O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Rossiya podsholigi protektorati sifatida Buxoro amirligi va Xiva xonligining siyosiy tuzumi


Download 431.45 Kb.
bet72/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

2-§. Rossiya podsholigi protektorati sifatida Buxoro amirligi va Xiva xonligining siyosiy tuzumi

Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasida imzolangan 1868-yil 23-iyuldagi «sulh» va 1873-yil 28-sentabrdagi «Do‘stlik» shartnomasiga binoan Buxoro amirligining davlat mustaqilligi cheklandi. Rossiyaning vassaliga aylandi, chet mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy aloqa o‘rnatish huquqidan mahrum bo‘ldi. Ikka davlat chegaralari, ular o‘rtasidagi munosabatni va savdo, jinoyatchilik sohasidagi hamkorligini belgilaydi. Qulchilik tugatiladi.

Rossiya imperiyasining hukmronligi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Buxoro amirligining davlat tizimi o‘zgarishsiz saqlanib qoladi. Qo‘shimcha organlar ta’sis etilmaydi. Rus hukumati tegishli ta’sir ko‘rsatuvchi

vositalar orqali mamlakatni boshqarish va o‘z manfaatiga xizmat qildirishni yo‘lga qo‘yadi. Peterburgda Buxoro elchixonasi ochiladi.

Dastlabki davrlarda davlat boshqaruvida Turkiston general- gubernatori shaxsi rol o‘ynadi. 1886-yilda Buxoroda Rossiya imperiyasi- ning siyosiy mahkamasi ta’sis etiladi. Uning asosiy vazifalari amir va uning hukumati faoliyati ustidan bevosita nazoratni amalga oshirish, shartnoma bandlariga amal qilinishini kuzatib borish, soliq va pul sohalari bo‘yicha amir hukumatini zarur choralar ko‘rishga majbur etish, rus fuqarolariga oid ishlarni ko‘rib chiqib hal qilish va boshqalar kirgan.

Amir davlat boshlig‘i sifatida siyosiy mahkama tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni o‘z amaldorlari orqali amalga oshirgan. Bu mansabdor shaxslar ilgari davrlardagi singari saroy ma’muriy boshqaruv va yordamchi lavozimlar egalaridir.

Rossiya siyosiy agenti va mahalliy amaldorlar bilan yozishmalar olib borish bilan shug‘ullanuvchi maxsus devonni birinchi vazir Qushbegi boshqargan.

Qozikalonga Turkiston o‘lkasi va mahalliy aholi o‘rtasidagi merosni taqsimlash, da’voni qondirish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib hal etish vakolati berilgan.

Buxoro amirligining mahalliy boshqaruvi o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Rossiya protektorati o‘rnatilgunga qadar joylarni amir hokimiyatidan qariyb mustaqil bo‘lgan beklar boshqargan bo‘lsa, Rossiya mustamlakachilik hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng bu holatga barham berildi. Natijada mahalliy hokimiyat bevosita amir tomonidan tayinlana- digan va lavozimdan olinadigan mansabdor shaxslar bilan almashtirildi.

Buxoro amirligi vassalga aylanganidan so‘ng uning huquq tizimida keskin o‘zgarishlar yuz bermagan. Avvalgi davrlardagi singari o‘troq aholi hududlarida shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi hududlarida va chekka hududlarda odat huquqi qoidalari o‘zgarishsiz saqlanib qoldi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, amirlikning vassal davlatga aylanishi bilan vujudga kelgan yangi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi manbalar tarzida qator quyidagi huquqiy hujjatlar ham qabul qilingan. Bular Buxoro xonligida Vino ishlab chiqarish haqidagi qoidalar (1893-yil 15-dekabr), oltin qazib olish va uni qayta ishlab bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi «Buxoro xonligida oltin sanoati haqida qaror» (1896-yil 24-fevral), spirtli ichimliklar bilan savdo-sotiq qilish tartibini belgilovchi «Buxoro xonligida kuchli quvvatli ichimliklarni sotish qoidalari» (1889-yil 25-iyun), «Buxoro xonligida kuchli quvvatli

ichimliklarni sotish joylarini, ularning turlari va soni hamda yangi savdo joylarini tashkil qilish tartibini belgilash haqidagi qoidalar» va boshqalar.

Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar amirlikda chor hukumatining mustamlakachilik siyosatini qonuniy jihatdan mustahkamlashga, mamlakatga rus kapitalining kirib kelishiga keng yo‘l ochishga, rus fuqarolarining, birinchi navbatda, sarmoyadorlarning huquqlari, manfaat- larini himoya qilishga qaratilgan edi.

Xiva xonligi ustidan rus podsholigi hukmronligining o‘rnatilganligi 1873-yil 12 (25)-avgustda tuzilgan ikki tomonlama Do‘stlik shartnomasi bilan mustahkamlangan. Ushbu sulhga ko‘ra Xiva mustaqil tashqi siyosiy aloqalar o‘rnatish huquqidan mahrum etilib, deyarli butun ijtimoiy sohalarga oid cheklashlar o‘rnatiladi. Xiva xonligining davlat mustaqil- ligiga barham berildi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yer va mahalliy xalq boshqaruvi uchun Amudaryo okrugi (Petro-Aleksandrovskiy qo‘rg‘oni, hozirgi To‘rtko‘l tumani hududi) tashkil etiladi va u Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritiladi.

Amudaryo okrugining huquqiy maqomi va faoliyati «Amudaryo bo‘limini boshqarish haqidagi muvaqqat qoidalar» bilan mustahkam- langan. Unga imperator tamonidan tayinlanadigan va unga bo‘ysuvchi harbiy ma’mur boshchilik qiladi. Amudaryo okrugi boshlig‘iga Rossiya va Xiva xonligi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, xon hukumati faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatlari berilgan. U general-gubernatorlik va Xiva o‘rtasidagi munosabatlarda vositachi hisoblangan hamda harbiy gubernator maqomiga ega bo‘lgan. Mahalliy rus qo‘shini boshlig‘i ham hisoblangan. Uning qoshida devonxona ta’sis etilgan bo‘lib, unda kam sonli xodimlar faoliyat ko‘rsatgan va devonxona boshqaruvchisi tomonidan boshqarilgan. 1886-yilda qabul qilingan

«Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan Amudaryo okrugi bo‘lim qilib belgilanib, Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritiladi va uning boshlig‘i Sirdaryo harbiy gubernatoriga bo‘ysunishi belgilanadi.

Mustamlaka davrida Xiva xonligining siyosiy tuzumida tub o‘zgarish yuz bermagan. Davlat boshlig‘i xon hisoblanib, uning hokimiyati meros tariqasida imperator roziligi bilan qoldirilishi mumkin bo‘ladi.

1873–1874-yillarda, ya’ni Amudaryo bo‘limi tashkil etilguncha xon huzuridagi an’anaviy Oliy kengash tarkibi o‘zgartirilgan holatda faoliyat yuritiladi, so‘ngra tugatiladi. Bu vaqtdagi Maxsus kengash (ayrim manbalarda Devon deb ham yuritilgan) imperiya va xonlik o‘rtasidagi munosabatlarni amalga oshirish hamda xon hukumati faoliyatini nazorat

qilish uchun 7 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi. Kengash a’zolarining 4 nafari chor hukumati vakillaridan va nafari xivaliklardan (xon, mextar va devonbegi) iborat bo‘ldi. Uning raisi rasman xon hisoblanib, qabul qilgan qarorlari Turkiston general-gubernatori tomonidan tasdiqlangan.

Xon o‘z hokimiyatini amalga oshirish uchun ilgarigi davrlardan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘zi tashkil etuvchi davlat apparatiga tayangan. Xonlikdagi oliy organlar faoliyati va vakolati XIX asr 70- yillarigacha to‘la ilgari asos va yo‘sinlar bo‘yicha amalga oshdi. Xiva xonligi yarim mustamlakaga aylangan 1873-yildan boshlab esa chorizmning Rossiya ichki va tashqi siyosatini ifodalovchi oliy organlari vakolatining Xivada ham ustun mavqega egaligi va davlat tuzumining o‘zgarishi xonlar vakolatini chegaralab qo‘ydi. Xonlikda vaqtincha bo‘lsa-da, Rossiya va Xiva Qo‘shma kengashi (Devon)ning faoliyat ko‘rsatishi, bojxona ittifoqiga qo‘shilish, Rossiya talablari bo‘yicha Manifestlar chiqarish (garchi ular hayotga to‘liq tatbiq qilinmasa ham), Amudaryo bo‘limi nazorati, Turkiston general-gubernatorligiga qarashli mirovoy sudlarning Xorazm hududida sodir etilgan jinoyatlarni ham tekshirish huquqiga egaligi yoki xonlikdagi Rossiya fuqarolarining (bunday fuqarolikni ko‘plab xorazmliklar ham ola boshlagandi) ishlari fuqarolik sudlarida ko‘rilishi kabilar ana shunday cheklanishlar hisoblanadi. Biroq xonlikdagi oliy organlar xonlik tashqi siyosiy kuch – 1920-yil fevralida Rossiya bolshevik hukumati harbiy tazyiqi tomonidan tugatilgunicha mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, diniy-ma’muriy va madaniy hayotini o‘z qaror va faoliyatlari bilan idora etib turdi. Muhammad Rahimxon II, Isfandiyorxon va Sayyid Abdulloxon tomonidan chiqarilib, bizgacha yetib kelgan bu sohaga oid farmon, qaror va manifest kabi ko‘plab tarixiy hujjatlar bunga guvohlik beradi.

Davlat boshqaruvida XX asr boshlariga kelib Vaziri a’zam va Yasovulboshining mavqei kuchayishi yuz beradi. Bu davrda xonlik harbiy jihatdan zaiflashib, hattoki ichki barqarorlikni ta’minlash uchun rus hukumatiga murojaat etish darajasiga tushiriladi.

XIX asr oxirlarida Xiva xonligi qo‘shinlarida xizmat qiluvchi shomxolchilar hujjat va tarixiy manbalarda tilga olinadi. Shomxolchilar o‘t ochar qurol (to‘fang)li sarbozlar bo‘lib, ular oz miqdordagi doimiy qo‘shin tarkibida yuzboshilar qo‘li ostida xizmat qilib, davlatdan maosh olganlar.

Vassallik davrida Buxoro amirligidagi singari o‘troq aholi hududlarida shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi hududlarida odat qoidalari amal qilgan.

Sulh shartnomasiga muvofiq, xonlik hududida yashovchi rus fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, ular o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar, mahalliy aholining rus fuqarolariga nisbatan shikoyatlari imperiya qonunlari asosida rus sudlari tomonidan Amudaryo bo‘limida ko‘rib chiqilgan.

Qozilar uchun asosiy qo‘llanma 1178-yili buyuk islom olimi faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Farg‘oniy ar-Rishdoniy al- Marg‘inoniy (1123–1197-y.) tomonidan yaratilgan islom huquqshu- nosligining eng asosiy qo‘llanmalaridan biri «Hidoya» asari bo‘lgan.



XIX asrning ikkinchi yarmida hozirgi O‘zbekiston doirasidagi mavjud siyosiy tarqoqlikdan foydalangan Rossiya podsholigi o‘zining mustamlakachilik manfaatlaridan kelib chiqib, butun Turkistonni bosib oldi. Bu yerda Angliya mustamlakachilik tuzumidan farq qilmagan, ba’zan esa undan ham ziyodroq yarim harbiy, xalqlarni asoratda tutish tizimi o‘rnatildi. Shu davrda imperiya huquqi, mahalliy xalqlar huquqlarini cheklashga qaratilgan mustamlaka huquqi, mahalliy xalqlar uchun shariat huquqi, qisman odat huquqlari amalda bo‘ldi. Imperiya qonunchiligi bilan birga o‘lkada Yevropa huquqining bank-kommersiya, veksel, kredit, tog‘-konchilik huquqi, xususiy sohibkorlik huquqi kabi institutlari yoyiladi.

XV BOB. OKTABR TO‘NTARISHIDAN SO‘NG O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLAT VA HUQUQ


Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling