O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet7/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Parfiya podsholigi tashkil topdi. Keyinchalik Parfiya jahondagi eng qudratli davlatlardan biriga aylanadi. Uning ijtimoiy tuzumi zodagon jangchilar, yengil qurollangan suvoriylar; erkin jamoachi dehqonlar va qullardan iborat bo‘lgan. Davlat boshlig‘i podshoh bo‘lib, uning hokimiyati ikkita kengash bilan cheklangan edi. Birinchi kengash urug‘ zadogonlari, ikkinchisi kohinlar kengashi. Bu ikki kengash birgalikda avvalgi davlat boshlig‘ining merosxo‘r haqidagi vasiyatini hisobga olgan holda yangi podshohni saylagan. Parfiya davlati bir necha kichik podsholiklarga bo‘lingan bo‘lib, ularning hukmdorlari o‘zlarining tangalarini zarb etish huquqidan foydalangan. Bu kichik podsholiklar satrapliklarga, ular gipaxariylarga, ular esa statmilarga bo‘lingan. Bir guruh satraplarga marzpanlar boshchilik qilgan.

Har bir qishloq alohida qal’ani tashkil qilib, dizpat nomi bilan yuritilgan qal’a boshlig‘i tomonidan boshqarilgan. Dizpatlar satrapga bo‘ysungan. Otliq qo‘shin boshlig‘i Tiridat. Bir necha xazinachilar bo‘lgan. Soliqlarni yig‘ish, yig‘ilgan mahsulotlarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi, mirza, muhrdor, hisobchi kabi mansabdor shaxslar faoliyat ko‘rsatgan. Mahalliy ma’murlarning asosiy vazifasi soliqlarni yig‘ish, xalqni mavjud tartiblarga itoatda tutib turish bo‘lgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda yirik shaharlarda o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lgan, shaharlarning tanga pullari bo‘lgan.

Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oxiri va milodning birinchi ming yilligi boshlarida Osiyoda katta mavqega ega bo‘lgan davlatlardan biri – Xunnlar davlatidir. Uyg‘urlar va boshqa turkiy xalqlarning ajdodlari bo‘lmish xunlar miloddan burungi 209-yiligacha 500 yil hukm surgan qudratli Xun Tangriqutligi (imperiyasi)ni vujudga keltirdilar.

Mazkur imperiyaning hududi kunchiqarda ulug‘ okean qirg‘oqlarigacha borib tutashgan, shimolda Lena daryosi, Boyko‘l (Baykal ko‘li), Yansi daryosining o‘rta iqlimlarigacha, janubda Xitoy devorigacha, g‘arbi janubda Hindiston (Sind)ning shimoligacha, yaksartlar, abinlar, assionlar va boshqa qabilalar istiqomat qiluvchi Sirdaryoning shimoliy va shimoliy sharqiy qismlari, g‘arbda Kaspiy dengizining sohillarigacha cho‘zilgan.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, xunlar qo‘shni davlatlarga tez-tez hujumlar uyushtirib turganlar. Bu hujumlar ko‘pchilik hollarda ularga muvaffaqiyat keltirgan. Lekin ko‘p o‘tmay, xunnlar o‘rtasida nizo vujudga kelib, janubiy xunnlar (Oq xunnlar) va shimoliy xunnlar (Ko‘k xunnlar)ga bo‘linish yuz bergan. Ana shunday urushlardan birida Kushonlar–Oq xunnlar Ko‘k xunnlardan yengilib Qoshg‘ardan siqib

chiqariladi va Farg‘ona orqali Baqtriyaga o‘tib, uni bosib oladilar. Xunnu qabilalarining bir qismi miloddan avvalgi III–II asrlarda Sibirda qo‘nim topgan. Miloddan avvalgi II asrda Xunnular Markaziy Osiyodan Ural oldi rayonlariga ko‘chib o‘tgan. Ularning mahalliy sarmatlar bilan qo‘shilib- chatishib ketishlari natijasida xunn qabilalari (Gunlar) paydo bo‘lgan. Xun qabila ittifoqining bir qismi Yettisuv va Sirdaryo bo‘ylaridagi poyonsiz cho‘llarga ko‘chib o‘tadilar va bu yerli sak, massaget qabilalari bilan aralashib ketadilar.

Xunnlar davlati tepasida shanyuy (ulug‘ azim) turgan. Shanyuy lavozimini xunnlar qabilasiga kiruvchi 24 ta urug‘ boshliqlaridan eng ulug‘i egallagan. U katta vakolatlarga ega bo‘lsa-da, uning hokimiyati mutlaq emas edi. Shanyuy hokimiyati har biri 2 mingdan 10 minggacha otliq qo‘shinga ega bo‘lgan urug‘ boshliqlari tomonidan cheklangan edi. Dastlabki davrlarda Shanyuy urug‘ boshliqlari tomonidan saylangan, keyinchalik esa saylov o‘rnini taxtga o‘tqazish marosimi egallagan. Xunnlar davlatining so‘nggi davriga kelib davlat boshlig‘ining hokimiyati vasiyat asosida meros tariqasida otadan o‘g‘ilga o‘tadigan bo‘lgan. Davlat boshlig‘i – shanyuy harbiy, diplomatik va diniy sohalarga boshchilik qilgan. Qonunchilik hokimiyati ham uning qo‘lida bo‘lgan.

Xunnlar qabilasidagi urug‘lardan Xuyan, Lan va Syuybu urug‘lari asilzoda urug‘lar hisoblanib, davlat idoralaridagi yuqori mansablarga ularning vakillari tayinlangan. Masalan, sudya lavozimiga Syuybu urug‘i vakili tayinlangan. Boshqa urug‘lar asilzoda urug‘lar foydalangan imtiyozlardan mahrum etilgan bo‘lsalarda, biroq ular o‘zlarining ichki ishlari borasida mustaqil bo‘lganlar. Ularning o‘z hukmdorlari bo‘lib, ularning hokimiyati meros tariqasida o‘g‘illariga o‘tgan.

Xunnlar davlatining markaziy boshqaruv devonida asosiy vazifalar shahzodalar, xizmatchi asilzodalar va urug‘ zodagonlari o‘rtasida taqsimlangan.

Qadimgi davr davlatchiligi va huquq tarixini o‘rganishda diniy, tarixiy, huquqiy hujjatlarning ahamiyati beqiyosdir.

Ahamoniylar davlatining turli mintaqalarida huquq tizimi va institutlari har xil bo‘lgan. Doro davrida yagona huquq tizimini tashkil qilish maqsadida qonunlar qabul qilinganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin bu qonunlar bizgacha yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ahamoniylar davlatida podshohning fikri, xulosasi, qarori hal qiluvchi rol o‘ynagan. Uning qarori qat’iy bo‘lib, o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan. Lekin podshoh davlatni boshqarishda forslarning an’analarini hurmat qilish, yettita asilzodalar urug‘larining vakillari bilan maslahatlashib ish ko‘rishi lozim edi.

Doro I ayrim ishlarni shaxsan o‘zi ko‘rib hal qilgan alohida ishlarni ko‘rish uchun sudyalar tayinlagan. Oddiy jinoyatlar podshoh tomonidan tayinlanadigan sudyalar tomonidan ko‘rilgan. Sudyalik lavozimi meros tariqasida farzandga o‘tgan. Podshohga, uning oila a’zolariga qarshi qaratilgan jinoyatlar eng og‘ir jinoyatlar hisoblanib, o‘lim jazosi bilan jazolangan. Ko‘pchilik hollarda butun oila a’zolari o‘limga hukm qilingan. Boshqa jinoyatlar birinchi marta sodir etilganda o‘lim jazosi qo‘llanilmagan, faqat bir necha jinoyatlarni sodir qilganligi uchun o‘lim jazosi qo‘llanilgan.

Qadimgi davr huquq manbalaridan biri «Avesto»dir. Miloddan avvalgi IX asrlarda mazdaparastlik va bu dinning muqaddas kitobi

«Avesto» yuzaga keldi. Tadqiqotlarga ko‘ra, «Avesto» taxminan Miloddan avvalgi IX asrdan IV asrgacha tuzilgan. Bu nodir kitob shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosdir. «Avesto» kitobi ayni zamonda bu o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Avesto 21 kitob (nasx)dan, gatlar (eng qadimgi qismlar), yashtlar, urf-odat hamda marosimlar bayoni iborat. Uning matni o‘n ikki ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan. Bu nusxa to Iskandar zamonasiga qadar Istahr shahrida saqlangan. Iskandar bu yurtni bosib olgach, uni yo‘q qilib yuborgan.

Avesto 348 bobdan iborat bo‘lgan, unda 345700 so‘z bo‘lgan. Avestoning Vendidot1 kitobida huquqiy qoidalar o‘z aksini topgan. U qadimiy mug‘larning odat va an’analari, rasm-rusumlari, axloq-odob, madaniyat va maorifini, qonunlarini o‘z ichiga olgan.

Avestoda jinoyat, oila-nikoh, fuqarolik, harbiy, sud huquqi normalari mavjud. Vandidodda mehnat, yaratuvchilik, saxiylik, ezgulik, poklik, yaxshi niyat va yaxshi so‘z ulug‘lanadi. Uning 13, 14-boblarida suvning qadriga yetish, undan unumli foydalanish haqida, har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har kishi «bir belkurak» kenglikda va chuqurlikda ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni ifloslantirmaslik, yerga ishlov berish, bug‘doy, giyoh va mevali daraxt ekish to‘g‘risidagi normalar bor. Bu normalarni buzganlik uchun majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan.






1 Izoh: «Viydayevaodatem» yoki «vaydaivodata» – «devlarni uzoqlashtiruvchi qonun» yoxud «Devlarga qarshi nizom (qonun)» degan ma’nolarni anglatadi.

Tozalikka rioya qilmaganlarga nisbatan qattiq jazo belgilangan. O‘lgan odamni yoki itni yerga ko‘mib 6 oygacha qazib olmasa besh yuz qamchin «aspahih-ashatra», besh yuz qamchi «saravushu-charana» bilan jazolangan. Agar bir yilgacha qazib olmasa, 2000 darra urish bilan jazolangan. Kim o‘likni yoqsa o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Oila-nikoh borasida oilani mustahkamlash va bola tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor berilgan. Er-xotinning bir-biriga xiyonat qilganligi, nikohsiz er-xotinlik munosabatida bo‘lganlik uchun tan jazosi belgilangan.

Qadimgi davrlarda mansabdorlik jinoyatlari – mansabni suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik, adolatsiz hukm chiqarish, xudolarga va kohinlarga qarshi, shaxsga qarshi (odam o‘ldirish, tan jarohati yetkazish, urish, zahar va nasha tayyorlash), mulkiy (o‘g‘irlik, mulklarni yoqib yuborish, chegara belgilarini yo‘q qilish) uchun ham jazo borligi haqida ma’lumotlar bor. Jinoyatchilarga nisbatan o‘lim jazosi, tan jazosi, mol-mulkni musodara qilish, pul jarimasi, qamoq jazosi qo‘llanilgan. Dalil sifatida sudda aybdorning o‘z aybini bo‘yniga olish, guvohlarning ko‘rsatmalari, qasam ichish kabilar tan olingan. Sud jarayonida olov, qizdirilgan temirni bosish, eritilgan qo‘rg‘oshinni ko‘krakka quyish kabi turli qiynoqlar qo‘llanilgan. Shunday qilib, Avesto va uning huquqiy qismi bo‘lgan Vandidod jamiyatni pok saqlash, ezgulikni ulug‘lash, yomon illatlarni bartaraf etish, xalqni farovon va yaxshi turmush kechirishini ta’minlashga xizmat

qilgan.


  1. Download 431.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling