O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 431.45 Kb.
|
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraxoniylar
Somoniylar davlatining markazi Buxoro shahri bo‘lib, tarkibiga Movarounnahr, Xuroson va Eronning sharqiy hamda shimoliy hududlari kirgan. Mazkur davlat yuz yilga yaqin faoliyat yuritgan. Somoniylar davlatining eng rivojlangan davri Ismoil Somoniy hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Abdumalik davriga kelib turkiy lashkarboshilar mavqei kuchayadi. Somoniylar nomigagina hukmron hisoblanadi. Keyingi davrlarda ichki ziddiyatlar tufayli davlat zaiflashadi. Hukmron sulolaning cheklanmagan hokimiyatga intilishlari natijasida mahalliy zodagonlar va aholining norozilik kayfiyati uyg‘onadi. Oqibatda Somoniylar davlati tarkibiga kirmagan va qo‘shni bo‘lib yashovchi turkiy qabilalardan qarluqlar va qoraxoniylarning kurashlari natijasida yemiriladi.
Qoraxoniylar X asrning ikkinchi yarmida Yettisuvda o‘z davlatlarini tuzgan. X asrning oxirida Qoraxoniylarning Movarounnahrga yurishi boshlanadi. Sulola asoschisi turkiy yag‘mo urug‘idan bo‘lgan Abulqosim Sotuq Bug‘roxon (Qoraxon, qora – «qudratli» ma’nosida) Buxoroni egallab, Movarounnahrda o‘z hokimiyatini mustahkamlaydi. Bu davlat o‘z tarkibida Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Janubiy Tyanshan tog‘lari hududi va Movarounnahrni birlashtiradi. Ibrohim ibn Nasr (Bo‘ri Tegin) davrida (1052–1068-y.) Movaroun- nahrning bosh kenti Samarqand bo‘lgan. U Sharqiy Turkistonga bo‘ysunmagan mustaqil davlatga aylangan. Bu katta hoqonlik maqomida bo‘lib, poytaxt shaharlar turli davrlarda o‘zgarib turgan. Ibrohim ibn Nasr Movarounnahr hukmdori Alp Teginning unvoniga baravar keladigan «Tamg‘ach Bug‘roxon» unvonini qabul qiladi. XI asrning ikkinchi yarmida davlat Saljuqiylar tomonidan bosib olinadi. Sulton Sanjar davrida (1118–1157-y.) Qoraxoniylar ularning vassaliga aylanadi. Bu davrda Samarqanddagi qoraxoniylar oliy hoki- miyati Saljuqiy sultonlar tomonidan belgilanadi. O‘zaro ichki nizolar, urushlar natijasida zaiflashib qolgan bu davlat 1212-yilda o‘sha davrning qudratli davlatiga aylangan Xorazmshohlar davlati tomonidan bosib olinadi.
Download 431.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling