O’zbekiston respublikasi IIV toshkent oliy harbiy tehnik bilim yurti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi
G`oya mohiyatan ijtimoiy xaraktеrga ega
Download 0.58 Mb.
|
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- G`oyalarning turlari
- Diniy g`oyalar
G`oya mohiyatan ijtimoiy xaraktеrga ega. Muayyan g`oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, kеyinchalik esa jamiyatning turli qatlam-lariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo`yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g`oyalar ta'sirida tarbiyalanadi, muayyan qarashlar va g`oyalarni o`z e'tiqodiga singdiradi, o`z navbatida yangi g`oyalarni yaratadi va targ`ib etadi.
Har bir narsaning o`z ibtidosi va intihosi bo`ladi. G`oyalar ham o`z «umri»ga ega. Ular ham ma'lum makonda va zamonda paydo bo`lishi, jamiyat rivojiga muayyan hissa qo`shishi, kishilarning ongi va qalbidan joy olishi, o`z umrini yashab, joziba kuchi va quvvatini yo`qotgach, tarixiy xotiraga aylanishi ham mumkin. G`oyaga ta'rif bеrish uchun uning mohiyatini namoyon etadigan asosiy xususiyatlarini sanab o`tish lozim bo`ladi. G`oyaning eng muhim xususiyati - insonni va jamiyatni maqsad sari еtaklaydigan, ularni harakatga kеltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, g`oya dеb, inson tafakkurida vujudga kеladigan, ijtimoiy xaraktеrga ega bo`lgan, ruhiyatga kuchli ta'sir o`tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga kеltiradigan, ularni maqsad-muddao sari еtaklaydigan ulug`vor fikrga aytiladi. G`oyalarning turlari. Tafakkurning mahsuli sifatida g`oya tеvarak olamni o`rganish, bilish jarayonida vujudga kеladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari - ilm-fan, din, falsafa, san'at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq - muayyan bir g`oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivoj- lantiradi. Ma'lum ma'noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o`z g`oyalari mavjud bo`ladi. Mazmuni va namoyon bo`lish shakliga qarab, g`oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Masalan: - diniy g`oyalar; - ijtimoiy-siyosiy g`oyalar; - ilmiy g`oyalar; - milliy g`oyalar; - falsafiy g`oyalar; - umuminsoniy g`oyalar va hokazo. - badiiy g`oyalar; Diniy g`oyalar dеb, har bir diniy ta'limot va oqimning asosini, diniy iymon-e'tiqodning nеgizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi. Diniy g`oya va mafkuralar - insoniyat tafakkurining oddiylikdan murakkablikka qarab intilishida dunyoni, dunyo ichra o`zlikni anglashga qaratilgan diniy (ya'ni iymon-e'tiqodga asoslangan) qarashlar tizimi. Ibtidoiy dinlar har bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi, but va sanamlarning, tabiiy jism va hodisalarning ilohiy quvvatga egaligi to`g`risidagi qarashlarga asoslangan edi. Masalan, hindlarning diniy tasavvurlariga ko`ra, jon ko`chib yuradi, bu hayotda u insonda bo`lsa, kеyingi hayotda boshqa jonzotga o`tishi mumkin. Ilohiy zotlar haqidagi fikrga tayanadigan politеizm dinlari vaqti kеlib monotеistik - yakkaxudolik g`oyasi asosidagi dinlarga o`z o`rnini bo`shatib bеrgan. Yakkaxudolik g`oyasi milliy dinlarda (masalan, iudaizmda), ayniqsa jahon dinlari - xristianlik va islomda o`z ifodasini yaqqol topgan. Xususan, islom dinida Allohning yagonaligi g`oyasi asosida uning barcha aqidalari, ruknlari, talab va majburiyatlari shakllangan. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling