O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet31/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Xorazm davlati 712-yildan XI asr boshlarigacha arab xalifaligiga qaram bo‘lgan. X asr boshlaridan mustaqil davlat sifatida Somoniylar davlati tarkibida bo‘lgan. 1017–1040-yillarda G‘aznaviylar imperiyasi, 1040–1097-yillarda Saljuqiylar imperiyasi tarkibida edi. 1097-yildan 1231-yillargacha Xorazmshohlar Anushtaginiylar mustaqil davlati sifatida yirik va qudratli davlatga aylangan.

Xorazmshohlar davlati asoschisi turk o‘g‘izlarining Bekdili qabilasidan bo‘lgan Anushtegin (1072–1092-y.) hisoblanadi. U salju- qiylar davrida oftobachi (toshtdor) mansabida faoliyat yuritgan bo‘lib, ularga bo‘lgan sodiqligi uchun shixna etib tayinlanadi. U Xorazmni o‘z boshqaruviga olib, Anushteginlar sulolasiga asos soladi1. Uning o‘g‘li – iste’dodli askarboshi sifatida nom chiqargan Qutbiddin Muhammad

«Xorazmshoh» unvonini olib Saljuqiylar sultoni Sanjarning (1097–1127- y.) vassaliga aylanadi. Bu davrda xorazmshoh Sulton Sanjarning farmoni asosida tayinlangan.

XII asr oxiri va XIII asr boshlarida Saljuqiylar, Arab xalifaligi, Qoraxoniylar davlatlari bosib olinadi. Bu davrda Xorazm Old va O‘rta Osiyodagi qudratli davlatga aylanadi. Movarounnahr, Xuroson, Sharqiy Eron, Ozarbayjon va Dashti Qipchoqdan iborat ulkan hududni o‘z ichiga oladi. O‘z davrida yirik imperiyaga aylangan. Takashning o‘g‘li Muham- mad Xorazmshoh (1206–1220-y.) hukmronligi davrida qipchoq aslzodalarining davlat hayotidagi ta’siri kuchayishi Xorazm davlatining parchalanib olib kelgan. Ko‘p o‘tmay davlat Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul-tatar qo‘shinlari tomonidan bosib olinadi. Taxt vorisi Jaloliddin Manguberdi tomonidan turli qismlardan iborat davlat yana o‘n yil faoliyat ko‘rsatadi.



Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling