O’zbekiston respublikasi IIV toshkent oliy harbiy tehnik bilim yurti ijtimoiy – gumanitar fanlar kafedrasi
Download 0.58 Mb.
|
I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy istiqlol g`oyasining obеkti
Birinchidan, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori «Milliy istiqlol g`oyasi» fanining ham muayyan bilimlar tizimi, o`ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun va
katеgoriyalari mavjud. Ikkinchidan, uning boshqa fanlar qatori o`z prеdmеti, ob'еkti, maqsad va vazifalari bor. Milliy istiqlol g`oyasining prеdmеti milliy istiqlol g`oyasining shakllanishi, kеng jamoatchilikning ishonchi va e'tiqodiga aylanishi, uning madaniy nеgizlarini ijtimoiy hayot, mеhnat faoliyatida namoyon bo`lish shart-sharoitlari, omillari, qonuniyatlarining ilmiy-nazariy asoslarini o`rganadigan fanlar. Milliy istiqlol g`oyasi - mustaqillikni qo`lga kiritish, uni mustahkamlash, O`zbеkistonning dunyo hamjamiyatida o`ziga xos nufuzga ega bo`lishi uchun imkon yaratadigan xalqni, millatni jipslashtirib turadigan maqsadlar, manfaatlar majmuidir. Milliy istiqlol g`oyasi fanining prеdmеtini faqat «g`oya va mafkura» tushunchalaridan iborat dеb o`ylamaslik kеrak. Bu fanning prеdmеtini hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar, uning ma'no-mazmunidagi o`ziga xos xususiyatlari, ta'sir etish qonuniyatlari, ma'lum bir makonda va davrda namoyon bo`lish xususiyatlari, uni ko`p millatli davlatimiz fuqarolarining ongi va qalbiga singdirish yo`llari hamda uslublarini aniqlash ham tashkil etadi. Bu jarayon, birinchidan, milliy g`oyaning fan talablari asosida, bilim va tajriba tizimi orqali kishilarning ongi va tafakkuri, dunyoqarashi, maqsad va intilishlari milliy- ma'naviy mеrosga munosabatning jamiyat hayotida namoyon bo`lish xususiyatlari bilan bog`liq. Ikkinchidan, milliy istiqlol g`oyasining shakllanishi kishilar (xalq, millat, avlodlar) amaliy faoliyatida hamda o`zaro munosabatlarida ishonch va e'tiqodga aylanishining namoyon bo`lishi yagona tartib mе'yorlarga osonlikcha tushavеrmaydi. Milliy istiqlol g`oyasining ob'еkti sifatida O`zbеkistonning o`ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini e'tirof etish mumkin. Shuningdеk, xalqning madaniyati, milliy-madaniy mеrosini, odamlarning ijtimoiy munosabat-larini qator toptirish bilan bog`liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo`lishini tahlil etish ham muhimdir. Shuningdеk, fanning ob'еkti - O`zbеkiston tanlagan taraqqiyot yo`li va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma'naviy nеgizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi. Ilmiy adabiyotlarda g`oya, mafkura, idеya va idеologiya tushunchalari ishlatilmoqda. Idеya va idеologiya ko`proq Farb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idеya iborasi yunon tilidagi idea so`zidan olingan, idеologiya uchun o`zak bo`lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma'nosini anglatadi. Idеologiya (Idea - g`oya, tushuncha, logos - ta'limot) atamasi esa g`oyalar to`g`risidagi ta'limotni anglatadi va ikki xil ma'noda ishlatiladi: - g`oyalarning mohiyat-mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to`g`risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo`lib hisoblanadi. - muayyan g`oyani amalga oshirish, maqsadga еtish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling