O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
§. Eramizga qadar O‘zbekiston hududida davlat va huquq
Download 431.45 Kb.
|
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qang‘ davlatidir
- Grek-Baqtriya
§. Eramizga qadar O‘zbekiston hududida davlat va huquqDavlat va huquq tarixi fanining asosiy vazifalaridan biri – bu mustaqil davlatchilik sharoitida O‘zbekiston hududida davlat va huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixini chuqur ilmiy va xolisona o‘rganish, tarixiy taraqqiyotning siyosiy-huquqiy yutuqlaridan mustaqil o‘zbek davlatchiligi va uning huquqiy tizimini takomillashtirishda foydalanish, qolaversa, boy va betakror tariximizni jahon jamoatchiligiga namoyish etishdir. Ushbu mavzu O‘zbekiston hududida davlatchilik va huquq tarixining ilk, o‘z navbatida, murakkab davriga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ushbu zaminda siyosiy-huquqiy institutlarning paydo bo‘lish shart-sharoitlari va sabablari, ilk davlat tuzilmalari, ularning siyosiy tuzumi, huquq manbalari, tarmoqlari va institutlari, O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishiga qadar bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalarga asosiy e’tibor qaratiladi. O‘zbek davlatchiligining tarixi xususida so‘z borganda, fanda u joylashgan muayyan hudud, ya’ni «O‘rta Osiyo» va «Movarounnahr» tushunchalariga murojaat etish lozim bo‘ladi. O‘rta Osiyo – g‘arbdan Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Eron, Afg‘oniston va Xitoy Xalq Respublikasi, shimoldan (45°/32' kenglik) shimoliy chegara bilan chegaralanuvchi ulkan hududda joylashgan bo‘lib, jami 1 mln. 984 ming kv.km.ni tashkil etadi. O‘rta Osiyo Qadimgi g‘arb va Qadimgi sharqni bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘tagan. O‘zbekistonda davlat va huquqning rivojlanishi o‘zining bir necha ming yillik tarixiga ega. Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida mamlakatimiz hududida ko‘plab davlatlarni qamrab olgan imperiyalar, tarqoqlik tufayli vujudga kelgan kichik-kichik davlatlar mavjud bo‘lgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida 20 ga yaqin qabilalar bo‘lib, ular bir necha qabilalar ittifoqiga birlashgan. Ular orasida bir necha sak qabilalarini birlashtiruvchi massagetlar ittifoqi boshqa qabilalar ittifoqi- dan alohida ajralib turgan. Binobarin, turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining ildizlari ana shu massagetlarga borib taqaladi. Massaget qabilalari ittifoqiga quyidagi elatlar kirgan: qadimgi Sirdaryo havzasida, Amudaryoning sharqiy o‘zanlari bo‘yida va Qoraqumda yashovchi apasiaklar, Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan daxato‘ralar, taxminan Zarafshonning quyi qismi va Amudaryoning o‘rta oqimida yashagan derbiklar, Nurota tog‘larida o‘rnashgan sakavaraklar, Sirdaryoning o‘rta oqimidan Tyanshangacha cho‘zilgan usunlar ham antik davrlarda xorazmiylar tarkibiga kirgan. Qabilaga birlashgan urug‘ a’zolari umumiy mehnat bilan shug‘ullanganligi, mulkdan teng foydalanilgani, erkaklar bilan xotin- qizlarning teng huquqli bo‘lganligi, urushlarda erkaklar bilan bir qatorda xotin-qizlar ham ishtirok etganligi, har bir qabilaning o‘z boshlig‘i bo‘lganligi, ayrim qabilalarning boshliqlari ayollar bo‘lganligi, qabilaning umumiy manfaati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar qabila a’zolari yig‘ilishida muhokama qilinib hal etilganligi, har bir qabila, urug‘ning o‘z urf-odatlari, qoidalari bo‘lib, ularga qat’iy rioya qilinganligi haqida ayrim ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan1. Qadimgi xalqlarda davlatni boshqarish, sudlov ishlarini amalga oshirish, xalq bilan davlat boshlig‘i o‘rtasidagi munosabatlar haqida «Shajarayi turk» asarining muallifi Abulg‘ozi Bahodirxon quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: «Qadimgi xalq bu zamonning xalqindan yaxshi edi. Agar el va xalq yig‘ilib kishi ultura bilur bo‘lsa va yo gunohkor so‘ray bilar bo‘lsa va yo bir ish boshqarmoq qo‘lindan kelur bo‘lsa, ne uchun bir mardga podshoh ot quyub evining to‘rinda o‘lturib, barcha xalq ixtiyorlarini aning qo‘lina bera tururlar»2. Hozirgi kun ilm-fanida Markaziy Osiyoda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida qachon va qanday omillar ta’sirida davlat va huquq paydo bo‘lgan degan savolga aniq javob yo‘q. Bu to‘g‘rida ba’zi taxminlar mavjud, xolos. Hozirgi tarix fanida O‘zbekiston hududida miloddan avvalgi birinchi ming yillikda davlat birlashmalari bo‘lganligi, ular tashqi dushmanlarga qarshi urushlar olib borganligi, qo‘shni mamlakatlar bilan bordi-keldi qilganligi, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalari o‘rnatganligi ma’lum. Lekin bu davlat birlashmalarining tuzumi, boshqarish shakli, davlat organlari, mansabdor shaxslari, ularning vakolatlari, qonunlari, ularni 1 Qarang: {aДmmfm tapmxumuap Ypta Ocmë zaymДa / Macayu myzappmp O. A6Дyuuaeb. – T., 2008. – b. 6–51. 2 A6ynzosuu baço6upxon. Hawapaum typk. –T., 1992. – b. 126. buzganlik uchun javobgarlik turlari haqida aniq va to‘la ma’lumot yo‘q. Hozirgi kunda «Avesto»dan ushbu savollarga qisman javob topish mumkin. Bu o‘rinda shuni qayd qilish kerakki, «Avesto» miloddan avvalgi VII asrdan keyingi davrga taalluqli manbadir. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu davrda hozirgi Markaziy Osiyo hududida uchta yirik davlat birlashmasi mavjud bo‘lgan. Ular Katta Xorazm – Amudaryoning quyi oqimidagi shimoliy yerlar, Murg‘ab vohasi va Parfiya hududlari, Baqtriya – hozirgi Surxondaryo va Tojikistonning Amudaryoga yaqin yerlari hamda Shimoliy Afg‘oniston hududlari, So‘g‘diyona – Zarafshon daryosidan suv ichgan yerlar va Qashqa vohasi hududlaridir. Miloddan avvalgi XIII asrdan VIII asrgacha bo‘lgan davr Xorazmda davlatchilik kurtaklarining vujudga kelishi va davlat shakllanishi davri bo‘lgan. Miloddan avvalgi VIII asrdan VI asrgacha bo‘lgan davrda Xorazm hukmdorlari o‘lka atrofiga ko‘pgina hududlar va xalqlarni birlashtirish, tarixda «Katta Xorazm» deb ataluvchi harbiy-demokratik tamoyillarga asoslangan konfedratsiyani barpo etishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu davlat Eron Ahamoniylari istilosigacha faoliyat ko‘rsatgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VIII– VII asrlarda O‘rta Osiyo hududi Ossuriya davlati tarkibiga kirgan. Miloddan avvalgi VI asrning o‘rtalarida Eronda kuchli Ahamoniylar davlati tashkil topadi. Markaziy Osiyo xalqlarining miloddan avvalgi VI asr o‘rtalaridan IV asrning ikkinchi choragigacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti va huquqiy tizimi ushbu makonda hukmronlik qilgan Ahamoniylar sulolasi tomonidan tashkil etilgan davlat va qonunchilik tizimi bilan chambarchas bog‘liq. Ahamoniylar podsholari Markaziy Osiyo yerlariga uyushtirilgan ketma-ket hujumlar tufayli bu hududda o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Ularning hukmronlik davri ikki asrdan ortiqroq vaqt davom etadi. Ahamoniylar davlati yagona ma’muriy tizimga, kuchli armiyaga, yagona pul birligiga ega qudratli markazlashgan davlat bo‘lib, ma’muriy- hududiy jihatdan boj to‘laydigan satraplik (xshatrapa)larga bo‘lingan. Manbalarda keltirilishicha, satrapliklar soni va hududi turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Jumladan, So‘g‘diyona, Baqtriya va Xorazm alohida satrapliklarni tashkil qilgan. Tarixchi Gerodotning yozishicha, «O‘rta Osiyo to‘rt satraplikka bo‘lingandi. Kaspiy dengizi qirg‘og‘i bo‘ylab yashovchi qabilalar XI satraplik tarkibiga kirib, 300 talant (talant – 30 kg atrofida (yoki ziyod) kumush) to‘lashgan. Xorazm, So‘g‘diyona va Parfiya XVI satraplikni tashkil etib, 300 talant to‘lagan. Baqtriya XII – satraplikni tashkil qilgan va 360 talant to‘lagan. Nihoyat, saklar XV satraplikka kirib, 250 talant to‘lashgan»1. Ahamoniylar davlati boshqaruv shakliga ko‘ra zo‘rlikka asoslangan, tuzilishi markazlashgan unitar (oddiy) shaklda edi. Butun hokimiyat podshoh qo‘lida to‘plangan bo‘lib, u davlatni kuchli markaziy davlat apparatiga tayangan holda boshqarar edi. Davlat apparatida podshohdan keyin ikkinchi o‘rinda hazarapat (ming boshliq) turgan. U barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining nazorati hamda markaziy devon boshqaruvini yuritgan. Podshohning shaxsiy qo‘riqchilariga boshchilik qilgan hamda podshohga kelgan shikoyat va arizalar haqida ma’lumot berib borgan. Markaziy devonga kotiblar, taftishchilar, podshohga ma’lumot yig‘ib keluvchilar, aloqa xizmati xodimlari va boshqalar bo‘ysungan. Davlat boshqaruvidagi asosiy mansablarga, odatda, eronlik asilzodalar tayinlangan. Satrapliklarda butun hokimiyat Eron podshosi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va vazifasidan bo‘shatiladigan satraplar qo‘lida to‘plan- gan. Satraplik lavozimiga dastlab harbiy bo‘lmagan kishilar, keyinchalik harbiylar tayinlanadigan bo‘lgan. Satraplar ma’muriy boshqaruv va sud hokimiyatiga boshchilik qilgan. Xo‘jalik ishlarini amalga oshirish, soliq va yig‘imlarni o‘z vaqtida undirish, mansabdor shaxslar faoliyati, satraplik hududidagi yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirgan. Satraplar kumush va mis tangalar chiqarish huquqiga ega edilar. Satrap qoshida boshqaruv idorasi tashkil etilgan bo‘lib, unda idora boshlig‘i, xazinachi, soliq yig‘uvchilar, sud tergovchilari, kotiblar, jarchilar faoliyat yuritgan. Satrapliklarda ko‘p sonli harbiy qo‘shin saqlangan bo‘lib, ularga bevosita podshohga bo‘ysunuvchi lashkar- boshilar qo‘mondonlik qilgan. Doro I (miloddan avvalgi 522–486-y.) vafotidan so‘ng fuqarolik va harbiy hokimiyatning alohida olib borilishi tartibiga barham berilgan. Ahamoniylar davlatining turli mintaqalarida turli huquq tizimi va institutlari amal qilgan. Doro I hukmronligi davrida yagona huquq tizimini tashkil qilish maqsadida qonunlar qabul qilinganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Biroq Ahamoniylar davlatining qonunlari bizgacha yetib kelmagan. Miloddan avvalgi 358-yilda Ahamoniylar hukmdori Artak- serks IIIning davlatning ilgarigi hududini tiklashga qaratilgan harakatlari
samara bermaydi. Miloddan avvalgi 337-yilda uning o‘rnini o‘g‘li Arses egallaydi. Saroy zadogonlari taxtga Doro III ni o‘tqazishadi. Siyosiy beqarorlik markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keladi. Markaziy Osiyo xalqlarining Ahamoniylar hukmronligiga qarshi olib borgan kurashi tufayli Miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmidan boshlab xorazmliklar, keyinchalik sak qabilalari mustaqillikka erishadi. Miloddan avvalgi IV asrning oxirgi choragida makedoniyaliklar bilan Ahamoniylar o‘rtasidagi kurash1 makedoniyaliklar g‘alabasi bilan (Kilikiya, Suriya, Misr, Bobil, Persopol, Pasargad davlatlari ham) tugaydi. Natijada o‘z mustaqilligini saqlab qolgan Xorazm davlatidan tashqari butun O‘rta Osiyo hududida Makedoniyaliklar hukmronligi o‘rnatiladi. Aynan shu davrga kelib Baqtriya hokimi Bess o‘zini «Osiyo podshosi» deb e’lon qilib, Baqtriya, Marg‘iyona, So‘g‘diyona va Parfiyani o‘z ichiga olgan yagona davlatni tashkil etishga harakat qiladi. Ammo bunga yunon-maqduniya qo‘shini imkon bermaydi. Iskandar Maqduniy qo‘shinlari avval Navatakni ishg‘ol qilib, so‘ngra Maroqandni ham bosib oladi. Maqduniyaliklar Markaziy Osiyoda bosqinchilik yurishlarini uch yil davom ettiradilar. Natijada uning ko‘p qismi Iskandar imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. Faqat Xorazm hukmdori Farazman- ning Iskandar Maqduniy bilan ittifoq tuzishi natijasida u o‘z mustaqilligini saqlab qoladi2. Makedoniyaliklar hukmronligi davrida satrapliklar saqlanib qoladi. Satraplar dastlab eronliklardan tayinlangan bo‘lsa, keyinchalik makedoniyaliklardan tayinlanadigan bo‘ldi. Satraplar qoshida harbiy va moliyaviy ishlarni boshqaruvchi mansab ta’sis etiladi. Satraplar tanga chiqarish va yollanma qo‘shin saqlash huquqidan mahrum etiladi. Mahalliy boshqaruv murosa yo‘li bilan olib boriladi. Iskandar Maqduniy vafotidan so‘ng (miloddan avvalgi 323-yil) O‘rta Osiyo hududi Salavqiylar davlati (Bobil, Baqtriya, So‘g‘diyona) tarkibiga kiritiladi. Salavqiylar davlatida hokimiyat uchun olib borilgan urushlar tufayli Miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelib mustaqil Grek-Baqtriya podsholigi tashkil topadi. Uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, 1 Izoh: Ikki davlat o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv Gellespont qirg‘og‘ida bo‘lib o‘tadi. 2 Izoh: Miloddan avvalgi 329-yilda Xorazm podshosi Farazman (Xvorazman) 1500 otliq askari bilan Aleksandr Maqduniy huzuriga kelib, Samarqandda u bilan do‘stlik ittifoqini tuzadi. Marg‘iyona va Parkana (Farg‘ona) kirgan. Keyinchalik uning tarkibidan parfiyaliklar ajralib chiqib, Parfyanlar podsholigini tashkil qilgan. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ma’lum bir iz qoldirgan davlatlardan biri Qang‘ davlatidir. So‘nggi ma’lumotlarning guvohlik berishicha, ushbu davlat miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Bu jarayonda yunon-maqduniyaliklar hukmronligiga qarshi olib borilgan kurashlar va ichki nizolar alohida rol o‘ynagan. Qang‘ davlatining hududi dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlar (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog‘ va cho‘l hududlari)dan iborat edi. Miloddan avvalgi II asrning boshlariga kelib, Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib, sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoliy sharqda Usun daryosi, g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimigacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu daryosining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olgan. Miloddan avvalgi II–I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni hamda Xorazmni ham o‘ziga bo‘ysundirgan. Qang‘ davlati boshlig‘i xoqon bo‘lib, butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Xoqon huzurida oqsoqollar kengashi bo‘lib, u maslahat organi vazifasini o‘tagan. Qang‘ davlatining butun hududi beshta mulkka (Susey, Fumu, Yunis, Giye, Yuyegyan)ga bo‘lingan bo‘lib, ular noiblar tomonidan boshqarilgan. Mulklar o‘z navbatida viloyatlarga bo‘lingan. Ular jabg‘u (jobu, yobu)lar tomonidan boshqarilgan. Ijtimoiy-siyosiy tuzumda ko‘chmanchi zodagonlarning mavqei yuqori bo‘lgan. Miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelib mustaqil Grek-Baqtriya podsholigi tashkil topgan. Uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parkana (Farg‘ona) kirgan. Grek-Baqtriya davridagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum haqida manbalarda batafsil ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Jumladan, jamiyatda quldorlar, erkin jamoatchi dehqonlar, qaram kishilarning turli tabaqalari hamda qullar bo‘lganligi, shaharlar sonining o‘sib borganligi, siyosiy va iqtisodiy markazlar kengayib, hunarmandchilik rivojlanganligi haqida ma’lumotlargina mavjud. Grek-Baqtriya podsholigining davlat apparati unchalik katta, murakkab va markazlashgan emas edi. Butun hokimiyat podsho qo‘lida to‘plangan bo‘lib, ko‘pchilik hollarda uning o‘g‘li ham podsho hisob- langan. Butun mamlakat satrapliklarga bo‘lingan edi. «Milinda-Panxa» (II asr) asarida ko‘rsatilishicha Grek-Baqtriya davlatining Hindiston qismida yuqori harbiy boshliq, birinchi vazir, bosh sudya, xazina boshlig‘i, tantanali soyabon va qilichni ko‘tarib yuruvchilar haqida ma’lumot bor. Mazkur asarda «qishloq hokimi»ning vakolatlari haqida ma’siy va iqtisodiy markazlarning kengayishi, hunarmand- chilikning jadal rivojlanganligi, qishloq hokimi qishloq ahlini jarchilar orqali o‘z huzuriga chaqirib turishi va uning chaqirig‘iga xonadon egasi yoki oila boshlig‘i yetib kelishi shartligi, cho‘rilar, qullar, xizmatkorlar, dehqonlar kelmasligi haqida ma’lumotlar bor. Parfyanlar podsholigining mustaqil davlat sifatida tashkil topishi va rivojlanishida Arshakiylar sulolasi vakillari hal qiluvchi rol o‘ynagan. Ushbu podsholikda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, davlat boshlig‘i albatta arshakiylar xonadonidan bo‘lishi shart hisoblangan. Shu bilan birga davlat boshqaruvida ikki kengash: qabila zodagonlari va kohinlar kengash- larining o‘rni katta bo‘lgan. Chunonchi, yangi hukmdor xuddi shu ikki kengash ishtirokida saylangan. Albatta, bunda marhum hukmdorning vasiyati e’tiborga olingan. Boshqacha aytganda, taxtga vorislik bir sulola ichida kechsada, ammo muayyan tartib bo‘lmagan, ya’ni o‘tgan hukmdor o‘rnini uning o‘g‘li yo ukasi, yo bo‘lmasa Arshakiylar sulolasining biron- bir namoyandasi egallashi mumkin bo‘lgan. Aftidan, bu masalada kengashlarning mavqei kuchli bo‘lib kelgan. Buni shundan ham bilib olish mumkinki, tarixiy hujjatlarga ko‘ra mazkur ikki kengash oliy hukmdorni taxtdan chetlatishga qodir hisoblangan. Arshakiylar saltanatni mulklarga (satrapiyalarga) bo‘lib idora etganlar. Shu bilan birga, barcha mulklar mavqei bir xilda bo‘lmaganini ta’kidlash lozim. Chunonchi, Girkaniya, Seyiston (Sakiston) yarim mustaqil mulk sifatida o‘z pullarini zarb etib kelganlar. Miloddan avvalgi II asrga kelib Markaziy Osiyo xalqlari tarixida siyosiy beqarorlik davri boshlanadi. Bu asrda Grek-Baqtriya podsho- ligidan So‘g‘diyona ajralib chiqdi. Marg‘iyona parfyanlar tomonidan bosib olindi. Keyinchalik O‘rta Osiyo hududida Xorazm davlati bilan chegaradosh bo‘lgan Toxariston davlati tashkil topdi. Bu davlat ham keyinchalik kichik-kichik podsholiklarga bo‘linib ketdi. O‘sha vaqtlarda Xorazm davlati takribiga Xorazm, So‘g‘diyona va Choch (Toshkent) kirardi. Download 431.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling