O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet56/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Bosh mutavalliy xonlikdagi katta lavozim sanalgan. Mutavalli vaqf bo‘yicha masjid, madrasalar faoliyatini boshqargan va nazorat qilgan. A’lam muftilar boshlig‘i, tabiblar boshlig‘i (sarvari atibbo, tabiblar sarvari) ham markaziy boshqaruv amaldorlari hisoblanadi.

Amir ul-umaroga xonlikning chegara viloyatlarida qo‘shinni qurollantirish va saflash, o‘q-dori va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash vazifalari yuklatiladi. Asosan u harbiy ta’minotni amalga oshiruvchi amaldor bo‘lgan. Ushbu lavozim 1763–1770, 1855–1873-yillardagina mavjud edi.

Davlatdagi shariatga asoslangan sud-jazo normalarini tartibga solish, ijrosini nazorat etish ishlarini qozikalon boshqargan. U qozilar ishlari nazorati, ular chiqargan ayrim hukmlarni bekor qilish ishlarini bajargan. Qozilarni mansabga tayinlash ishlarini xon tasdig‘idan o‘tkazib olgan. Yer-mulk, qarz tilxati kabilarga muhr bosgan. Aytish lozimki, joylardagi qozilar qozikalon tavsiyasi, ammo, xon hukmi bilan mansabga tayinlanib, ozod qilinganlar. Qozi askar yoki qozi urdu harbiy sud ishlarini amalga oshirgan. Harbiy safarlarda xon bilan birga ishtirok etishi shart bo‘lgan. Tasodifiy yoki baxtsiz hodisalar to‘g‘risida hukm chiqarish uning zimmasida bo‘lgan.

Suv xo‘jaligi sohasi mirobboshi tomonidan boshqarilgan. Naqib ruhoniylar va ta’lim-tarbiya sohasidagi mutasaddilar boshlig‘i, saroydagi diniy-siyosiy, xarajat ishlarni nazorat etuvchi va urush oldidan harbiy ishlarning moliyaviy tomonlarini tartibga solish bilan shug‘ullangan.

Yasovulboshi shaxsan xon muhofazasi, saroy qo‘riqchiligi, maxfiy mahkama va harbiy ishlarda rahbarlik faoliyatini amalga oshirgan. Unga yasovullar, mirshablar, mahallalardagi militsiya xizmatini o‘tovchi dorug‘alar, urug‘lar ichidagi bahodurlar, shotirlar, saroydagi eshikog‘alari bo‘ysungan. XX asr boshlarida saroyda yasovulboshi lavozimining mavqei oshadi.

Saroyda doimiy majburiyat yuklatilmagan, lekin davlat ishlarida muhim rol o‘ynovchi, xususan xon topshiriqlari ijrosini amalga oshiruvchi, xon tomonidan berilgan vaqtinchalik vakolatlardan foydalanuvchi va meros tariqasida o‘tuvchi yordamchi mansabdor shaxs lavozimlari toifasi va saroy xo‘jalik mansablari (xon chuhralari) joriy etilgan. Jumladan, saroyda mahrambegi va mahramlar (xonning bevosita

xizmatchisi yoki shaxsiy yordamchisi), mirzaboshi (kotiblar boshlig‘i), mirza(lar), maxfiy kotib (maxfiy hujjatlarni tayyorlovchi), xazinachi, xudaychi (davlat boshqaruviga oid barcha hujjatlarni saqlovchi), muftilar, mushriflar, eshikog‘asi, ikki eshikog‘asi, munodargon (xon farmonlarini xalqqa yetkazuvchi), devon (she’riy devon tartib qiluvchi), poshshob (jallod) va boshqa shaxslar faoliyat ko‘rsatgan.

Qo‘shin boshqaruvida naqib bosh qo‘mondon hisoblangan. Yasovulboshidan keyin mingboshi mansabi turgan. Mingboshi shamxolchi, ya’ni, mergan o‘qchilar dastasiga boshchilik qilgan. Yuzboshi ham o‘qchilar boshlig‘i hisoblanadi. Yuzboshilar qo‘l ostidagi sipohi (qurollangan harbiy)lar, sarhanglar (harbiy istehkom quruvchilar) va qutvollar qazuv va grajdanlik qurilish ishlariga ham jalb etib turilganlar.

Mamlakatda huquq-tartibot ishlari yasovullik, mirshablik, posh- shoblik, dorug‘alik, kalontarlik, tunqotarlik xizmatlari va qozixonalar zimmasida bo‘lib, eshikog‘alari, oqsoqollar, miroblar, o‘nboshi va yuzboshi, navkarlar, dorug‘alar, kadxudo, kalontarlar tomonidan amalga oshirilgan.

Butun xonlik miqyosida joylarda asosan shaharlarda mirshablar xavfsizlik, jamoat tartibi va intizomni saqlash faoliyat bilan shug‘ullangan. Shuningdek, shariat normalarining buzilishini oldini olish, qamoq joyi, ya’ni zindonda hukm qilinganlarni saqlash va qo‘riqlash ishlarini ham amalga oshirganlar. Ular yuzboshi va yasovulboshiga bo‘ysungan.

Xonlik ma’muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga taqsimlangan va hokimlar tomonidan boshqarilgan. Quyi boshqaruv oqsoqollar tomonidan yuritilgan. Ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari boshliqlari, ya’ni oliy mansabdor shaxslari «inoq» (jami 4 ta ) deb atalgan. Qoraqalpoq aholisi va turkman xalqlarida oliy mansabdor shaxslar «biy» deb yuritilgan.




Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling