O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Buxoro Xalq Sovet Respublikasining siyosiy tuzumi


Download 431.45 Kb.
bet76/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining siyosiy tuzumi. 1918-yilning sentabr oyida Rossiya K(b)P dasturini tan olgan Buxoro kommunistik partiyasi vujudga keldi. Bu partiya o‘z oldiga amir hokimiyatini inqilobiy yo‘l bilan ag‘darib tashlash va Buxoro Xalq Sovet Respublikasini tuzishni maqsad qilib qo‘ygan. Buxoro amirlik hukumati Turkfront qo‘shini va qo‘zg‘algan xalq hamkorligida 1920-yil sentabr oyida amalga oshirilgan

«inqilob» orqali ag‘darib tashlandi. Uning o‘rniga yangi shakldagi davlat



  • Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil qilindi.

BXSR Konstitutsiyasi 1921-yilning 23-sentabrida Umumbuxoro Sovetlarining II qurultoyida qabul qilindi. U kirish, 5 bo‘lim, 16 bob, 79 moddadan iborat bo‘lgan. Unda davlat tuzilishi, fuqarolar huquq va

erkinliklari, saylov huquqi (20 yosh) va boshqa barcha holatlar o‘z aksini topgan. Konstitutsiyada mustahkamlangan va Sovet Rossiyasi tomonidan e’lon qilingan ko‘plab dekretlarda ko‘rsatilgan prinsiplar bajarilmagan. 1921-yilning 3-noyabridan Turkiya missiyasi Buxoroda o‘z faoliyatini boshlagan. Shu munosabat bilan Sovet Rossiyasining tazyiqi orqali BXSR Konstitutsiyasi harakatdan to‘xtatildi.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining oliy davlat hokimiyat organi

350 nafar xalq vakilidan iborat Butunbuxoro sovetlari qurultoyi hisoblangan. U Umumbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan bir yilda bir marta chaqirilgan. Qurultoylar orasidagi davrda respublikada oliy qonunchilik, farmoyish va nazorat qiluvchi organ bo‘lib, Umumbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi hisoblangan. U sessiyalar tariqasida ish ko‘rib, ikki oyda bir marta chaqirilgan. Xalq Nozirlar Kengashi faoliyati ustidan nazoratni ham amalga oshirgan. MIQ ning sessiyalari orasidagi davrda respublika oliy hokimiyati organi MIQ Rayosati hisoblangan. Rayosat respublika hukumati – Xalq Nozirlar Kengashining barcha qarorlarini tasdiqlagan va bekor qilgan.

Respublika hukumati – XNK Umumbuxoro MIQ tomonidan XNK raisi, uning ikkita o‘rinbosari va turli tarmoq xalq nozirlari tarkibida tuzilgan. XNK davlat boshqaruvining oliy organi bo‘lib, ijro-farmoyish sohasida keng vakolatga ega bo‘lgan. Nozirlar o‘z faoliyatlarini yakka tartibda amalga oshirganlar.

Joylardagi hokimiyat organlari viloyat, tuman, kent xalq deputatlarining kengashlari, ularning ijroiya qo‘mitalari, qo‘mitasi raisi va rayosatlari hokimiyatni amalga oshirgan.

BXSRda odil sudlov xalq qozi sudlari, oliy kassatsiya instansiyasi sifatida xalq sudlari kengashi tomonidan amalga oshirilgan. Ular mahalliy inqilobiy qo‘mitalar tomonidan saylash yo‘li bilan tashkil qilingan. 1924- yilda qabul qilingan «BXSR sud tuzilishi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra sud tizimi o‘zgartirildi. Unga ko‘ra sud tizimi shahar, tuman va kentlardagi xalq va qozi sudlari, okrug sudlari (ikkinchi instansiya) hamda oliy sud (oliy nazorat) organidan iborat tartibda tashkil etildi.

Shu bilar bir qatorda harbiy jinoyatlarni ko‘rib chiquvchi harbiy tribunallar va davlat organlari o‘rtasida vujudga keluvchi mulkiy nizolarni ko‘rib chiquvchi davlat arbitraj qo‘mitasi mavjud bo‘lgan. Oliy sud plenumi barcha sud organlariga ko‘rsatmalar bergan, qonunlarni sharhlagan, sud amaliyotini umumlashtirish bilan shug‘ullangan. Ushbu sudlar bilan bir qatorda maxsus tashkil qilingan, oliy harbiy inqilobiy tribunal mavjud bo‘lib, u «inqilobga» qarshi jinoyatlarni ko‘rib chiqqan.

1924-yil 5-yanvarda «BXSR sud tizimi to‘g‘risida Nizom» qabul qilingan. Bu nizomga muvofiq amaldagi sud tizimini qayta tashkil etiladi. Xalq va qozilik sudlarida esa xalq maslahatchilarining ishtirok etishi joriy etiladi.


Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling