012 2 KIRISHDavlat va huquq ijtimoiy hodisalar bo‘lib, jamiyatning muhim, ajralmas tarkibiy qismini tashkil qiladi. Jamiyat tarixi va unga mos holda davlat va huquq tarixi uzluksiz rivojlanish jarayonidan iborat. Davlat va huquq tarixini o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega masalalardan biridir. O‘zbekiston Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov ushbu masalaning naqadar dolzarb ekanligiga e’tiborni qaratib shunday deydi: «Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo‘lib turibdi. Nega deganda, O‘zbekistonda davlatchilik bo‘lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo‘layotgan, kerak bo‘lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g‘alamislarning orasida qanday qilib bo‘lsa ham bizni yana sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar yo‘q, deysizmi? O‘zbek tarixchilarining asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir»1. Tarix o‘tmishning yig‘ilgan tajribalarini saqlovchi, uni avlodlarga asrab yetkazib keluvchidir. Hozirgi zamonning har bir yirik masalasi hayotning qaysi sohasida bo‘lmasin, jumladan, davlat va huquqiy tajribalarni hisobga olmasdan, chuqur o‘rganmasdan hamda unumli foydalanmasdan, samarali hal etilishi mumkin emas. Binobarin, davlatimiz rahbari I.A. Karimov ta’kidlaganidek: «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi... Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi... Inson uchun tarixdan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir»2. Ma’lumki, O‘zbekiston 1991-yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kirit- ganidan so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, «o‘zbek modeli» deb nom olgan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Ushbu modelning ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar
tashabbuskori bo‘lishi ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma- bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q», «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» va shu kabi boshqa asarlari davlat va huquq tarixini o‘rganishda, davlatchilik taraqqiyotiga xolisona baho berishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlari avvalo inson, fuqaro sifatida o‘z mamlakatining tarixi, milliy davlatchilik tarixi, huquqiy taraqqiyot bosqichlari va tajribalarini mukammal bilishi zarur. Qolaversa, har bir huquqshunos davlat va yuridik muassasalar, huquqiy institutlar murakkab tizimining vujudga kelishi va taraqqiy etishi jarayonini mukammal bilishi muhimdir. I BOB. DAVLAT VA HUQUQ TARIXI FANINING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI Download 431.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling