O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Download 431.45 Kb.
bet85/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Qoraqalpo- g‘iston suveren demokratik respublikasi parlamentar boshqaruv shakliga ega bo‘lib, davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslangan1.

Respublikada umumiy rahbarlikni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi parlamenti Raisi amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Respublikaning eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan uning deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni oliy vakillik organi bo‘lgan Jo‘qorg‘i Kenges amalga oshiradi. Jo‘qorg‘i Kenges hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan deputatlardan iborat. Uning faoliyatini tashkil qilish va boshqa vakolatlarini amalga oshirish uchun Prezidiumi tuziladi.





1 {opayaumofmctoh Pecmy6umkacmhmhf Kohctmtyymrcm. Hykyc, 2006.

– 11-m.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organi – hukumati, Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Vazirlar Kengashi Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan tuziladi va uning oldida hisobot beradi. Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengash Raisi, Raisning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, yirik konsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Vazirlar Kengashining Raisi, o‘z vazifasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi.


Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling