O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. IX–XIII asrlarda O‘zbekiston hududidagi davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumi


Download 431.45 Kb.
bet32/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

2-§. IX–XIII asrlarda O‘zbekiston hududidagi davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumi


Somoniylar davlatining ijtimoiy tuzumi feodallar (iqtodorlar), savdogarlar, ruhoniylar, dehqonlar, hunarmandlar va qullardan iborat bo‘lgan.

Siyosiy tuzumiga e’tibor qilinadigan bo‘lsa, davlatda markazlashgan hokimiyat organlari tizimi shakllantirilgan. Boshqarish shakliga ko‘ra davlat monarxiya bo‘lib, davlat boshlig‘i amir deb atalgan. Amir butun hokimiyat egasi hisoblangan. U barcha oliy mansabdor shaxslarni







1 Qarang: bynuemob 5. FocyДapctbo Xopesmmaxob-AhymtefmhmДob (10971231). M., 1986. C.24.

lavozimga tayinlagan va lavozimdan ozod qilgan. Barcha turdagi jinoyatlarni ko‘rib chiqqan va jazo belgilagan. O‘zining shaxsiy qo‘riqchilariga ega bo‘lgan. Eng katta yer egasi bo‘lgan.

Davlat hokimiyati amir saroyi, ya’ni dargoh va devonlarga bo‘lingan. Devonlar o‘zining keng qamrovli tarmoqlariga ega edi. Dargohning asosiy vazifasi davlat boshlig‘ining hukmlari ijrosini ta’minlash bo‘lgan. Unga sohibi xaros (amiri xaros) boshchilik qilgan. Unga devonboshilar va boshqa mansabdor shaxslar bo‘ysungan. Saroyda devonbegi, mirza- boshilar, mirzalar va boshqalar faoliyat ko‘rsatgan. Saroy xo‘jaligi vakil tomonidan boshqargan. Shayxulislom mamlakatdagi diniy ulamolarga rahnamolik qilgan va diniy ishlarni boshqargan.

Markaziy boshqaruv mahkamalari o‘nta devondan iborat edi. Ularning viloyatlarda ham boshqaruv idoralari (arabcha «kasaba») ish olib borishgan. Ular ichida eng kattasi Vazir (Bosh Hojib, Hojib ul- hujjob, Hojib ul-buzruk) devoni sanalgan. Barcha devonlar unga bo‘ysungan va uning farmoyishlarini bajargan. Vazirlik mansabi meros tariqasida o‘tgan. Vazir qo‘shinga rahbarlikni ham amalga oshirgan. Qo‘shinda xizmat muddatiga qarab beriluvchi unvonlar joriy etilgan.

Undan keyin Mustafiy devoni turgan. U davlatning daromad va xarajatlarini yuritgan. Unda mustaufi (xazinador), hisobchilar faoliyat olib borgan.

Devoni rasoil (devoni insho, umid ul-mulk) boshqa davlatlar bilan tashqi aloqalar va davlat hujjatlarini yuritish kabi ishlarni borgan.

Devoni ariz (Soqchilar devoni, Devoni shurat) – qo‘shin ta’minotini yuritgan. Ushbu devonga maxsus mansabdor shaxs – Ariz boshchilik qilgan. Uning joylardagi xodimlari mahalliy boshliqlarga emas, Devoni baridga bo‘ysungan.

Devoni barid (aloqa devoni) pochta-aloqa xizmati bilan shug‘ullan- gan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri markazdan xat-xabarlar yetkazib turgan. Mahalliy hokimlar faoliyati ustidan kuzatuv olib borgan. Bu haqda amirga hisobot bergan va faqat amirga bo‘ysungan.

Muhtasib devoni savdogarlarning tosh-tarozisini, hunarmandlar mah- sulotining sifatini tekshirib turgan. Keyinchalik u shaharlarda din va ax- loq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilib turuvchi mansabga aylangan.

Mushrif devoni asosan xazinadagi daromad va xarajatlarni nazorat qilgan. Davlat mablag‘larining sarflanishini kuzatib borgan.

Devoni az-ziyo esa davlatning yer mulklarini boshqaruvchi devon bo‘lgan. Hukmdor sulola egalik qiluvchi yerlar o‘z navbatida davlat yerlari hisoblangan.

Qozilar devoni shariat asosida sud ishlarini olib borgan. Vaqf devoni diniy muassasalar va ularga tegishli mulklarni boshqargan.



Viloyatlarda boshqaruvni hokimlar (eroncha «kadxudo», ya’ni yaxshi xo‘jayin) amalga oshirgan. Hokimlar amir tomonidan tayinlangan bo‘lib, lavozimi meros tariqasida o‘tishi mumkin bo‘lgan.

Alohida mabyefa ega bolgan viloyatlar (Masalan, Xuroson) Nishopurda joylashgan Sipohsalarga boysungan. Xuroson sipohsalari bevosita amirga va vazirga boysungan. Shaharlar raislar tomonidan boshqarilib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan.

Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy tuzumi shu davr davlatlaridagi singari chorvadorlar, dehqonlar, hunarmandlardan iborat edi. Mamlakatda iqtadorlik keng tarqalgan. Xususiy boshqaruvga olingan katta yer va chorva mollari – qo‘riq1 deb atalgan.



Qoraxoniylar davlat boshqaruvida Somoniylar boshqaruv tartibining ko‘p qismini saqlab qolganlar (faqat udel boshqaruv tizimi keng tapyaufah). Qoraxoniylarning markaziy ma’muriy apparati, xuddi Somoniylardagidek dargoh ba devonga bo‘lingan. Qoraxoniylar markaz- lashgan davlat idoralarini tuzganlar. Davlat ilk tashkil topgan vaqtlarda uning boshlig‘i eng yuqori unvon bilan xon deb atalgan. Keyinchalik imperiya vujudga kelgach, davlat boshlig‘i xoqon (tamg‘achxon) deb atalgan. Rasmiy o‘rnatilgan qoida boyicha butun imperiya, yerlar va barcha turdagi mulklar uning mulki hisoblangan. Taxt meros tariqasida otadan o‘g‘ilga qoldirilgan. Harbiy qo‘mondonlar va viloyatlar hokimlarini lavozimga tayinlagan. Oz huzuridagi kengashni idora etgan.

Dargohda vazir, saroy boshqaruvchisi, xos hojib va boshqa amaldorlar faoliyat ko‘rsatgan. Mamlakat boshqaruvida vazir mavqei kuchli bo‘lgan xoqondan keyingi yuqori mansabdor shaxs hisoblangan.

Mamlakat bo‘laklari sulola a’zolaridan iborat ilekxonlar tomonidan idora etilgan. Ko‘chmanchi xalqlar el boshliqlari, ya’ni elchilar tomonidan boshqarilgan. Bu lavozimga odatda beklar tayinlangan. Ular xoqonga bo‘ysungan. Bir necha beklar ustidan beklar begi (ulug‘ bek, buyuk bek) tayinlangan.





1 Izoh: XIX asr oxirida qadimshunos olim M.S.Andreyev tomonidan Farg‘ona vodiysida, Isfara soyining yuqorisidagi Vorux qishlog‘idan topilgan qoyatoshdagi arabiy yozuvlarning birida Qoraxoniy sulolasiga mansub Isfara hukmdori Abul Fazl Abbos Arslon Teginning nomi va mansabi hamda shu hududdagi keng o‘tloq va ovloq yerlar qo‘riq joyga aylantirilganligi, ya’ni hukmdorga tegishli (boshqalarga man qilingan) mulk ekanligi yozilgan.

Beklar jamoat tartibini saqlash, sud hukmlarining ijrosini ta’minlash, urf-odat huquqlarining bajarilishini nazorat qilish, davlat chegaralarini qo‘riqlash ishlarini bajarishgan.

Shaharlarda Somoniylar davrida mavjud bo‘lgan lavozimlardan rais, muhtasib va boshqalar saqlangan. Qishloq va ovullarda-boshqaruvni oqsoqollar (koxgen-sanam) olib borgan. U o‘z yordamchisiga ega bo‘lgan.

Qoraxoniylar davlatining o‘troq, ya’ni shahar va qishloq aholisi o‘rtasida musulmon huquqi, ko‘chmanchi aholi orasida odat huquqlari (tura) huquq manbai bo‘lib xizmat qilgan.




Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling